O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Forwarded from Boqiy.uz RASMIY (Baxodir)
🚀 BILIMINGIZNI PULGA AYLANTIRING!

Hurmatli ota-onalar va bilimga chanqoq o‘quvchilar! 👋

Endi farzandingiz maktab, oliygoh yoki individual o‘rgangan bilimlarini boshqalar bilan Boqiy.uz platformasida ulashib , daromad topishi mumkin!

✨ Ta’limga asoslangan platforma — biz o‘rgatmaymiz, faqat bilim ulashishni rag‘batlantiramiz.

💰 Har bir post uchun pul mukofoti
🎁 25 000+ bepul mahsulot homiylar tomonidan taqdim etilgan
🚚 Yetkazib berish bepul

Boshlash juda oddiy:

1️⃣ Bilimingizni post qiling
2️⃣ Pul ishlang
3️⃣ Sovg‘alarni qo‘lga kiriting

💡 Platforma algoritmi farzandingiz qaysi kasblarga qobiliyatli ekanini aniqlab, kelajak kasbini aniqlashga yordam beradi.


🌐 www.Boqiy.uz


📩
@Sodikov_Sherzod
📞 33 770 90 95


💡 Bilim — boqiy boylik!

🔁 Do‘stlaringiz bilan ulashing!
❤3👍1😁1
❗️Yangi o‘quv yildan (2026-yil) boshlab Magistraturani tugatganlarga to‘g‘ridan to‘g‘ri 1-malaka toifasi beriladi

Bakalavr bosqichini imtiyozli diplom bilan bitirib, maktabga ishga kirganlarga avtomatik ravishda 2-malaka toifasi, magistrlarga esa 1-malaka toifasi beriladi.

Davlat xizmatlari to‘lovi esa, o‘qituvchilar uchun 2 karra kamaytirilishi aytildi.

@NUU_students
👍26❤10🤔2
❗️Talabalarga stipendiya tayinlash tartibi qayta ko‘rib chiqiladi

Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim talabaclariga stipendiya to‘lash tartibiga oid 59-son qaroriga o‘zgartishlar kiritilishi rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, stipendiya olishdagi “alohida holatlar” va qo‘shimcha rag‘batlantirish mezonlari yanada aniq belgilanadi.

✅Amaldagi tartibga ko‘ra:

▪️Fanlarni o‘zlashtirishi yaxshi bo‘lgan, iqtidor egasi, jamoat ishlarida faol, yoshlar siyosati va ijtimoiy himoya loyihalarida qatnashgan talabalarga qo‘shimcha rag‘batlantiruv to‘lovlari ajratilishi mumkin;
▪️Davlat granti va kontrakt asosida o‘qiyotgan barcha talabalar belgilangan stipendiyadan tashqari Xalqaro va respublika miqyosidagi fan va sport musobaqalari g‘oliblari, ilmiy tadkikotlarda faol ishtiroki uchun qo‘shimcha mablag‘ bilan rag‘batlantirilishi mumkin;
▪️Shuningdek, og‘ir ijtimoiy holatga tushib qolgan yoki oilaviy muammolarga duch kelgan talabalar (kasallik, oilaviy azo o‘lishi kabi) uchun ham bir martalik moddiy yordam ajratilishi mumkin.

✅ Yangi tahrirda esa:

▪️Bu kabi rag‘batlantirish va moddiy yordam olish imkonini beruvchi aniq mezonlar belgilab qo‘yiladi;
▪️“Alohida holatlar” tushunchasi aniq chegaralanib, qaysi vaziyatda talabaga qo‘shimcha to‘lov berilishi rasmiylashtiriladi.

@NUU_students
👍6❤2🔥2
❗️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 24-dekabrdan boshlanishi kutilmoqda

Joriy yil talaba va o'quvchilar uchun qishki ta'til 24-dekabr sanasidan boshlanishi kutilmoqda.

O'tgan yili Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilan edi.


Hozircha qishki ta'til aniq sanasi rasman e'lon qilinmadi!

@NUU_students
👍8❤3🏆1
❗️Endilikda Magistirlik dissertatsiyasining himoyasi natijalari ustidan shikoyat qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

2026-aprel oyigacha qonunchilikka o‘zgartirish kiritiladi.

