O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Ayrim manbalar xabar berishicha, O'zbekiston Milliy universitetida 20-sentabr kunidan ichki perevodlar uchun aloqa xati berilishni boshlaydi. Eslatib o'tamiz, ushbu xabar rasmiy tasdig'ini topmagan, ammo rasmiy bo'lishi ham mumkin.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining foydali platformalaridan qanday foydalanish kerak?

Google'ni ochamiz va o'zimizga zarur havola manzilini teramiz. So'ngra ma'lumotlardan keragicha foydalanaveramiz.

✅ Ilmiy ishlar ma’lumotlar bazasi portali – diss.natlib.uz bazasining 23 000 dan ortiq elektron resurslariga kirish imkoniyati mavjud. (Eslatma: bu bazada dissertasiyalarning faqat 15 % qismidan foydalanish mumkin).

✅ Milliy kutubxonaning media portali – media.natlib.uz bazasining video – 158 ta, audiokitoblar – 600 dan ortiq audio va video materiallarini ko‘rish va yuklab olish imkoniyati mavjud.

✅ Vaqtli matbuot nashrlari portali – press.natlib.uz bazasining 1935-2021 yillar oralig‘ida 50 nomdagi 50766 ta gazeta va jurnallarni elektron shaklda o‘qish imkoniyati mavjud.

✅ QR-kodli kitoblarning ma’lumotlar bazasi – qr.natlib.uz bazasining 400 dan ortiq kitoblarning elektron fayllarini QR-kod orqali onlayn o‘qish hamda yuklab olish imkoniyati mavjud.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Har yili 100 nafar xotin-qizning to‘lov-kontrakti hokimliklar tomonidan to‘lab beriladi!

Hukumat qarori (577-son, 17.09.2021 y.) bilan Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🎓 Nizomga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab har yili o‘zlarining hududlaridan o‘qishga kirgan 25 nafardan hamda 2-4-kurslarda o‘qiyotgan 75 nafar (har bir kursdan – 25 nafardan), jami 100 nafar xotin-qizlar uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘rt o‘quv yilining yakunlanishiga qadar to‘lab beradi.

☑️ Moliyaviy barqaror davlat OTM tomonidan ularning kengashlari qaroriga muvofiq, 50 nafargacha xotin-qizlar birinchi o‘quv yilida bepul o‘qitiladi.

Bunda talabgorlarning keyingi o‘quv yillari uchun ta’lim kreditlari rasmiylashtiriladi. Hokimliklar o‘z hududlaridagi talabgorlar uchun uchinchi shaxs kafilligini beradi hamda o‘qishni tamomlagandan so‘ng ularni ish joyi bilan ta’minlaydi.

🔰 Talabgorlarni tanlab olish quyidagi mezonlar asosida amalga oshiriladi:

👉 otasi yoki onasi yoxud ularning ikkalasi ham vafot etgan muhtoj qizlar;
👉 boquvchisi yo‘q ehtiyojmand yolg‘iz ayollar.

Bunda yuqoridagi mezonlarga mos keluvchi xotin-qizlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab ijtimoiy holati to‘g‘risidagi ma’lumotnomani har yili 10 kun ichida OTM qabul komissiyasiga taqdim etadi.

📝 Davlat OTM 5 kun mobaynida ro‘yxatni shakllantirib, hokimliklarga yozma ravishda ma’lumotlarni yuboradi.

🧾 Shunga ko‘ra, Ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollar oliy ta’lim olishlarini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash komissiyasi 15 kunda (lekin har o‘quv yilida 15 sentyabrdan kech bo‘lmagan muddatda) talabgorlar ro‘yxatini hamda shartnomani imzolash bo‘yicha xulosalarni davlat OTMga yozma ravishda kiritadi va belgilangan tartibda shartnomalarni rasmiylashtiradi.

📌 Mazkur tartib to‘lov-kontrakt asosida davlat OTM bakalavriatiga (kunduzni, sirtqi, kechki ta’lim shaklidan qat’i nazar) talabalikka tavsiya etilgan hamda 2-4 kurslarda tahsil olayotgan talabgorlarga qo‘llaniladi.

🚫 Quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

➖ ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim olish uchun tanlovda ishtirok etgan talabgorlarga;
➖ O‘zbekistonda joylashgan xorijiy OTM yoki ularning filiallari, nodavlat ta’lim xizmatlari bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga;
➖ oliy harbiy ta’lim muassasalariga.

