O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Forwarded from Ergasheva Gullola
Bu safargi oyinn savollari juda ham galati tuzilgan savollarga (bir ikkitasidan tawqari) javoblar umuman yaqin emas mantiq jihatdan ham bowqa tomondan ham murakkab va o'ta darajada mavhum bir birigaa aloqasi yoq savol bn javobni.
Assalomu alaykum!!! Tashkilotchilarga va barcha jamolarga. Tanqid bo'gan joyda rivojlanish bo'ladi. Kayfiyatni tushurmay keyingi turlarda bundanda ajoyib savollarni kutib qolamiz! Bo'shashmang
Qolgan jamolarga omad tilab

👩‍🎓Smart Students👨‍🎓
Forwarded from 𝓓𝓲𝓵𝓭𝓸𝓻𝓪
Savol tashkil qilganlarga ham bunaqa oson tutish yaxshimas,menimcha savollar ajoyib👍👍👍 faqat shu 2 ta savolida bir biriga yaqin variantlar juda kòpda bizning jamoamizda ham 50ga 50 bòlib qoldida bir-biriga juda yaqin bòlib qolganligi uchun
lekin bunaqa qilib hammaning negativ fikrlashi tashkilotchilarni biroz kòngliga tegadi deb òylayman.
Forwarded from Deleted Account
Oybek Joʻrayev bugun ikkita kanalda bir xil vaqtda har xil zakovatni olib bordi👏👏@Intellectual_empire
@NUU_students
2-tur bo'yicha umumiy natijalar bugun chiqariladi. Jamoa nomini yoki ism-familyasini yozmaganlar yozib qoldiring!
​​#Shèr

Shukr deysan sen qachon?

Ta'magirni tortqilab,
Nafsi qo'ymas deydilar.
Nokas o'zi to'ysa ham,
Ko'zi to'ymas deydilar.
Boq bir yorug' olamga
Kimlar zo'rg'a kun ko'rar.
Odamlar bor, bog'dagi
Bulbuldan ham pul so'rar.
Yolg'on dunyo — bu dunyo,
Arzon dunyo — bu dunyo.
Ne-ne hokim, beklardan
Qolgan dunyo — bu dunyo.
Kiprikdan ham qisqadir
Mol-u dunyo yo'llari.
Ibrat bo'lsin Iskandar
Ochiq ketgan qo'llari!
Uzat deysan, ber deysan,
Hech qo'ymading odamzod.
Tuya to'ydi, fil to'ydi,
Sen to'ymading, odamzod.
Shukr qilar hattoki
Qumursqa-parrandalar.
Shukr deysan sen qachon,
Xom sut emgan bandalar?
Bu uch kunlik dunyoda
Savlatigga kerilma.
Qasr qurma, bog' qoldir,
Davlatingga kerilma.
O'z elingni qaqshatsang,
Xor bo'lasan o'zing ham.
Bir kun shu el mehriga
Zor bo'lasan o'zing ham!


© Muhammad Yusuf

👉@NUU_students👈
JADVAL.jpg
2.3 MB
#Natijalar
#Zakovat
#Turnir

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆 zakovat turniri 2-tur jamoalar natijalari!

🎖Barcha jamoalarga navbatdagi turlarda omad!

👉
@NUU_students👈
JADVAL-2.jpg
2 MB
#Natijalar
#Zakovat
#Turnir

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆 zakovat turniri 2-tur bilimdonlar natijalari!

🎖Barcha bilimdonlarga navbatdagi turlarda omad!

👉
@NUU_students👈
​​#Dasturchilar_uchun
#Ajoyib_yangilik

🏆Sovrin miqdori 60 000 000 so‘m bo‘lgan “IT MARAFON – 2021”ga start berildi!

📌Bugun, 1-dekabrdan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan maktab o‘quvchilari, talabalar va dasturlashga qiziquvchi barcha yoshlar uchun “IT MARAFON-2021” tanloviga start berildi.

🏅IT MARAFON – bunda dasturchilar ommabop dasturlash tillaridan foydalangan holda murakkab algoritmli masalalarni ishlashi va o‘ziga berilgan virtual masofani bosib o‘tishlari kerak bo‘ladi.

🎗Marafon uch bosqichda bo‘lib o‘tadi. Unda 15 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan barcha xohlovchilar ishtirok etishi mumkin.

🎖Gʻoliblar jami 60 mln. so‘m sovrin jamg‘armasiga ega bo‘lishadi.

🗒Marafonda C++, C#, Java, Python va boshqa dasturlash tillaridan foydalanish tavsiya etiladi.


📝Ro‘yxatdan o‘tish: robocontest.uz/register

📨Batafsil:
https://bit.ly/IT-MARAFON2021

👉@NUU_students👈
​​#News

📌Telegramda guruh qo'ng'iroqlari paydo bo'ldi!

