O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️"Universitet mas'ullari va Din ishlari qo'mitasi vakillari hamkorligida “Globallashuv sharoitida yoshlar ma’naviyati” mavzusida ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tadi"

Ushbu tadbirga universitetda faoliyat yuritayotgan, yoshlar tarbiyasi uchun mas'ul bo‘lgan barcha pedagog-xodimlarni taklif etamiz!

Ushbu ilmiy-amaliy anjuman bugun soat 15:00  da Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 2-qavati (Majlislar zali) namunaviy dekanatida tashkil qilinadi.

@NUU_students
Forwarded from Adxamjon
🚴‍♂️ Yandex.Eda Toshkentda yangi kuryerlar qabul qilmoqda! 🍔

Talabalar, yoshlar va qo‘shimcha daromad izlayotganlar uchun eng qulay ish!
Telefoningiz va ozgina vaqt bo‘lsa — ishlashni hozirdan boshlashingiz mumkin 💪

💰 Daromad: oyiga 4 000 000 so‘m yoki undan koʻproq qancha koʻp ishlasa shuncha koʻp topish mumkin!
🎯 Bonuslar ham bor (ish faoliyatingizga qarab)
🕐 Ish jadvali: o‘zingiz belgilaysiz (kunlik yoki haftalik)
📍 Hudud: Toshkent shahri
🛵 Talablar: telefon, internet, mas’uliyat va harakat .
🚴‍♂️Velosiped boʻlgani yaxshi agar yoʻq boʻlsa oʻzimiz topishga yordam beramiz.
🔥 Afzalliklar:

Ish tajribasi kerak emas — o‘rgatamiz!

Daromad haftalik to‘lanadi 💸

Qanchalik ko‘p buyurtma bajarsang, shuncha ko‘p olasan!

Talabalar uchun mos grafik


✅ Ro‘yxatdan o‘tish juda oson — 1 kunda ishni boshlashingiz mumkin! Havolada raqamingizni qoldiring operatorlarimiz oʻzi aloqaga chiqadi.
👇👇👇👇👇
https://ya.cc/5JzNob
https://ya.cc/5JzNob
👍2❤1
📢Sotuvda qobiliyatlimisiz?

🎯Registon O‘quv Markazi Uchtepa hokimiyat filialiga Sotuv Menejerlarini ishga taklif etadi!

➖Ish grafik: 8:00 - 17:00 | 6/1

Talablar:
— Adminstrator, sotuv yoki servis sohalarida ish tajribasi;
— Rus tilini bilish;
— Yuqori og'zaki va yozma muloqot ko'nikmasi;
— Kompyuterdan foydalana olish;
— O‘quvchi va ota-onalar bilan mustahkam aloqa o'rnata olish;
— Faol, kirishimli va mas'uliyatli bo'lish;

Takliflar:
— Raqobatbardosh oylik maosh;
— Do‘stona va qo'llab-quvvatlovchi jamoa;
— O'quv kurslarimiz uchun maxsus chegirmalar;
— Karyeraviy o'sish imkoniyati;
— Bepul tushlik kompaniya hisobidan;


📌 Taklifimiz sizga qiziq bo‘lsa, quyidagi havola orqali 1 daqiqa vaqt ajratib, anketani to‘ldiring. Siz bilan tez orada bog‘lanamiz!

👉🏻
Anketani to'ldirish uchun bosing

📌Yaqinlaringiz bilan ulashib qo'yishni ham unutmang!
👍2❤1
❗️Tyutorlar faoliyati samaradorligini baholash tizimi (KPI) joriy etiladi

Vazirlar Mahkamasining 656-son (17.10.2025-y.) qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida Nizom va tyutorlik faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Nizom bilan:

➖tyutorlik faoliyatining maqsad va vazifalari;

➖tyutorlarning huquq va majburiyatlari;

➖tyutorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish hamda tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talablari;

➖hamda tyutorlik faoliyatini muvofiqlashtirish tartibi belgilab qo‘yildi.

Shuningdek, Chora-tadbirlar rejasiga ko‘ra oliy ta’lim tashkilotlarida quyidagilar amalga oshiriladi.

@NUU_students
❤3🔥1
❗️Yotoqxona to‘lovida kimlarga imtiyoz berilishi mumkin?

✅ JAVOB: Yotoqxona to‘lovi bo‘yicha imtiyozni oliy ta’lim muassasalari Kengashi belgilaydi va bu imtiyoz quyidagi shakllarda berilishi mumkin:

▪️yotoqxona to‘lovlaridan butunlay ozod etiladi
– ko‘z kasalliklari bo‘yicha 1-2-guruh nogironligi borlar;
–chin yetimlar (ota-onasining har ikkisi vafot etganlar) va yetimlar (ota-onalaridan biri vafot etganlar);
–mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari;
–hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar.