❕Talabgorlar joriy o‘quv yili davomida OTMni yoki ta’lim yo‘nalishini o‘zgartirsa yoxud talabalar safidan chetlashtirilsa mazkur imtiyozdan foydalanib bo‘lmaydi.

✅ Talabgorlarni tanlab olish natijalari “Aziz-ayol.uz” Yagona interaktiv milliy platformasi orqali e’lon qilinadi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2018-yil 26-sentabrda ro'yxatdan o'tkazilgan 3068-sonli "Oliy ta'lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to'g'risida"gi nizom bilan tanishib chiqing!

👉
Batafsil ma'lumot: https://lex.uz/docs/3916793

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Deputat Olimjon Sulaymonov yoshlarimiz yomon yo'lga kirib ketmasliklari uchun abituriyent va perevodchilarga imkon berishni so'rab chiqdi.

Sizning fikringiz qanday? Rostdan ham juda ko'p perevod bo'yicha ovoragarchiliklarni oldini olish uchun qo'shimcha kvotalar kerakmi? Fikringizni izohlarda batafsil yozib qoldirishingiz mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

⚡️Abituriyentlarga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnomalarini onlayn rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi

🔘Oldin xabar berilganidek, 1-oktabr davlat OTMga tabaqalashtirilgan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha ariza topshirishning so‘nggi muddati etib belgilangan edi.

🔥 Joriy oʻquv yilida talabalikka tavsiya etilmagan, biroq tabaqalashtirilgan (super) toʻlov-shartnoma asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida onlayn shaklda ariza qoldirish hamda tabaqalashtirilgan toʻlov-shartnomalarni onlayn olish imkonini beruvchi t-kontrakt.edu.uz axborot tizimi ishga tushirildi.

✅ Ushbu tizim:

➖ ortiqcha ovoragarchilik va suiiste'molchiliklarning oldini olish;

➖ jarayonlarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash;

➖ elektron arizalarni avtomatik shakllantirish;

➖ toʻlov-shartnomalarni avtomatik rasmiylashtirish imkonini beradi.

‼️Endi abituriyentlar oliy ta’lim muassasasiga ovora bo‘lib, borib o‘tirishlari shart emas. Tizim yordamida ularning ma’lumotlari va toʻplagan bali Davlat test markazi bazasidan toʻgʻridan toʻgʻri olinib, elektron koʻrinishdagi ariza asosida elektron to‘lov-shartnoma avtomatik rasmiylashtiriladi.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Aytishlaricha 25-sentabr davlat komissiyasining yig'ilishi bo'ladi!

Shu kuni super-kontrakt miqdorlari, nuturdosh yo'nalishlarga perevod javoblari, vazirliklararo perevod javoblari natijalari tasdiqlanishi mumkin.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Vakansiya. Ish qidirib yurgan talabalar uchun!

Ingliz tilidan rus tilida dars o'tadigan o'qituvchi (talabalar) ni o'quv markaziga ishga taklif qilamiz. Oylik maosh 800 ming so'mdan 5 million so'mgacha!

Murojaat uchun: @Al_Jabr_admini yoki +99899 310 61 07

Yangilik: Endilikda kanalimizda talabalar uchun ish e'lonlari ham joylab boriladi. Kuzatib boring, ehtimol siz ham biz orqali o'z ishingizga ega bo'lib qolarsiz.

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️YUNISEF: O‘qish harajatlari o‘zbek talabalarida stress va chorasizlik hissini uyg‘otmoqda!

O‘zbekistonda ko‘plab talabalarda ta’lim bilan bog‘liq xarajatlar stress va chorasizlik hissini chaqiradi. Bu harajatlar – repetitorga borish, pora berish, OTM kontraktlari...

Bu YUNISEFning “Yuksalish” umummilliy harakati va Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda o‘tkazgan tadqiqoti xulosalaridan biri. Tadqiqotda 4458 nafar o‘zbekistonlik yoshlar qatnashgan.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
⚡️Mantig'ingdan o'rgilay, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti...

Universitetimiz Mirzo Ulug'bek nomiga atalgan. Yuqoridagi suratda ham Mirzo Ulug'bek siymosini ko'rishingiz mumkin, zimdan kuzatib ulamoda soqol mavjudligini ko'ring. Ammo, universitet hududida soqol o'stirib yurish mumkin emas. Qiziq-a? Bizning rahbarlarga qo'yib bersangiz, ushbu suratni ham soqolini qirib olib chizishadi. Yana bobokalonlarimizga munosib bo'linglar deb qo'yishi esa o'ta kulguli.