✅Telegramning Android uchun Beta versiyasi guruhli audio qo'ng'iroqlari taqdim etildi.

🔔Guruh qo'ng'irog'ini maxsus ruxsati yoqilgan admin boshlashi mumkin.

Guruh qo'ng'iroqlari uchun ikkita variant mavjud:

1. Hamma gaplashishi mumkin.
2. Faqat administratorlar gapirishlari mumkin.

❗️Ushbu funksiya test versiya ekan. Shunday ekan hali zoomni o'chirib tashlamanglar😅


👉@NUU_students👈
​​​​✅Metsenat.uz loyihasida navbatdagi grant!

📌"Najot Taʼlim" markazi tibbiyot yo‘nalishida tahsil olayotgan xotin-qizlar uchun taʼlim granti eʼlon qildi.

🎖 Taʼlim granti nomi: “Bo‘lg‘usi shifokor ayollar uchun grant”

🏅Qaysi hudud uchun: O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolari uchun

🏫 Qaysi OTM talabalari uchun: Barcha OTMlar uchun

👩🏻‍⚕️ Qaysi soha uchun: tibbiyot uchun

🎓 Qaysi daraja uchun: bakalavr

❓ Qaysi taʼlim shakli uchun: kunduzgi va kechki

📶 Qaysi bosqich (kurs) uchun: barcha bosqichlar uchun

💵 Grant summasi: 3 mln so‘mdan

👥 Necha nafar talabaga beriladi: 5 nafar

🤷‍♂️ G‘olibni tanlashda muhim jihatlar: moddiy qiynalganligi, aʼlo o‘qishi, sohaga bo‘lgan qiziqishi, qobiliyatlari, tajriba va ko‘nikmalari

⌛️ Arizalar 2021-yil 10-yanvarga qadar
metsenat.uz sayti orqali qabul qilinadi.

👩🏻 Grantning qo‘shimcha sharti: mazkur grant faqat xotin-qizlar uchun mo‘ljallangan

📞 Qo‘shimcha maʼlumotlar uchun:
+998936526669 Ali Zairov (Najot Ta‘lim HR menejer)

✅ Hurmatli, bo'lg'usi shifokor ayollar, grant uchun ariza topshirishga shoshiling!

🗒Batafsil ma'lumotlar:
@metsenatuz
@urfon
metsenat.uz

👉@NUU_students👈
O'shal dildorga
Muhriddin Xoliqov
#Musiqa_vaqti

🎼O'zbek qo'shiqchiligining eng yorqin namoyondalaridan biri Muhriddin Xoliqov!

🎧Eshitib ko'ring, ajoyib tarona.

👉@NUU_students👈
​​​​​​​​#Turnir
#Zakovat
#Uchinchi_tur

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

⏰O'tkazilish vaqti: 3-dekabr, 20:30

📃Savollar soni: 10 ta

🛎Shakli: Jamoaviy/Yakka ishtirokchilar qatnashsa ham bo'ladi.

❗️Jamoalar o'z muhokama guruhingizga
@Universal_shovvoz ni qo'shing!

🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆

🌐Barcha jamoalarga omad!

═══════════════════════════
📨Bizning manzil:
@NUU_students
═══════════════════════════
​​#Futbol

📌O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2020-yil 4-noyabrlagi "Professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlar o‘rtasida sport musobaqalarini o‘tkazish to‘g‘risida"gi 01-519 sonli buyruq ijrosi yuzasidan futbol musobaqasi bugun boshlandi.
Ijtimoiy fanlar fakulteti va amaliy matematika va intellkctual texnologiyalar fakulteti professor-o‘qituvchilari jamoasi bugun uchrashuv o‘tkazadi:

Ijtimoiy fanlar 🆚 Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar

🏆Barchani o'z fakulteti jamoasini qo'llab-quvbatlash uchun soat 16:00da universitet majmuasiga taklif etamiz!

Kim yutadi deb o'ylaysiz?

1⃣ - Ijtimoiy fanlar
2⃣ - Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar


👉@NUU_students👈
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar pinned «​​​​​​​​#Turnir #Zakovat #Uchinchi_tur 🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨 𝗰𝗵𝗲𝗺𝗽𝗶𝗼𝗻𝗮𝘁𝗶🏆 ⏰O'tkazilish vaqti: 3-dekabr, 20:30 📃Savollar soni: 10 ta 🛎Shakli: Jamoaviy/Yakka ishtirokchilar qatnashsa ham bo'ladi. ❗️Jamoalar o'z muhokama guruhingizga @Universal_shovvoz ni qo'shing! 🏆𝗢'𝘇𝗠𝗨…»