O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
sizdan iltimos buni kursdoshlarizga, yosh tadqiqotchi doktorantlarga, yosh magistrlarga tarqatsangiz

Maqola, tezisingiz va taqdimotlaringizni yozdirish uchun murojaat qilishingiz mumkin: @Erkinjonchoriyev                                                                                                                        Shuningdek  maqola va ilmiy ishlaringizni Microsoft Word matnida Mathtype formulalar redaktorida kiritish bo'yicha maslahatlar olishingiz mumkin.

Ushbu kanal maqola va tezislarni  LATEX shablonida yozish bo'yicha ma'lumotlar berilib boriladi.   Maqola, tezisingiz va taqdimotlaringizni yozdirish uchun murojaat qilishingiz mumkin: @Erkinjonchoriyev
https://t.me/latexhizmat

XUSHXABAR: Latex bo'yicha savollaringiz uchun guruh ochdik. https://t.me/latexhizmat_maqola  "Assalomu alaykum hurmatli guruhimiz a'zolari ushbu guruhda siz o'z maqola va tezislaringizni arzon narxda latex shabloniga o'tkazib olishingiz munmin. Shuningdek kitob, qo'llanma va  taqdimotlaringizni ham yozdirib olishingiz mumkin.  Guruhga   a'zo bo'ling, tanishlaringizni ham taklif qiling. O'ylaymizki bu kanal sizning ilmiy ishlaringizni Latex shirftlariga ko'chirishda asqotadi". Maqola, tezisingiz va taqdimotlaringizni yozdirish uchun murojaat qilishingiz mumkin: @Erkinjonchoriyev
❤3
❗️Darsga kelmagan akademik qarzdor talaba endi talabalar safidan chetlashtirilishi kutilmoqda

🔴1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan deylik;
🔴1 kredit 30 soatga teng hisoblanadi;
🔴1 ta fanning 6 krediti esa 180 soatga teng (6•30=180);
🔴180 soatning 40% (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60% (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.


Agar talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini yaʼni 18 soatni qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi. Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba esa akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.
Lekin taklif etilayotgan yangi tartibga ko'ra, kursdan-kursga qoldirish tizimi o'rniga talabalar safidan chetlashtirish kutilmoqda.

@NUU_students
❗️Talabalarga grantni qayta taqsimlash adolatli o'tadimi?

Ma'lumki, talabalar o'rtasida grant endi har yili qayta taqsimlanadi.

Tizim adolatli ishlaydimi?

Vazirlik bergan ma'lumotga ko'ra, grant ajratish 3 ta komissiya nazoratidan o'tadi.

“Talabaning baholari tizimga kiritiladi, ijtimoiy faollik bo‘yicha ham indekslar, indikatorlar bilan hisoblanadi va tizimdan tortib olinadi, kimdir uni ruchkada yozmaydi”.


Ma'lumot uchun: grantda o'qiyotgan talaba qayta grant olish uchun GPA ko'rsatkichini 3,5 dan baland qilishi kerak.

@NUU_students
👍1
❗️Maktab va oliy ta’limda o‘qish va ishlash 5 kunlik bo‘lishi mumkin

Ovoz berishga qo‘yilibdi.

Jamoaviy murojaatlar portaliga ta’lim tizimini to‘liq 5 kunlik o‘qish va ish rejimiga o‘tkazish yuzasidan petisiya qo‘yilibdi.

👉 Ovoz berishda ishtirok eting: https://petition.gov.uz/uz/petitions/view/8119

@NUU_students
👍23😁5🔥1
🏛Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtidorli talabalarning faoliyatini tashkil etish bo'limi rasmiy telegram sahifasi orqali siz...

✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari:
✔️ O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti granti tanlovi:
✔️Mirzo Ulug‘bek vorislari "Data Science" o'quv kursi:
✔️”Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi:
✔️Xalqaro fan olimpiadalari:
✔️Respublika fan olimpiadalari:
✔️Turli xil tanlovlar tadbirlar, seminarlar, konferensiyalar va treninglar haqida ma’lumotlar olishingiz mumkin.


Yuqoridagilar haqida to'liq ma'lumotga ega bo'lishni istasangiz quyidagi havola orqali qo'shiling.

Ha aytgancha do'stingizni ham taklif qilishni unutmang!

🇺🇿 @IQTIDORLI_NUUZ
👍4
❗️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.


Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

✅erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

✅dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

@NUU_students
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Magistraturaga kirgan hamma qizlarning kontrakti davlat byudjetidan to’lab beriladi. Ya’ni hamma qizlarga magistraturada o’qish tekin.

