O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Bugun, 3-avgust kuni ertalab soat 09:00 dan 10:00 ga qadar barcha abituriyentlar o‘zlari test topshirishi belgilangan stadion yoki xiyobonga kelib, u yer bilan tanishib ketishi mumkin.

Bunda abituriyentlar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan videofiksatsiyadan o‘tkazilib, videofiksatsiya tizimi sinovdan o‘tkaziladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bitiruvchi talabalar ishga joylashishga majbur emas!

Budjetda o‘qiganlarni ish bilan ta’minlashning alohida tartibi bor. Taqsimot komissiyasi budjetda o‘qigan bitiruvchilarni o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlashi va yo‘llanma berishi kerak. Boshqacha aytganda ularni davlatning o‘zi ishga yo‘naltiradi va 3 yil davomida ular ishlab bergach, diplomining asl nusxasini berishadi.

To‘lov-kontraktda o‘qiganlar esa erkin qush. Istasa o‘qigan sohasi bo‘yicha ishga kiradi, istasa umuman boshqa yo‘nalishga o‘tib ketadi, istasa uyida mazza qilib yotadi (lekin unaqa qilmanglar, ishlash kerak).

❗️Shu sababli mabodo qaysidir OTM ma’muriyati talabalardan mehnat daftarchasi yoki ishga joylashganlik to‘g‘risida ma’lumotnoma talab qilishsa va diplomni berishdan bosh tortishsa, unda bu talab noqonuniy ekanligini ularga tushuntiring. Shunda ham tushunishmasa, tegishli tashkilotlarga shikoyat qiling.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentning pasporti yo‘qolgan bo‘lsa, imtihonga qanday kiradi?

Ma’lum qilinishicha, shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan, yo‘qolgan yoki hujjat olishi kerak bo‘lgan abituriyentlar o‘z hududidagi IIVning migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga (xalq tilida - pasport stol) murojaat qilishi kerak. Mas’ul tashkilotlar pandemiya davri bo‘lishiga qaramasdan faoliyatini muntazam davom ettirmoqda. Test o‘tkazish jarayonlarida IIV ham mas’ul tashkilotlardan biri hisoblanadi. Shaxsni tasdiqlovchi hujjat borasidagi muammolarni ular bartaraf etishga ko‘maklashadi.

– Ammo imtihonga shaxsni tasdiqlovchi hujjat, ya’ni pasport bilan borish shart, – deydi DTM bosh mutaxassisi Jamshidbek Odilov.

Bundan xulosa qilish mumkinki, pasportini yo‘qotgan abituriyentlar zudlikda yangi pasport olish uchun ariza berishlari lozim. Boshqa abituriyentlar esa test kunlari yaqinlashayotgani hisobiga shaxsiy hujjatlariga e’tiborliroq bo‘lishlari va ehtiyotkorlikni oshirishlari maqsadga muvofiq.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar!

✅Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga 2021-2022-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkaziladigan stadion va xiyobonlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirildi.

Unda quyidagi ma’lumotlar aks etgan:

➖ Stadion yoki xiyobonning rasmi;
➖ Hududga kirish joylari;
➖ Stadion yoki xiyobon nomi;
➖ Stadion yoki xiyobon manzili;
➖ Sektor raqami;
➖ Test topshiradigan guruhlar;
➖ Stadion yoki xiyobonning google xaritadagi geolokatsiyasi.

⛳️Test sinovlarini o‘tkaziladigan stadionlar va xiyobonlar: https://dtm.uz/page/maydon_2021

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️OTMlarda ikkinchi va undan keyingi ta’lim olish tartibi to‘g‘risida(hujjatlar offlayn qabul qilinmoqda):

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 225-modda) muvofiq, oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar mazkur Nizomning 2-bandida belgilangan tartibda ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumotni olish huquqiga ega.

Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta'limga kimlar topshirishi mumkin?

👉 o‘rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha;

👉 bakalavr va diplomli mutaxassis darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha;

👉 magistr darajasiga ega bo‘lgan shaxslar — bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va turdosh magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot olish mumkin bo‘lgan turdosh magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi.

Qanday hujjatlar kerak bo'ladi?

