O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️O'zbekiston Prezidenti: 2026-yilni yurtimizda Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili deb taklif qilaman.

@NUU_students
👍15🔥5❤2💯1
❗️Sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi!

Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan o‘tkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida 2026-yil 12-yanvardan boshlab tashkil etiladi.

Talabalarga kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha davom etadi.

@NUU_students
👎29❤9😁8👍3
❗️O'qishni ko'chirish uchun transkriptni onlayn shaklda qanday yuklab olish mumkin?

O'qishini ko'chirmoqchi bo'lgan talabalar 3 xil usulda transkript onlayn yuklab olishingiz mumkin:

🚨1-usul: My.gov.uz portali orqali.
Bunda talabalar One ID parollari orqali my.gov hukumay portali saytiga yoki ilovasiga kirish orqali onlayn yuklab olishlari mumkin. (https://my.gov.uz/uz/service/851)
🔴Xizmat ko'rsatish muddati: avtomatik
🔴Xizmat narxi: bepul

🚨2-usul: Hemis sayti yoki ilovasi orqali.
🚨3-usul: O'qish joyidagi yo'nalishiga qarashli dekanat yoki registrator offisidan.

Transkript hujjatini offlayn (3-usul) shaklda olish eskirgan bo'lib, zamonaviy oliygohlarning barchasidan OTM binosiga bormagan holda transkript faqat onlayn shaklda yuklab olishingiz mumkin.

@NUU_students
❤3
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar uzaytirildi

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirildi.

Bunda:
🔠qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
🔠tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

Eslatma: amaldagi tartibga koʻra, ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalar kontraktini toʻlash muddati OTM rahbari tomonidan uzaytirilishi mumkin.

@NUU_students
😁11❤2
❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

↪️talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
↪️davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda
uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:
➡️o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➡️talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➡️pasport nusxasi;
➡️yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

Shu vaqtga qadar qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmagan. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilgan. Lekin joriy yildan onlayn ariza topshirish imkoniyati yaratilishi mumkin.

@NUU_students
❤4😁2👎1
❗️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachon tugaydi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘iga muvofiq, oliy, o‘rta maxsus va kasbiy ta’lim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki ta’til muddati belgilan edi.

Unga ko‘ra, qishki ta’til 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Demak, ushbu ta'lim tashkilotlarida o'qish 2026-yil 12-yanvardan boshlanadi.

❓Talabalar turar joyi (TTJ) qachondan ochiladi?

Vazirlik buyrug'iga ko'ra, 2026-yil 9-yanvarga qadar talabalar turar joylarini belgilangan tartibda dezinfeksiya qilish va talabalarning ta'tildan qaytishi uchun tayyor holga keltirish choralari ko'rilishi lozim.

@NUU_students
🔥8❤6👍4😁2
❗️Grantda o‘qiydigan talaba kredit (qarzdorlik) fanlarga tushib qolsa, keyingi oylar stipendiya berilmaydimi?

✅ JAVOB: Amaldagi Nizomga ko‘ra, agar talabaning fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizi yoki undan ortig‘i “qoniqarli” baho (71 balldan kam, ya’ni 3 baho va undan past) bo‘lsa, keyingi o‘quv semestri davomida stipendiya tayinlanmaydi.

Misol uchun, agar bir semestrda 7 ta fan o‘qigan bo‘lsangiz va shundan 3 ta yoki undan ko‘p fandan 3 baho olsangiz, sizga keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

Biroq quyidagi talabalarga fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar belgilangan tartibdagi stipendiya saqlab qolinadi:

🔹 to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar;
🔹 ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;
🔹 1- va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar.

@NUU_students
😁10👎6❤5
❗️Rasman: Qishki perevod uchun arizalar onlayn qabul qilinish boshlandi

✅ Vazirlar Mahkamasining 578-son qarori (13.09.2025-y.) bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, bahorgi semestr uchun oliy ta’lim tashkilotlari talabalari o‘qishini ko‘chirish (qayta tiklash) bo‘yicha arizalarni qabul qilish muddatiga o‘zgartirish kiritilgan.