Bakalavrda kunduzgi ta’limga kirgan qizlarga esa foizsiz (0%) ta’lim krediti beriladi. Talabalik davrida hech qanaqa to’lov qilinmaydi, o’qish tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil muddatda bo’lib to’lanadi.

@NUU_students
👏12👍3🔥1🏆1
❗️Davlat oliy ta'lim muassasalarida kontraktni bo'lib to'lash muddatlari

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
— 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-martgacha;
— 100% 1-maygacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

Xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

Nodavlat oliygohlarda kontrakt to'lash muddatlari talaba va OTM o'rtasidagi shartnomaga asosan belgilanadi.

@NUU_students
👍4
❗️Talabalar qayta grant olishi uchun nimalar qilishi kerak?

Tasdiqlangan nizomga ko'ra, ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish ko‘rsatkichi bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi. O‘zlashtirishi ushbu ko‘rsatkichdan past bo‘lgan talabalarning ta’lim grantini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlashda ishtirok etishiga ruxsat etilmaydi va ta’lim granti o‘rni vakant qoladi.

Ta’lim grantiga talabgorlar uchun oliy ta’lim tashkilotining rasmiy veb-saytida onlayn ro‘yxatdan o‘tish va erishgan yutuqlarini asoslovchi hujjatlarni yuklash imkoniyati yaratiladi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari mutanosib tarzda 80 ballik mezonda baholanadi, bunda GPA ko‘rsatkichini “16” soniga ko‘paytirish orqali aniqlanadi.

Ta’lim grantiga talabgorlarning ijtimoiy faollik ko‘rsatkichi 20 ballik mezonda baholanadi, bunda baholash mezoniga asosan hisoblangan natijani “5” soniga bo‘lish orqali aniqlanadi.


@NUU_students
👍7😁2🔥1
🖨🖨🖨   📚📚📚
CHOP ETISH XIZMATI

Распечатка!

200 betli kitobni 10 000 so'mga chiqarishga nima deysiz?🤩🤩

Sifatli, qulay va ko'zlar uchun foydali shaklda bo'lsa 16 000 so'mga-chi ?(eco qog'oz)🤩🤩

🔥 Narxlar shunchalik arzonki, hayron qolasiz! 🤯

✅ Oq qog‘oz

📜 A4 – 200 so‘m
📜 A5 – 100 so‘m

♻️ Eco qog‘oz

🌿 A4 – 160 so‘m
🌿 A5 – 80 so‘m

📰 Gazeta qog‘ozi

🗞 A4 – 120 so‘m
🗞 A5 – 60 so‘m
Pereplyot xizmatimiz mavjud.

🤩Ajoyib imkoniyat🤩

O'quv kursingizda guruh uchun buyurtma bersangiz, maxsus chegirmalar mavjud !

Buyurtma va Manzil uchun aloqaga chiqing !

Telefonlar:
+998949188882
+998942002325

Telegram:
@Leader_8882
@Otabek_Abduvaitov

Ko'zlaringiz uchun foydali kitoblarga HAMYONBOP narxda ega bo'ling!!!
❤2👍1🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oliygoh talabalari kontrakt pulidan 12% qaytarib olish uchun soliq organlariga borish shart emas

Buning uchun my3.soliq.uz orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini biriktirgan holda deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq deklaratsiyalarini yuborish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Jismoniy shaxslarning quyidagilar uchun yoʻnaltirilgan daromadlaridan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish mumkin:
↪️
davlat va nodavlat OTMga to‘lagan kontraktidan;
↪️nodavlat bog’cha va maktablar to‘lovidan;
↪️ipoteka kreditlari.

Deklaratsiya elektron raqamli imzodan foydalangan holda yuboriladi.

@NUU_students
👍2
❗️Ikkinchi mutaxassislikka noturdosh yo'nalishda o'qisa bo'ladimi?

Ikkinchi mutaxassislik – ya'ni bakalavriat (magistratura)ni tamomlagan kishi qaytadan yana boshqa yo'nalishda bakalavriat(magistratura)ni o'qishi tushuniladi.


Ikkinchi mutaxassislikka o'qishga kirishda avval qaysi yo'nalishni tamomlaganingiz ahamiyatli emas. Ya'ni siz avval matematika yo'nalishini tamomlab, keyin ikkinchi mutaxassislikka biologiya yo'nalishiga topshirishingiz mumkin. Bu bo'yicha hech bir cheklov yo'q.