▫️umumiy to‘lovdan 50 foiz chegirma beriladi
– umumiy kasalliklar bo‘yicha 2-guruh nogironlari;
–vazifasini namunali bajarayotgan talabalar Kengashi raisi, qavat sardori hamda yotoqxona kutubxonasi uchun mas’ul talabalarga.

@NUU_students
❤9👍1👏1
E’LON


❗️O’zbekiston Milliy universiteti talabalari diqqatiga!


AT "Aloqa Bank" tomonidan davlat granti asosida tahsil olayotgan barcha kurs talabalari uchun ochilgan plastik kartalarni bugun, 25-oktyabr kuni, soat 11.00 dan boshlab bankning tegishli filialidan borib olish mumkinligini ma’lum qilamiz.

📍 Manzil: AT "Aloqa Bank" filiali, Shayhontohur tumani, Huvaydo mavzesi, 14
🏡 Mo‘ljal: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
👉 Lokatsiya

@NUU_students
😁4❤3
📢Buxgalter bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!

🏢 Registon ta'lim loyihasining RegBooks nashriyoti yosh Buxgalterlarni o'z jamoasiga taklif etadi!

📍Toshkent shahar, Olmazor tumani

Talablar:
— 1C, Excel, Didox va boshqa buxgalteriya dasturlarini yaxshi bilish;
— Moliyaviy hisobotlarni tayyorlash;
— Hisob fakturalarni yopish va pul ko'chirish amaliyotini bilish;
— Kamida 6 oylik ish tajribasi(ustunlik beradi);
— Mas’uliyat, aniqlik va jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi;

Ish vaqti:
— 09:00 – 18:00 / 14:00 - 20:00 | 6/1

Takliflar:
— O‘zbekistonning yetakchi ta’lim loyihalaridan birida barqaror ish joyi;
— Munosib va o‘z vaqtida to‘lanadigan oylik maosh (suhbatda kelishiladi);
— Qulay va zamonaviy ofis muhiti;
— Professional o‘sish va rivojlanish imkoniyati;
— Do‘stona va ahil jamoa;


🎯Yuqoridagi talablarga mos kelsangiz, hoziroq quyidagi link orqali ro'yxatdan o'ting!


👉🏼Ro'yxatdan o'tish uchun bosing

📌 Yaqinlaringizga ham ulashib qo'yishni unutmang!
🔥1
2025-2026 UzMU magistir qabul natijasi.pdf
61 MB
❗️O‘zbekiston Milliy universiteti magistratura mandat natijalari

@NUU_students
🔥3❤2
тақиқланган_материаллар_рўйхати.pdf
1.6 MB
❗️O‘zbekistonda taqiqlangan manba va kontentlarning yangilangan ro‘yxati e’lon qilindi.

Oliy sud ushbu materiallarni ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topgan.

@NUU_students
❤6
❗️Ertaga 1-kurs talabalari uchun kontraktni 25 foiz qismini to‘lash muddati tugaydi

Davlat komissiyasi bayoniga muvofiq, 2025/2026-oʻquv yilida Respublika davlat oliy taʼlim tashkilotlariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini toʻlash muddati 2025-yil 30-oktyabrgacha uzaytirilgan.

OTM talabalariga o‘qish uchun yillik to‘lovning to‘liq miqdorini teng ulushlarda 4 qismga bo‘lib to’lash yo‘li bilan o‘tkazishga ruxsat berilgan. Bunda muddatlar quyidagicha:

➖ 25% qismini — 1-kursga tavsiya etilganlar 30-oktyabrgacha, ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari uchun 1-oktyabrgacha;
➖ 50% qismini — 2025-yil 1-yanvargacha;
➖ 75% qismini — 2025-yil 1-martgacha;
➖ 100% qismini — 2025-yil 1-maygacha.

Ma’lumot uchun, to’lov muddatlarini uzaytirish ham mumkin. Bunda 1-kursga kirganlarning dastlabki muddatini uzaytirish vakolati Davlat qabul komissiyasiga berilgan, qolgan hollarda OTM rektori muddat uzaytirishni o’zi hal qiladi.

@NUU_students
❤6😁3👏2
🇹🇷 TURK TILI – INTENSIV KURS!
Siz ham sertifikat egasiga aylanishni xohlaysizmi?