Umuman olganda soqol nimani hal qiladi? Soqolini olib borsa, aqliy darajasi o'sadimi? Bu kabi mayda-chuyda masalalarga berilavermasdan, dolzarb hisoblanmish turar-joy (hali hamon turarga joy topmagan talabalar mavjud) muammosini hal qilishsa, dars sifatini oshirishsa, har bir fakultetga yetarlicha kompyuter va jihozlar yetkazib berishsa, perevod masalasini hal qilib berishsa, qabul komissiyasini telefonini ishlaydigan qilib berishsa, nuu.uz saytini ishlatib qo'yishsa ma'qul emasmi? Hali uzoq sanash mumkin, baribir ta'sir qilmaydi.
❗️Perevodchilarning 72 foizi minimal talabni bajara olmagan!

✅ ​​Xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovlarida ishtirok etishi belgilangan 87 486 nafar talabgordan 85 261 nafari ishtirok etdi.

Tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘qishni ko‘chirish uchun minimal o‘tish bali ancha past belgilangan bo‘lsada, talabgorlarning 72 foizi mazkur minimal talabni bajara olmadi.

Hech qaysi firma talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirishga oldindan kafolat bera olmaydi.

Izoh: quyida xorijdan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha statistik ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, test sinovida ishtirok etgan talabgorlarning 50 foizdan ortig‘i 56,7 ball (maksimal ballning 30 foizi) ham to‘play olmagan.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Fransiyada magistratura bosqichida o'qish uchun yiliga € 12200 taqdim etuvchi Emily Boutmy Scholarships grant dasturi!

Talablar:
— Bakalavr kursini tamomlagan bo'lishi;
— Sciences Po oliyohiga qabul qilingan bo'lishi;
— Nomzod magistraturaga birinchi marta hujjat topshirayotgan bo'lishi;

Foydali tomonlari:
— Magistratura dasturining ikki yillik to'lovini qoplash uchun yiliga - € 12200 grant beriladi.

Oxirgi muddat: 30.11.2021

Batafsil: https://grantgo.uz/go/25911

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Shartnomani elektron tarzda olishda login va parolingizni bilmasangiz, o'zingizning JShIR kodingizdan foydalanib, rasmdagidek harakatni amalga oshirib shartnomani yuklab olishingiz mumkin yoki quyidagi havoladan foydalaning: https://student.hemis.uz/dashboard/contract

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Ichki perevod javoblari chiqqan talabalar ko'chirgan OTMsiga hafta oxirigacha murojaat qilib aytgan hujjatlarini topshirishi kerak bo'ladi.

Aytilgan hujjatlarini olib borib bergandan so'ng aloqa xati beriladi. Agar shu hafta borib aloqa xatiga ariza yozib kelmasangiz, o'qishni ko'chirish bo'yicha bergan arizangiz bekor qilinadi.

Qolganlar kutadi. 25-sentabr davlat komissiyasi yig'ilishi bo'ladi. Shundan keyn noturdoshlar, superlar va boshqalarni masalasi hal bo'ladi.

📍
@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️"To'lov-kontrakt miqdorini to'liq to'lamaganlarni kursdan qoldirish" degan qoidani olib tashlash kerak!

Ne-ne umidlar bilan o'qishga kirgan va endigina talaba bo'lgan, ehtimol yuqori kurs talabasidir, kelajak uchun buyuk rejalar qilib qo'ygan, iste'dodli, ilmga chanqoq yoshlarni o'qishdan qoldirish, ularni o'qigan kursini yana qayta o'qishga qaytarish umuman to'g'ri emas.

Biz shuni talab qilamizki, agar talaba kontrakt summasini to'lay olmasa, unga moddiy yordam ajratilsin. Bu qarzni esa talaba o'qishni bitirgandan so'ng to'lab berishi sharti bilan. Aytishingiz mumkin, ta'lim krediti mavjud-ku deb, lekin bundan oldingi yillarda ham minglab talabalar kursdan qoldirilgan.

P.s: Tarixdan ma'lumki, ilm ahlini qo'llab-quvvatlamagan yurt har doim qaramlik botqog'iga botgan. Shunday xatoni yana qayta qilmaylik. Zero insonni ham insoniyatni ham faqatgina ilm yuksaltiradi, sport yoki san'at emas!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
❗️Bu yurtda inson qadri ulug'. Ammo bu jumla talabalar uchun o'rinli emas. "Talaba - odammas" deyishlari shunga bo'lsa kerak!