Endi ariza topshirish muddati har yili 10-yanvardan 20-yanvargacha (20-yanvar kuni ham) amalga oshiriladi.

2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir oliy ta’lim tashkilotidan ikkinchisiga o’qishni ko’chirish yoki o’qishni tiklash bo‘yicha arizalar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining transfer.edu.uz yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali onlayn qabul qilinadi.

Talab etiladigan hujjatlar:
➖akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxasi;
➖o‘qishni ko‘chirish sabablarini tasdiqlovchi hujjatlar.

@NUU_students
👍1😁1
❗️Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashni unutmang!

Davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan 2025/2026-o‘quv yilida oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat hamda magistratura talabalari uchun to‘lovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning muddati 2026-yil 31-yanvarga qadar (shu kuni ham) uzaytirilgan edi.

Unda:

➖ qabul parametri doirasida o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bazaviy to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdorida;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super) asosida o‘qish istagini bildirganlar, ular uchun belgilangan bir yillik o‘qitish qiymatining kamida 50 foizi miqdoridagi to‘lovlarni amalga oshirishi lozim.

@NUU_students
😁8❤6
❗️Yakuniy nazoratning qayta topshirish 11-fevraldan 25-fevralga qadar bo'lib o'tadi.

@NUU_students
🔥26👎7😁4👍3❤2🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar uchun muhim yangilik!

2026-yil 28-yanvardagi 32-sonli Hukumat qaroriga muvofiq, ayrim toifadagi talabalarning davlat oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalarida yashash xarajatlari Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

🔹 Ushbu imtiyoz “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarning kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan farzandlariga taqdim etiladi.
🔹 Talabaning grant yoki kontrakt asosida o‘qishi ahamiyatga ega emas.
🔹 Talabalar TTJga navbatsiz va ustuvor tartibda joylashtiriladi.
🔹 Agar davlat yotoqxonasi mavjud bo‘lmasa, davlat-xususiy sheriklik asosidagi turar joylar taklif etiladi.
🔹To‘lovlar har oyning 15-sanasiga qadar talabaning bank kartasiga o‘tkaziladi.
🔹 “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilganlik holati Elektron hukumat tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali tasdiqlanadi.


@NUU_students
❤3👍1😁1
❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish (perevod) natijalari: Yakuniy muddat va tartib bo‘yicha tushuntirish

Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish (qishki perevod) istagida bo‘lgan talabalar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-sonli qarori bilan tasdiqlangan yangi Nizom talablariga muvofiq, bahorgi semestr uchun o‘qishni ko‘chirish arizalari bo‘yicha yakuniy javoblar e’lon qilinishi yakunlanmoqda.


📅 Muddatlar va huquqiy asoslar:
Amaldagi tartibga ko‘ra, qishki davrda o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha kelib tushgan arizalar joriy yilning 21-yanvaridan 10-fevraliga qadar bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqilishi va natijalari e’lon qilinishi belgilangan.

Bugun, 6-fevral holatiga ko‘ra, natijalarning to‘liq e’lon qilinishiga sanoqli kunlar (10-fevral — yakuniy muddat) qoldi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ushbu jarayonlar to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, shaffoflik va qat’iy muddatlarga rioya etilishi ta’minlanadi.

❓Natijalarni qanday bilish mumkin?

Talabalar o‘z arizalari holatini masofaviy tarzda, quyidagi platformalar orqali tekshirishlari mumkin:

1. My.gov.uz portali: Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yuborilgan arizalar holatini shaxsiy kabinet orqali kuzatish;

2. Vazirlik platformalari: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining rasmiy elektron tizimlari va maxsus botlari orqali;

3. OTM Qabul komissiyalari: O‘qish ko‘chirilayotgan oliy ta’lim muassasasining mas’ul xodimlari bilan bog‘lanish.

📝 Natija ijobiy bo‘lganda amalga oshiriladigan choralar:

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizasi ijobiy hal etilgan talabalar:
• Tegishli oliy ta’lim muassasasiga shaxsan murojaat etishi;
• O‘qishga qabul qilish bo‘yicha buyruq rasmiylashtirilishi uchun zaruriy hujjatlarni taqdim etishi;
• Akademik farqlarni topshirish hamda o‘quv jarayonlariga (darslarga) belgilangan tartibda qo‘shilishi lozim.