❔Hujjat topshirish va imtihon tartibi qanday?

Ikkinchi mutaxassislik uchun qabul jarayonlari odatda abituriyentlardan farqli o'laroq iyul-avgust oyida bo'lib o'tadi va my.edu.uz platformasi orqali onlayn hujjat topshiriladi.

Kerakli hujjatlar:
➖Pasport yoki ID karta:
➖Balavriat bosqichini tamomlaganligi haqida diplom ma'lumotlari.

Ariza oliy ta'lim muassasasi tomonidan ko'rib chiqiladi va qabul qilinadi. Imtihon shakli va tartibi ham OTM tomonidan mustaqil ravishda hal etiladi.

Nechanchi kursdan qabul qilinadi?

Ikkinchi mutaxassislikda sirtqi ta'lim shakliga 2-bosqichdan o'qishga qabul qilinadi. Ayrim ta'lim yo'nalishlarning sirtqi ta'limda o'rganish imkoniyati mavjud bo'lmaganligi sababli kunduzgi ta'lim shaklidan ham qabul qilish mumkin.

So'nggi yillarda ikkinchi mutaxassislik uchun hujjat topshiruvchi talabgorlar soni kamligi sababli OTMlar tomonidan o'qishga qabul qilish suhbat asosida yoki imtihonsiz shaklda amalga oshirilmoqda. Qaysi OTMda qanday yo'nalishlar mavjudligi haqida har yili 2-mutaxassislik bo'yicha mavjud kvotalar e'lon qilinadi.

@NUU_students
👍5❤1
❗️OTMlarga qabul boshlanishiga atigi 2 oy qoldi. Nimalarni bilishingiz kerak?

Ma'lumki, o'tgan yilidan boshlab davlat OTMlariga hujjat topshirish 2 bosqichda amalga oshirilyapti.

1️⃣-bosqich:
O'tgan yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kuni ham) amalga oshirilgan. Amaldagi tartib bo'yicha bu yil ham shu sanada qabul boshlanishi kerak. Bu degani: abituriyentlar atigi 2 oydan keyin hujjat topshirishadi.

Avval hamma OTMga kirish uchun imtihon topshiradigan fanlarini tanlaydi. Kirish imtihonlari tugagach, 2-bosqich uchun hujjat topshirishadi.

2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar.

@NUU_students
👍7❤4🔥1
🇺🇿🏆
🏆28❤9👍6🔥2💯2
Ilmiy konferensiya - yashil iqtisodiyotga oʻtishning dolzarb masalalari

💫 Universitetimizda joriy yilning 11-may kuni "Yangi O'zbekistonda yashil iqtisodiyotga o'tishning dolzarb masalalari" mavzusidagi yoshlar ilmiy konferensiyasi o'tkaziladi.

⚡️ Mazkur konferensiyaning asosiy maqsadi – yashil iqtisodiyotga o‘tish bo‘yicha dolzarb muammolarni muhokama qilish, innovatsion yechimlar bilan tanishtirish hamda milliy ilmiy hamkorlikni mustahkamlashdir.

✨ Anjuman ekologiya va iqtisodiyot sohalarida faoliyat yuritayotgan olimlar, mutaxassislar va talabalarni birlashtiruvchi muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.

🌐 Konferensiyada respublika bo'yicha barcha yoshlar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.

👉 Ro'yxatdan o'tish

🔁 English
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖
#ilmiy_konferensiya #yashiliqtisodiyot

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥2👍1
❗️Pedagogika yo'nalishlari uchun sirtqi ta'lim tugatildi

2025-2026-oʻquv yilidan boshlab pedagog yo‘nalishlariga sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi.

Prezidentning “Pedagog kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.

Unga koʻra
2025-2026-oʻquv yilidan boshlab:

➖ pedagog kadrlarni tayyorlash faqat kunduzgi va kechki taʼlim shakli boʻyicha tashkil etilib, sirtqi taʼlim shakliga qabul amalga oshirilmaydi;

➖ oliy pedagogik taʼlim yoʻnalishida nodavlat taʼlim xizmatlarini koʻrsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi xulosasi asosida amalga oshiriladi.

Bu degani — xususiy OTMda ham, davlat OTMlarida ham o'qitish sifati past bo'lsa, bunday OTMlar yopiladi.

@NUU_students
👍14🔥2❤1👎1
❗️Bor mehrimiz senga, Bolajon!