📚 A1, A2, B1 guruhlari — tezlashtirilgan o‘quv dasturi
🔥 Imtihon topshiruvchilar uchun 4 bo‘limli intensiv tayyorgarlik:
Okuma | Dinleme | Yazma | Konuşma



Oflayn Toshkent shahri. Chilonzor metroda

Beruniy metroda

📌 Oflayn darslar — 0 dan boshlab o‘rganish imkoniyati
📍 Manzil: Toshkent, Beruniy metroda

📞 Aloqa: @Toxirov1992 | 93 593-54-55
📎 Natijalar: O‘quvchilar yutuqlari

https://t.me/+jbrJTRzs-zg0ZWMy

Bizning Telegram kanalimizda

Bepul Darslarga qatnashishingiz mumkin
https://t.me/turktiligrammatikasi1
❤2👍1
❗️Kredit-modul tizimida talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan-kursga o‘tkazish mexanizmlari qanday!?

Talabalar OTMlardan quyidagi hollarda chetlashtiriladi:

Bir o'quv semestrida 74 soatdan oshiq dars qoldirgan talabalar yuqoridagi Nizom asosida universitet rektori buyrug'i bilan o'qishdan chetlatiladi.

👉 o‘z xohishiga binoan;
👉 o‘qishning boshqa oliy ta’lim tashkilotiga ko‘chirilishi munosabati bilan
;
👉 o‘quv intizomini va OTMlar tomonidan o‘rnatilgan ichki tartib-qoidalar hamda odob-axloq qoidalarini buzganligi uchun;
👉 shartnoma asosida o‘qiyotgan ta’lim oluvchilar shartnoma bilan bog‘liq majburiyatlarni bajarmaganligi uchun;

👉
sud tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlanganligi sababli;
👉 sud qaroriga ko‘ra kirish imtihonlarida belgilangan tartibni buzganligi aniqlanganda (ushbu holatda talabalar safidan chetlashtirilganlar talabalar safiga qayta tiklanmaydi);
👉 vafot etganligi sababli.

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 20 iyundagi "393-son qarori" dan koʻchirma

@NUU_students
👎9❤6👍1
❗️O‘zbekiston Milliy universiteti QS Asia University Rankings 2026 natijalariga ko'ra 180-o‘rinni egallab, o'tgan yilga nisbatan 60 pog‘ona (o'tgan yili 242-o'rin) yuqoriladi.

@NUU_students
🔥48🏆21❤8👏7👍1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️GPA qanday hisoblanadi?

GPA (Grade Point Average) – bu o‘rtacha baho ko‘rsatkichi bo‘lib, u talabalar bilim darajasini baholash uchun ishlatiladi. O‘zbekiston universitetlarida GPA odatda 4 yoki 5 ballik tizim asosida hisoblanadi.

GPA hisoblash formulasi:

GPA = (Baholar × Kredit soati) / Jami kredit soati

Misol:
Agar talaba 3 ta fan o‘qigan bo‘lsa:
• Matematika – Baho: 4.0, Kredit: 3
• Fizika – Baho: 3.0, Kredit: 2
• Ingliz tili – Baho: 3.5, Kredit: 3

➡️GPA = (4.0×3 + 3.0×2 + 3.5×3) ÷ (3+2+3) = 3.56

Muhim:

➡️ Davlat universitetlarida 100 ballik yoki 5 ballik tizim ishlatilishi mumkin, va bu 4 ballik GPA tizimiga aylantiriladi.

➡️ Xususiy universitetlarda esa xalqaro GPA tizimi ishlatilishi mumkin.


@NUU_students
👍6❤5
❗️my.gov.uz portalida talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qaytarish uchun ariza topshirish imkoniyati yaratildi

Bu imkoniyatdan noyabr oyida foydalanib bo‘lmaydi, biroq keyingi oylar va yillar uchun bu — juda qulay va foydali yangilik.

@NUU_students
👍5❤1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧠 Endi talabalarning aqlli yordamchisi bor!

💻 HEMIS AI — sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan talabalarning raqamli yordamchisi bo‘lib, o‘quv jarayonini tahlil qiladi, o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarini baholaydi va shaxsiy rivojlanish bo‘yicha tavsiyalarni my.hemis.uz platformasi orqali taqdim etadi.

➖GPA tahlili — o‘zlashtirish darajasini tahlil qilib, rivojlanish yo‘nalishini ko‘rsatadi.
➖Davomat tahlili — darslarga qatnashish holatini baholab, kechikish sabablarini aniqlaydi.
➖Dars jadvali tahlili — mashg‘ulotlar samaradorligini tahlil qilib, o‘quv jarayonini optimallashtiradi.
➖Tavsiyaviy kurslar — talabaning qiziqishlari va natijalariga mos Coursera kurslarini taklif etadi.
➖Plagiat tekshiruvi — mustaqil ishlar va ilmiy ishlarning asl nusxada bo‘lishini ta’minlaydi.
➖Moliyaviy holat tahlili — shartnoma, stipendiya va grantlar bo‘yicha aniq tahlilni taqdim etadi.
➖HEMIS Chatbot AI — foydalanuvchi so‘rovlariga tezkor va aniq javob beradi.

@NUU_students
😁6❤1💯1