Eslatma: 10-fevral kuni natijalar e’lon qilinishining eng so‘nggi muddati hisoblanadi. Arizasi hali "ko‘rib chiqilmoqda" holatida bo‘lgan talabalardan muddat yakuniga qadar kutilishi tavsiya etiladi.

@NUU_students
❤4😁1
❗️ Qanday holatlarda oliygoh talabani o‘qishdan chetlashtirishi mumkin?

Hukumatning 2025-yil 13-sentyabrdagi 578-son qarori 49-bandiga ko‘ra, ayrim holatlar talabani oliy taʼlim tashkilotidan chetlashtirishga asos boʻladi.


Bunga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:

– oʻz xohishiga koʻra;

– oʻqishining boshqa taʼlim tashkilotiga koʻchirilishi;

– oliy taʼlim tashkilotining ichki tartib-qoidalari hamda odob-axloq qoidalarini buzgani;

– bir semestr davomida darslarni uzrli sabablarsiz 74 soatdan ortiq qoldirgani (salomatligi sababli belgilangan shakldagi tibbiy maʼlumotnoma taqdim etilgan holat bundan mustasno);

– oʻqish uchun belgilangan toʻlov oʻz vaqtida amalga oshirilmagani (toʻlov-kontrakt boʻyicha tahsil olayotganlar uchun);

– talaba sud tomonidan ozodlikdan mahrum etilgani;

– sud qaroriga koʻra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzgani aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi) ;

– kursda qoldirilgan talaba oʻqishini davom ettirish boʻyicha belgilangan muddatlarda murojaat qilmaganda;

– talaba abituriyent sifatida oliy taʼlim tashkiloti qabul komissiyasiga taqdim etgan (topshirgan) hujjatlarining qalbakiligi yoki belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlansa;

– vafot etgani.

Shuningdek, harbiy xizmatni oʻtash, salomatligini tiklash, homiladorlik va tugʻish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish taʼtillari davrida hamda oilasining betob aʼzosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun talabaga belgilangan tartibda akademik taʼtil berilishi mumkin.

@NUU_students
❤11
❗️ Endi super-kontrakt miqdorini OTM rahbari belgilaydi

Hukumat qaroriga asosan endi super-kontrakt miqdori oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Avval bu vakolat Davlat qabul komissiyasida edi.

Hukumat qarori bilan Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritildi.

Unga koʻra, Nizomning 74-bandi birinchi xatboshidagi “nisbatan Davlat komissiyasi” soʻzlari “nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori)” soʻzlari bilan almashtirildi.

Endi ushbu band quyidagi tahrirda bayon etiladi: Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)da toʻplagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qoʻshimcha qabul asosida qabul qilinmagan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yilida amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan super-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi.

Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilandi.

@NUU_students
❤4
❗️Talabalar va barcha uchun
Rasmiy, Onlayn va offlayn, xususiy, va yarim kunlik va Kunlik ishlar 200 mingdan -500 mingacha Davlat ishlari 6 mlndan-10 mlnggacha, Ish izlab charchadingizmi,unda sizga eng ishonchli va Rasmiy Telegram kanal tavsiya qilaman joylari soni cheklangan kiring va ishli boʻling https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
😁3🤔1
❗️Yoshlar daftariga kiritilgan xususiy oliygoh talabalarining 19 mln so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

➖Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
➖Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
➖Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
➖Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
➖Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
➖Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
➖Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

@NUU_students
❤2
❗️O‘qishini ko‘chirgan talabalarni HEMIS tizimiga kiritish imkoniyati yaratildi

HEMIS tizimiga xorijiy yoki respublikaning boshqa oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chirgan talabalarni kiritish va ular bo‘yicha ta’lim buyruqlarini rasmiylashtirish funksionali qo‘shildi.

Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:

1️⃣ Ta’lim buyruqlari menyusida

“Darslarga ruxsat berish (perevod)” turidagi farmoyish yaratiladi.

2️⃣ Talabalar bazasi menyusida

“Perevodni kiritish” tugmasi orqali talaba anketasi to‘ldiriladi.

🪪Anketada:

🔹 tegishli farmoyish;
🔹 ko‘chirish turi;
🔹 o‘qigan davlati yoki ta’lim muassasasi ko‘rsatiladi.

3️⃣ Farmoyishning “Talaba qo‘shish” qismida
talabalar o‘quv reja, semestr va guruhga biriktiriladi.

4️⃣ E-hujjatlar/hujjatni imzolash menyusida
farmoyish mas’ul shaxslar tomonidan ERI orqali imzolanadi.

5️⃣ Ta’lim buyruqlari sahifasida
farmoyish “Bajarish” holatiga o‘tkaziladi. Shundan so‘ng talabalar tegishli guruhlarda aks etadi.

@NUU_students
👍4❤1💯1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yotoqxona va kvartirada turadigan talabalar diqqatiga 👋
🌙 Ramazonga maxsus yangilik!
Bir tomonida sizning rasmingiz,
ikkinchi tomonida esa og‘iz ochish va yopish duolari yozilgan
☕️ maxsus krujkalar tayyorlaymiz
💰 Talabalar uchun aksiya: eng kami 45 ming soʻm sotilgan krushkalarimiz endi :
— 1 dona — 40 ming so‘m
— 4 dona va undan ko‘p olganlarga — 35 ming soʻmdan
⏱ 1 kunda tayyor
📍 Universitet oldigacha tekinga olib kelib beramiz
https://t.me/hadiya_print
❤6👍5😁5👏4👎2🔥1🤔1
❗️O‘qishini ko‘chirgan talabalarni HEMIS tizimiga kiritish imkoniyati yaratildi

HEMIS tizimiga xorijiy yoki respublikaning boshqa oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chirgan talabalarni kiritish va ular bo‘yicha ta’lim buyruqlarini rasmiylashtirish funksionali qo‘shildi.

Bunda quyidagi bosqichlar amalga oshiriladi:

1️⃣ Ta’lim buyruqlari menyusida

“Darslarga ruxsat berish (perevod)” turidagi farmoyish yaratiladi.

2️⃣ Talabalar bazasi menyusida

“Perevodni kiritish” tugmasi orqali talaba anketasi to‘ldiriladi.

🪪Anketada:

🔹 tegishli farmoyish;
🔹 ko‘chirish turi;
🔹 o‘qigan davlati yoki ta’lim muassasasi ko‘rsatiladi.

3️⃣ Farmoyishning “Talaba qo‘shish” qismida
talabalar o‘quv reja, semestr va guruhga biriktiriladi.

4️⃣ E-hujjatlar/hujjatni imzolash menyusida
farmoyish mas’ul shaxslar tomonidan ERI orqali imzolanadi.

5️⃣ Ta’lim buyruqlari sahifasida
farmoyish “Bajarish” holatiga o‘tkaziladi. Shundan so‘ng talabalar tegishli guruhlarda aks etadi.

‼️Muhim eslatma!

Talabani guruhga biriktirishda:

➖ o‘quv rejaning o‘quv yili joriy o‘quv yiliga teng yoki undan kichik bo‘lishi;
➖ o‘quv reja tasdiqlangan holatda bo‘lishi shart.

@NUU_students
❤3
❗️ RAMAZON OYI 19 FEVRALDAN BOSHLANADI

2026 yilgi muborak Ramazon oyining boshlanishi 19 fevral kuniga to‘g‘ri kelishi haqidagi O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lum qildi.

@NUU_students
👍20❤15😁7🔥4