👉 ta’lim muassasasi rektori (direktori) nomiga ariza;

👉 oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot to‘g‘risida davlat namunasidagi diplom (asl nusxasi) ilovasi bilan (xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarining 1992-yil 1-yanvardan keyin berilgan diplomlari o‘rnatilgan tartibda nostrifikatsiyadan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim);

Ikkinchi va undan keyingi oliy (o‘rta maxsus, kasb-hunar) ma’lumot olish uchun hujjatlar 20-avgustgacha OTMlarda qabul qilinadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar uchun katta imtiyoz — Prezident qarori bilan talabalarga 11 yillik uzoq muddatli kredit joriy etildi.

✅Bunda ta’lim kreditining asosiy qismi talabaning rasmiy o‘qish muddati tugagandan so‘ng yettinchi oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi. Oliy ta’limga ajratiladigan davlat grantlari soni 25 foizga oshirildi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bu yil abituriyentlar xohlasa, 5ta yo‘nalishdan grantga kirganida o'qishni tanlashi mumkin!

▪️Buning uchun abituriyentlarga onlayn ro‘yxatdan o‘tish vaqtida tanlov uchun ustuvorlik sifatida “davlat granti” yoki “davlat granti va to‘lov-kontrakt”dan birini tanlash imkoniyati yaratiladi, deb izoh berdi DTM prezident qaroriga.

Bunda abituriyent ustuvorlik sifatida:

▫️ Davlat grantini tanlasa – dastlab davlat granti, so‘ngra to‘lov-kontrakt asosida;
▫️ Davlat granti va to‘lov-kontraktni tanlasa – oldingi yillardagi kabi davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ketma-ket tanlovda ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalgi yillarda abituriyentlar faqat tanlagan yo‘nalishlari ketma-ketligida OTMlarga qabul qilingan. 1-yo‘nalishga kontrakt, 2-yo‘nalishga grantga kirsa ham, 1-yo‘nalishda o‘qish majburiy edi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❓Abituriyentning pasporti yoʻqolgan boʻlsa, nima qilishi kerak?

❓Eski pasport bilan roʻyxatdan oʻtganlar, endi yangi hujjat bilan testga kira oladimi?

❓Familiyasini oʻzgartirganlarda muammo boʻlmaydimi?

Bu kabi savollarga DTM direktori oʻrinbosari Sardor Rajabov javob berdi. Javoblar yuqoridagi audioda. Eshitib koʻrishingiz mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
abituriyent
Masofaviy ta’lim
❗️Abituriyentlar uchun imtihonoldi muhim tavsiyalar!

Spikerlar:

1. Muhammadali Eshonqulov — iqtisodchi
2. Abdusattor Abdurahimov — IT tadbirkor
3. Jahongir Po'latov — «Cambridge» o'quv markazi rahbari
4. Alisher Sa'dullayev — Yoshlar ishlari agentligi direktori

Albatta, eshiting. Abituriyentlar uchun juda foydali va manfaatli boʻlgan muhim tavsiyalar berib oʻtilgan.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️"Qo'rqma" kitobi haqida qisqacha! | Faxshga targ'ib

Asar muallifi J. Jovliyev yaqindagina ushbu asari uchun "Tahsin" mukofotini olgan edi. Keyinchalik, human.uz portali ushbu kitobdagi ko'plab imloviy xatolar, noto'g'ri ma'lumotlar va o'quvchi ongiga salbiy ta'sir qiluvchi lavhalar borligini aniqladi. Ushbu kitobdagi yuqorida keltirilgan jumlalarga to'xtaladigan bo'lsak, o'ta madaniyatsiz tilda yozilganiga guvoh bo'lamiz. Lekin bu kitobga "ayrim" kitobxonlar haligacha ijobiy fikr bildirmoqda. Ehtimol, ular kitob muallifidan reklama va targ'ibot uchun yaxshigina moddiy manfaat ko'zlagandir. Juda zo'r kitob deb qo'yishadi, ba'zan. Ammo, bu kabi jumlalar bilan to'lgan bu kitob o'quvchi ongiga qanaqasiga ijobiy ta'sir o'tkazsin. Mantiqsizlik...
❤1
​​- "Erkaklar: "Ko'ylaging o'ralgan belingdan, akang!" - deya alamidan xotinini o'sha kecha qo'ymay chiqishar, xayolda esa mehmon xonim bilan edi"

"Qo'rqma" (47-bet) | Javlon Jovliyev

Ushbu asarni "zo'r" deydiganlarga yuborib qo'ying))
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Test materiallaridan foydalanish!

Oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasidan foydalanish bo‘yicha videoqo‘llanma.