"Bor mehrimiz senga, Bolajon" shiori ostida o'tkaziladigan beg'araz donorlik aksiyasiga barcha ko'ngillilarni taklif qilamiz.

Aksiya - 1-2 may kuni soat 9: 00 dan- 14:00 gacha O'zbekiston Milliy universiteti rektorati markazida bo'lib o'tadi.

Aziz yurtdoshlar, bemor bolajonlar xayotini asrab qolishga o'z xissangizni qo'shing!

Qalbida ezgulik bilan yashaydigan inson doimo yaxshilik qilishga intilib yashaydi.

@NUU_students
👍12🔥1
❗️Barcha yo'nalishlar uchun sirtqi ta’lim shakliga qabul tugatildi

Prezident farmoniga ko’ra, 2025/2026-o’quv yilidan boshlab barcha ta'lim yo'nalishlariga sirtqi shakliga qabul amalga oshirilmaydi. Ya'ni endi nafaqat pedagogika yo'nalishlari, balkim iqtisodiyot, gumanitar, ishlab chiqarish hamda har qanday ta'lim yo'nalishlari uchun sirtqi qabul bo'lmaydi.

Mazkur talab davlat oliygohlari uchun ham, nodavlat (xususiy) oliygohlar uchun ham birdek amal qiladi.

@NUU_students
👍12🔥3🤔2❤1
❗️Oliygohlarda maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli qachon joriy etiladi?

Prezident farmoniga koʻra, 2025/2026-oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarida muqobil taʼlimning kredit-modul tizimiga asoslangan maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (part-time education) boʻyicha oʻqitish yoʻlga qoʻyilishi belgilangan.

Farmon bilan tasdiqlangan yoʻl xaritasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligiga oliy taʼlim tashkilotlarida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha kadrlar tayyorlash tartibini ishlab chiqish vazifasi yuklangan.

Unga koʻra 2025-yil iyun-avgust oylarida ilgʻor xorijiy tajribalar asosida maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shaklida kadrlar tayyorlash tartibi boʻyicha normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi belgilangan.

@NUU_students
👍6🤔3❤1
❗️Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli ya'ni part-time education haqida batafsil!

Maqbullashtirilgan kunduzgi taʼlim shakli (yoki ingliz tilida: part-time education) — bu o‘qish va boshqa majburiyatlar (ish, oila, shaxsiy sabablar)ni birgalikda olib borishga mo‘ljallangan taʼlim shaklidir. Bu tizim ko‘pincha an’anaviy kunduzgi (to‘liq stavkali) o‘qishdan farqli ravishda moslashtirilgan dars jadvalini o‘z ichiga oladi.


📃 Part-time ta’lim bu — oddiy kunduzgi o‘qishga o‘xshaydi, lekin unda siz kamroq darsga borasiz va kamroq fanlar o'qiysiz. Ya'ni yuklama kamroq bo‘ladi, ammo o‘qish muddati biroz cho‘ziladi. Masalan, 3 yillik bakalavr dasturi 6 yilgacha cho‘zilishi mumkin.

■ Asosiy xususiyatlari:

● Dars jadvali: odatda haftasiga 2-3 kun yoki faqat ma’lum soatlarda darslar tashkil etiladi (masalan, kechki payt yoki dam olish kunlari, talabaning vaqtiga qarab).

● O‘qish muddati: yo'nalishlarga qarab 5-6-7 yilgacha davom etadi.

● Dars jarayonlari: haftaning ma'lum bir kunida to'liq yoki 1-2 parani tashkil etadi. Ya'ni talaba shu kunlarda auditoriyaga keladi. Mutaxassislik fanlariga urg'u qaratilgani sababli, umumiy o'quv fanlari nisbatan qisqartirilgan bo'ladi. Dars vaqti, soati, kuni va parasi talaba vaqtiga mos shakllantiriladi.

● Kimlar uchun qulay: ishlayotganlar, bola parvarishlayotganlar, sog'lig'ida muammosi borlar, nogironlar yoki boshqa majburiyatlari borlar uchun.

● Diplom: to‘liq kunduzgi taʼlimga teng kuchga ega bo‘lgan diplom beriladi. Diplomda ta'lim shakli yozilaydi.

O'zbekistonda bu o'qish qanday tashkil etiladi?

Bu sirtqi o'rniga joriy etilgan yangi ta'lim shakli hisoblanib, avgust oyiga qadar ilg'or xorijiy tajribalar asosida qaror loyihasi ishlab chiqilishi belgilangan.

@NUU_students
👍7❤1😁1