O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️​Vaksina olganlarga kontraktda qancha miqdorda pul chegirib tashlanadi?

✅ Masalan, siz pedagogika sohasida o'qiysiz, sizning kontraktining mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini 17 barobari hisoblanadi.

MHTEKM - 822 000 so'm.

• 822 000 x 17 = 13 974 000 so'm bu pedagogika sohada o'qiyotganlar uchun ayni vaqtdagi stipendiyali kontrakt miqdori.

Endi bundan 12 oylik stipendiyani ayirib tashlasak, stipendiyasi kontrkat miqdori kelib chiqadi.

• 517 000 x 12 = 6 204 000 so'm, bu 12 oylik stipendiya miqdori.

• 13 974 000 - 6 204 000 = 7 770 000 so'm , bu pedagogika sohasida o'qiyotganlar uchun ayni vaqtdagi stipendiyasiz kontrakt miqdori.

• 7 770 000 x 0.1 = 777 000 so'm, bu pedagogika sohasida o'qiyotganlar uchun 10 foizlik chegirma miqdori.

‼️Agar vaksina olib 10 foizlik chegirmaga ega bo'lsangiz:

Stipendiyali kontrakt:

• 13 974 000 - 777 000 = 13 197 000 so'm;

Stipendiyasiz kontrakt:

• 7 770 000 - 777 000 = 6 993 000 so'm bo'ladi.

O'z yo'nalishingizda qancha miqdorda to'lashingizni bu yerdagi jadvaldan aniqlab olishingiz mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ichki perevod haqida hozircha yangilik yo'q.

Ular shaxsiy kabinetiga arizalar javobi keladi. 6-sentabrga qadar arizasiga javob kelmagan talabalar o'zi o'qiyotgan oliygohda tahsilni davom ettirib turadilar.

Birgina sharti kontrakt to'lashga ozgina shoshilmay turishlari tavsiya etiladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Oʻz natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlar, mandat eʼlon qilingandan soʻng 10 kun ichida apellyatsiya shikoyatini yuborishlari mumkin.

Apellyatsiya shikoyatini my.dtm.uz sayti orqali berishlari mumkin. Hozircha bu funksiya yoʻq u saytda.

Apellyatsiyada oʻzingiz ishlagan test topshiriqlari kitobi, javoblar varaqasi va apellyatsion karta sizga beriladi. Test topshiriqlari kitobini koʻrib chiqib, agarda eʼtirozingiz boʻlsa ekspertga uchrashasiz. Ekspertga siz oʻz eʼtirozlaringizni tushuntirib berishingiz kerak boʻladi.

Eʼtirozlar oʻrinli deb topilsa, sizga shu savol uchun ball qoʻshiladi. Agarda eʼtiroz oʻrinli deb topilmasa, ekspert sizga bu toʻgʻrisida tushuntirish berishi kerak boʻladi.

Test sinovlariga kelmagan va chetlashtirilganlar apellyatsiya shikoyati koʻrib chiqilmaydi. Takroriy apellyatsiyaga yoʻl qoʻyilmaydi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️56,7 balldan kam to'plaganlar qancha to'laydi?

Ular super kontraktning 2 barobarini to'laydi, ya'ni ularning ta'lim yo'nalishida super kontrakt 17 barobar bo'lsa 1 balldan 56,7 ball oralig'idagilar 34 barobar to'lashadi, ya'ni super-muper kontrakt.

Yana tushuntiraman 1 balldan 56,7 ballgacha bo'lgan oraliqdagilar o'qish istagini bildirib ariza yozsa, yuqoridagi ro'yxatda ko'rsatilgan miqdorning 2 barobarini to'laydi. Misol uchun 50 ball to'pladi, super kontraktga ariza berdi, u matematika va informatika yo'nalishiga topshirgan, u yerda yozilishicha super kontrakt oddiy kontraktning 8 barobariga teng, endi u 16 barobar to'lab o'qishi mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Talabalikka tavsiya etilganlardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:

• Diplom yoki attestat (asl nusxasi);
• Diplom ilova (asl nusxasi);
• Pasport nusxasi;
• 3x4 o'lchamdagi 12 dona rasm;
• Konvert 1 dona;
• Skorishivatel;
• Sertifikat (mavjud bo'lsa, asl nusxasi);
• Nogironlik to'g'risida guvohnoma nusxasi (asl nusxasi bilan solishtiriladi);
• DTM ruxsatnomasi;
• Javoblar varaqasi;

P.s: Yana qo'shilishi mumkin. Xullas o'zingizga bog'liq bo'lgan barcha hujjatlarni olib boring))

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Keyingi yildan magistraturaga mutaxassislik fanlaridan imtihonni ham DTM o‘tkazadi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ertaga 5-sentabr soat 10:00 dan boshlab ichki perevod natijalari chiqa boshlaydi.

Bundan talabalar transfer.edu.uz sayti orqali shaxsiy kabinetlaridagi "ARIZA TARIXI" bo'limidan ariza holatini tekshirishlari mumkin.

Oliygohlar esa 6-sentabr kuni soat 16:00 dan boshlab o'z rasmiy sahifalarida ro'yxatni e'lon qilishadi. Shundan keyin talabalar 7-sentabrdan boshlab o'qishini ko'chirgan oliygohga borishlari mumkin bo'ladi vanihoyat

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ijtimoiy fanlar fakultetida darslar 6-sentabrdan anʼanaviy (oflayn) shaklda boshlanadi.