Youtube orqali ko‘rish (HD formatda)

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Respublikaning bir oliy ta’lim muassasasidan boshqa bir davlat oliy ta’lim muassasasiga o‘qishni ko‘chirish faqat mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha uzrli sabablarga ko‘ra amalga oshiriladi.

— Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalari kredit-modul tizimiga o‘tgandan so‘ng, o‘qishni ko‘chirish bilan bog‘liq muammolar ham o‘z yechimini topadi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bahodir Jalolov: "Alloh buyuk!"

Yana bir sportchimiz finalda. G'alaba muborak!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bugun Abituriyent ruxsatnomasini olishning oxirgi kuni. Ertadan imtihonlar boshlanadi va ushbu imtihonlar 12 kun davom etadi.

Shu kunlar davomida Ichki ishlar vazirligi Davlat yo'l harakati xavsizligi bosh boshqarmasi Axborot xizmati, amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan murojaat yo'lladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Forwarded from ÖzMU Jizzax filiali | Rasmiy kanali (naimnarzikulov)
❗️Abiturientlar uchun tavsiyalar mavzusida ovozli chat

2021 yilning 4-avgust kuni soat 20:30 dan boshlab @uzmujizzaxfiliali kanali orqali Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktori Olimjon Turakulov bilan ovozli chat tashkil qilinmoqda.

🔰Suhbat davomida quyidagi mavzular haqida suhbat olib boriladi:

— Abiturientlar uchun tavsiyalar

— Test imtihonlariga kirish oldidan abituriyentlarga tavsiyalar

— Xorijiy OTMlardan O'zMU Jizzax filialiga o'qishini ko'chirish

— O'qishni ko'chirishda olinadigan imtihon va test tartibi va boshqa shu mavzuga oid savollar.

🤳🏻Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali direktoriga ovozli chat davomida bevosita savol yoki taklif bermoqchi bo'lsangiz, filial matbuot kotibi @naimnarzikulov ga yozib qoldiring.

☝️Ovozli chatni @uzmujizzaxfiliali kanalida o'tkazib yubormang ❗️

👉 @uzmujizzaxfiliali 👈
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Bir ishni boshlashda har safar uyqu va dangasalik halaqit bersa, undan qanday qutulish mumkin?

©Muhamadali Eshonqulov

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlarning imtihon topshirish jarayonlarini test2021.uz sayti orqali kuzatib borishingiz mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bugun talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha onlayn roʻyxatdan oʻtishning oxirgi kuni!

☝️Eslatib oʻtamiz, 2021-2022-oʻquv yili uchun talabalar oʻqishini koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar 5-avgustga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

🔰Shu sababli hoziroq arizalarni quyidagi elektron tizimlar orqali roʻyxatdan oʻtkazing:

➡️ respublika OTMaro yoki bir OTM doirasida koʻchirish, qayta tiklash boʻyicha arizalar – transfer.edu.uz;

➡️ xorijiy mamlakatlardagi hamda Oʻzbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMdan respublika OTMga koʻchirish boʻyicha arizalar – transfer.dtm.uz.

‼️transfer.edu.uz va transfer.dtm.uz onlayn ariza topshirish tizimlaridan 5-avgust soat 23:59ga qadar roʻyxatdan oʻtgan, biroq oliy taʼlim muassasalari tomonidan koʻrib chiqish natijasi boʻyicha turli sabablarga koʻra arizalari rad etilgan talabgorlarga hujjatlaridagi mavjud kamchiliklarni qayta tahrirlashlari uchun imkoniyat yaratiladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Yangi O‘zbekiston universitetining o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotalari e’lon qilindi!

Unga ko‘ra, universitetning o‘quv yo‘nalishlari va qabul kvotasi quyidagicha etib belgilangan:

🔹Mexanika muhandisligi (100 o‘rin)
🔹Kimyo muhandisligi (100 o‘rin)
🔹Dasturiy ta’minot muhandisligi (100 o‘rin)

Universitetga kirish uchun talabgorlardan quyidagi hujjatlar so‘raladi:

– pasport nusxasi (doimiy propiska sahifasi bilan);

– umumiy o‘rta ta’lim (11-sinf negizida) yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasasini tugatganligi haqidagi hujjat;

– ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (eng kamida IELTS 6.0 / TOEFL iBT 60 / Duo Lingo 95);

– Oxirgi uch oy ichida olingan fotosuratning elektron varianti.

✅Ma’lumot uchun, Yangi O‘zbekiston universitetiga qabul joriy yilning 15-avgust kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!