@NUU_students
😁9❤3👍1
❗️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻiga muvofiq, oliy, oʻrta maxsus va kasbiy taʼlim tashkilotlari (davlat, nodavlat hamda xorijiy) va akademik litseylar talaba hamda o‘quvchilarining joriy o‘quv yili uchun qishki taʼtil muddati belgilandi.

Unga ko‘ra, qishki taʼtil 2025-yil 28-dekabrdan boshlanib, 2026-yil 10-yanvariga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

Talaba va o‘quvchilarning qishki taʼtil davrida doimiy yashash hududlariga (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahriga) borib-kelishlarini qulaylashtirish maqsadida Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ hamda “Uzbekistan Airways” AJ bilan hamkorlikda qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.

Shunga muvofiq, 2025-yil 18-dekabrdan 2026-yil 12-yanvariga qadar (shu kuni ham) talabalar va o‘quvchilar uchun 50 foiz chegirma asosida yo‘l chiptalari sotuvi yo‘lga qo‘yiladi.

@NUU_students
👎26👍7🤔3
❗️Sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-oʻquv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan oʻtkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida 2026-yil 2026-yil 12-yanvardan boshlab tashkil etiladi.

Talabalarga kuzgi semestr yakuni boʻyicha oʻtkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bogʻliq barcha maʼlumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini taʼminlash bilan bogʻliq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha davom etadi.

@NUU_students
👎19👍8❤6🏆1
❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

➖talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➖davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar offlayn shaklda taqdim etiladi:

➖o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.


Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

@NUU_students
❤4
❗️Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lov-kontrakt shartnomasini olish jarayonini yanada qulaylashtirish maqsadida my.gov.uz portalida yangi xizmat ishga tushirildi.

Endilikda talabalar to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborishlari mumkin.

Xizmatdan foydalanish uchun:

1️⃣ my.gov.uz da ro‘yxatdan va/yoki avtorizatsiyadan o‘tiladi;
2️⃣ "Davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun to‘lov-kontrakt shartnomalarini olish" xizmati tanlanadi;
3️⃣ kerakli maydonlar so‘ralgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilib, ariza elektron tarzda yuboriladi.

Yuborilgan arizalar oliy ta’lim muassasalari tomonidan 5 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va shartnoma shakllantiriladi.

Shakllantirilgan to‘lov-kontrakt shartnomalarini my.gov.uz portali orqali onlayn yuklab olish imkoniyati mavjud.

Shuningdek, to‘lov-kontrakt shartnomasini olish uchun kontrakt.edu.uz platformasi orqali ham ariza yuborish mumkin.

@NUU_students
❗️Talabalarning kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi.

Adliya vazirligi Taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami: 2431-5, 21.11.2025-y.).

Unga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹toʻlov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔹toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi toʻlov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

Kontraktdan tushgan mablagʻlar xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka oʻtashlariga sarflanishi mumkin.

Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari oʻz talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1-yilda bir talabaga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam koʻrsatishi mumkin boʻladi.

@NUU_students
😁7❤6
❗️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida

Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.

Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:

- erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;

- dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.

Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.

Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.

Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzogʼi 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.

Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.

Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

@NUU_students
❤9👍1🔥1
❗️Stipendiya oshishi mumkin!

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2026-yil uchun davlat byudjetiga doir qonun loyihasini eʼlon qildi. Hujjatda qator iqtisodiy koʻrsatkichlar oʻrin olgan.

Xususan, qonun loyihasida kelasi yili davlat xodimlari ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalar miqdorini oshirishga byudjetdan 6 trln soʻm ajratilishi belgilangan. Bunga ayrim xizmat turlari narxi koʻtarilishi va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratilishi xarajatlari ham kiradi.

@NUU_students
👍19❤13😁11👎1
❗️Talabalar uchun yangilik

Endilikda siz yakuniy imtihonlardan yiqilsangiz ham, qayta 2 marta bepul imtihon topshirishingiz mumkin.

Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 2-dekabrdagi 452-sonli "Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalar bilimini baholash va nazorat qilish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida"gi buyrug‘iga muvofiq, "Oliy ta’lim tashkilotlarida yakuniy nazorat turini tashkil etish va o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari" to‘g‘risidagi buyrug‘ida:

Mazkur chora-tadbirlar Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomga (Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentyabrda 3069-raqami bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) buyrug‘iga muvofiq tashkil etilsin, deb ta’kidlangan.

Shunga muvofiq yakuniy imtihonni yiqilgan taqdiringizda ham qayta 2 marta bepul topshira olish imkoniyatingiz bor.

@NUU_students
😁31👏22👍9🔥3❤2🤔1
❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

➖ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➖ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).


Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.


Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

@NUU_students
❤1
❗️Talabalarning kontrakt to‘lovlarini to‘lash muddatlariga o‘zgartirishlar kiritildi

Adliya vazirligi Taʼlim tashkilotlarida toʻlov-kontrakt shakli va undan tushgan mablagʻlarni taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi (roʻyxat raqami: 2431-5, 21.11.2025-y.).


Unga koʻra, oliy taʼlim tashkilotlarida kontrakt asosida o‘qish uchun to‘lov quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:

🔹toʻlov miqdorining kamida 25 foizi – abituriyentlar uchun 15-sentabrgacha hamda yuqori bosqich talabalari uchun 1-oktabrgacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;

🔹toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-martgacha va 100 foizi 1-maygacha yoki oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha amalga oshiriladi.

Bunda, Davlat komissiyasi yuqoridagi toʻlov muddatlarini uzaytirishi mumkin.

💬Kontraktdan tushgan mablagʻlar xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarida istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarni malakasini oshirish va ularning stajirovka oʻtashlariga sarflanishi mumkin.

💰Shuningdek, oliy taʼlim tashkilotlari oʻz talabalarini ijtimoiy muhofaza qilish doirasida 1-yilda bir talabaga mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining 6 barobarigacha moddiy yordam koʻrsatishi mumkin boʻladi.

@NUU_students
❤5👍5😁3
❗️Nomdor stipendiyalar soni 13 ta

Ularning yo‘nalishlar kesimidagi ro‘yxati:
➖ pedagogika yo‘nalishida — Abdulla Avloniy;
➖ tarix va geografiya yo‘nalishlarida – Bobur;
➖ texnika yo‘nalishlarida – Beruniy;
➖
tibbiyot yo‘nalishlarida – Ibn Sino;
➖
gumanitar yo‘nalishlarda – Navoiy;
➖
tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarida – Kamoliddin Behzod;
➖
tabiiy yo‘nalishlarda – Ulug‘bek;
➖
kinematografiya yo‘nalishida – Xudoybergan Devonov;
➖
jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishlarida – Pahlavon Mahmud;
➖
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida – Imom al-Buxoriy;
➖
Qoraqalpog‘istondagi oliygohlarda – To‘lepbergen Qaipbergenov va Ibroyim Yusupov;
➖
barcha yo‘nalishlarda – Islom Karimov nomli davlat stipendiyalari.

Bundan tashqari Prezident stipendiyasi va Prezident granti ham bor.

@NUU_students
👍11❤6😁1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Endilikda Hemis platformasiga qo‘yilgan baholarni dekanat yoki o‘qituvchilar o‘zgartirolmaydi! — oliy ta’lim vaziri

Agar talaba qo‘yilgan bahosidan norozi bo‘lsa, apellyatsiya beradi, uni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (direktor o‘rinbosari) tahlil qilib, haqiqatdan ijobiy bo‘lsa, o‘zgartirish huquqi bor.

@NUU_students
👍2💯1
❗️Qishki o‘qishni ko‘chirish uchun arizalar qabuli 10-yanvardan boshlanadi

Qishki perevodda faqatgina Davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan qishda o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladi.

➖talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➖davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).

Talabalar tomonidan hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar 20-yanvargacha offlayn shaklda taqdim etiladi:

➖o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);

➖talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);

➖pasport nusxasi;

➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.


Qishki perevodda arizalar onlayn shaklda sayt orqali to'ldirilmaydi. Kerakli hujjatlar har bir OTMda tashkil etilgan ishchi guruhga talaba yoki uning yaqin qarindoshlari tomonidan shaxsan topshirilishi shart.

@NUU_students
❤3💯2👏1