Gapimni isboti bilan keltirib o'taman. Aytmoqchi bo'lgan gaplarim hech bir qat'iy dalil talab qilmaydi, sababi, buni hamma o'z ko'zi bilan ko'rgan. Bundan 2 kun oldin, O'zLiDeP universitetimiz qarshisida konsert dasturi uyushtirdi va "Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti" yozuvi o'rniga "Inson qadri uchun" degan shiorni ilib ketishdi.

Aynan shu universitetimizda bundan 2 haftacha muqaddam ayni shu universitetimizda talabalar sarson bo'lib yurishgan edi. Rektorat oldida, skamekalarda, umuman, universitet hududida juda ko'plab ota-onalar va ularning talaba farzandlari bir necha kunlab ko'chada qolib ketishgan edi. Hatto ayrimlar ko'chalarda uxlashganini aytishdi.

Endi menga aytingchi, haqiqatdan inson qadri uchunmi shuncha harakat? Nimaga inson qadri uchun kurashuvchi ushbu partiya talabalarni turar-joy muammosini hal qila olmaydi?
👍1
❗️"O'zMU yotoqxonalarida 1-kurslar majburan ishlatilmoqda" kabi xabarlar kelib tushmoqda.

Sizning yotoqxonangizda ham 1-kurslar majburiy mehnatga jalb etilmoqdami? Sizni majburan ishlatishmoqdami? Barchasiga chek qo'ying! Hech kim sizni majburan ishlatishga haqli emas.

Siz qonuniy jihatdan haqqingizni talab qiling. "Har yili 1-kurslar bu ishlarni qiladi" degan gapga aldanib qolmang. O'tgan yillardagi 1-kurslar sodda bo'lishgan bo'lsa, siz sodda bo'lmang.

Yotoqxona ishlari faqat 1-kurslar bo'yniga ilingan emas. Barcha kurslar bu ishlarni qilishi shart. Bu haqida yotoqxonaga kirishda barcha kurs talabalari tilxat topshirishgan.

Sizda ham qonunbuzarlik holatlari bo'lmoqdami? U holda dekaningizga murojaat qiling, hal qila olmasa, prorektorga chiqing, u ham hal qila olmasligini aytsa yoki gapni olib qochsa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlariga xabar bering.

O'z haqqingizni talab qilishdan hech qachon qo'rqmang! O'z nomingiz bilan "Talaba"siz, talab qilishni o'rganing!

📍@NUU_students - O'zMU talabalari kanali!
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️"O'zMU yotoqxonalarida 1-kurslar majburan ishlatilmoqda" kabi xabarlar kelib tushmoqda. Sizning yotoqxonangizda ham 1-kurslar majburiy mehnatga jalb etilmoqdami? Sizni majburan ishlatishmoqdami? Barchasiga chek qo'ying! Hech kim sizni majburan ishlatishga…
Bizga dushman kerak emas, sababi biz o'zimizga o'zimiz yaxshigina dushmanmiz!

Izohlarni o'qib chiqdim, ko'plab talabalar (ehtimol yuqori kurs) "Tozalikka qarashi kerak", "O'zi yotadigan joyni tozalaydi-da", "Navbatchilik bo'lgan bu, biz ham qilamiz", " Yuqori kurs talabalari ham ishlaydi" kabi izohlar yozib qoldirishgan.

Ammo bir narsani unutib qo'yishdi. 1-kurs uka-singillarga to'g'ri maslahat berish kerak edi va bu hozirda dolzarb. Tan olaylik, shunchaki, juda ko'p ishlar (o'z xonasini tozalash nazarda tutilmayapti) 1-kurslar bo'yniga ilib qo'yilgan. Bu kabi adolatsizliklarni yo'qotmasak, bu avloddan-avlodga o'tib boradi.

Yotoqxona yoki universitetda hamma teng huquqli, xoh u 1-kurs bo'lsin, xoh 4-kurs. "Oshxona yoki hojatxona tozalash ishlari bilan 1-kurslar shug'ullanadi" degan qoida mavjud emas. Shuningdek, "Yarim kechasi majlis qilish kerak" kabi qoida ham. Bu kabi xabarlar bizga yetib keldi.