1- va 3-kurs talabalari 1-smena, 2- va 4-kurs talabalari 2-smenada o'qishadi.

Mavjud auditoriyani fondini hisobga olgan holada Siyosatshunoslik, Patentshunoslik va 3-kurs o'zbek guruhlar (Oila va Yoshlar psixologiyada tashqari) 2-smenada o'qishadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️​​Apellatsiya arizalarini berish tartibi haqida!

🔰 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan va natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar 5-sentabr kuni 09:00 dan boshlab apellatsiya.dtm.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin bo‘ladi.

☑️ Apellatsiya arizalari 14-sentabrga qadar 10 kunda davomida onlayn qabul qilinadi.

👨🏻‍💻 Bunda apellatsiya arizasini bermoqchi bo‘lgan abituriyent dastlab apellatsiya.dtm.uz saytining “Bakalavr-2021” bo‘limiga kirib, pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritishi lozim.

🖥 Agar abituriyent haqiqatdan ham test sinovlarida ishtirok etgan va test sinovlaridan chetlatilmagan bo‘lsa, apellatsiya arizasini berishi mumkin bo‘ladi va ariza berish oynasi ochiladi.

🔖 Mazkur sahifaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali apellatsiya arizasi beriladi.

📋 Apellatsiya arizasini bergan abituriyentlarga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Davlat test markaziga kelishi shart.

📆 Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish apellatsiya komissiyasi tomonidan 2021-yil 7-sentabrdan boshlanadi.

❕ Izoh: apellatsiya.dtm.uz saytida uchta bo‘lim mavjud bo‘lib, magistratura mutaxassisliklariga kirish imtihonlarining chet tili fani va xorijiy davlatlardan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha apellatsiya arizalari mazkur imtihonlarning yakuniy natijalar e’lon qilingandan so‘ng ishga tushiriladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️2021-2022-oʻquv yiliga talabalikka tavsiya etilganlar (1-bosqich talabalari) uchun OTMda 6-sentabrdan dastlabki tanishtiruv haftaligi (xususan, mustaqillik darslari), 13-sentabrdan e’tiboran oʻquv rejaga muvofiq dars mashgʻulotlari boshlanadi.

Maʼlumki, yangi oʻquv yilidan boshlab barcha oliy taʼlim muassasalarining birinchi kurs talabalari uchun oʻquv jarayoni kredit-modul tizimi orqali tashkil etiladi.

Tanishtiruv haftaligida talabalar kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, oliy taʼlim muassasasining ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtiriladi.

Shu bilan birga, tanishtiruv haftaligini tashkil etishda doimiy yashash manzilidan, xususan, respublikaning boshqa hududlarida boʻlgan talabalarning oliy taʼlim muassasasiga yetib kelishi, turar-joylariga joylashishi uchun vaqt ajratilishi inobatga olinadi.

Yuqori kurs (birinchi kursdan tashqari) talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari umumiy tartibda 6-sentabrdan boshlanadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Кундузги_таълим_йўналишлари_учун_2021_2022_йил_учун_контракт.pdf
303.3 KB
❗️Kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiydigan talabalar uchun 2021-2022-oʻquv yili uchun shartnoma miqdori!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Hurmatli 1-kursga qabul qilingan talabalar! Sizlarda qandaydir savollar mavjud bo'lsa, @Professional_administrator profiliga bog'lanib savolingizni berishingiz mumkin. Har qanday savollarga imkon qadar javob beriladi.
2_5303445756202454328.pdf
269.9 KB
❗️O'zbekiston Milliy universitetida 6-sentabr kungi 2021-2022-o‘quv yili ochilish marosimi bayram dasturi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ayni damda magistratura mutaxassisliklari boʻyicha natijalar chiqishi kutilmoqda!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Aytishlaricha, 2-3 kun ichida 2021-2022-o'quv yili uchun kontrakt summalari hamda vaksina olganlar uchun 10 foizlik chegirma va uni olish tartibi tasdiqlanib e'lon qilinadi.

Yangi o'quv yili uchun kontrakt summasi tasdiqlangidan so'ng, abituriyentlar va "perevodchi"lar ham super kontrakt uchun ariza yozishlari mumkin. Aniq summasi chiqadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ijtimoiy fanlar fakultetida mavjud ta'lim yo'nalishlariga (Milliy g'oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi, Falsafa, Psixologiya, Sotsilogiya, Ijtimoiy ish, Siyosatshunoslik,Patentshunoslik) talabalikka tavsiya etilgan 1-kurslarni 6-sentabr kuni 8:00 da O'zMU Bosh ma'muriy binosi oldida o'tkaziladigan Mustaqillik bayrami va Yangi o'quv yili ochilishi tadbiriga taklif etamiz.

©O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekanati

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
👍1
❗️Magistratura mandati e'lon qilindi!

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ertadan metro va abtobuslardagi holat taxminan mana shunday bo'ladi...

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️“Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning davlat OTMlarida ta’lim olayotgan farzandlariga 2021-2022-o‘quv yilida birinchi o‘quv yili uchun to‘lov-kontraktning to‘liq summasi qoplab beriladi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡Qaniydi kontrakt 470 ming so'm bo'lib, stipendiya 12 million so'm bo'lsa, qaniydi...

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!