O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.05K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
​​💻IT Park rahbari Farhod Ibragimov turli oliygoh talabalari uchun yangi dastur yo‘lga qo‘yilishini ma’lum qildi.

📝Farhod Ibragimovning fikricha, yirik IT kompaniyaga asos solish uchun talabalik davrlaridanoq startap yaratishni boshlash kerak bo‘ladi.

🖥«ITga ixtisoslashmagan OTMlarning talabalari bilan gaplashib, ular o‘z yo‘nalishlarini “aytichi” talabalardan ko‘ra yaxshiroq uddalashlarini va turli muammolarga ko‘plab yechimlar taklif qila olishlarini tushunib yetdik. Lekin ular shunchaki u yoki bu yechimni qanday qilib amalga oshirishni bilmaydi.

💽Shu tufayli biz innovatsion texnologik yechimlarni yaratish maqsadida turli oliygoh talabalarining netvorkingini yo‘lga qo‘ymoqchimiz. Bu mavjud muammolarni amalda yechish imkonini beruvchi aktual startaplarni yaratish imkonini beradi.

🖨Biz allaqachon Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Plexanov nomidagi RIUning Toshkentdagi filiali, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkentdagi INHA universiteti va Toshkentdagi Amiti universiteti singari oliygohlarda inkubatsion markazlar ochishga ulgurdik. Ushbu oliygohlardagi inkubatsion markazlar allaqachon startap loyihalardan ularning bo‘lg‘usi rivoji uchun arizalar qabul qilmoqda.

⌚️Yaqin kelajakda biz har bir talaba o‘z g‘oyasini amaliyotga tatbiq etish imkoniga ega bo‘lishi uchun bu turdagi startap platformalarni mamlakatimizning har bir universitetida ochishni umid qilganmiz», deydi IT Park rahbari Farhod Ibragimov.

🤔Ushbu postga sizning fikringiz qanaqa? #Comment da yozib qoldiring!

👉@NUU_students👈
⏳​​Oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda noroziliklarga sabab bo'layotgan "Tashkent city" bog'i hududiga kirish pullik bo'lganiga izoh berilibdi:

✅"Park Tashkent City ishbilarmonlik markazi hududida joylashgan. Bu park nafaqat markaz ishchilariga, balki, boshqa oddiy aholi vakillariga ham mo‘ljallangan. Xabaringiz bor, bog‘imiz ishga tushganiga bir yil bo‘ldi. Shu bir yil ichida biz hech qanday moddiy tarafdan foyda ko‘rmadik. Lekin biz ham bir tashkilotmiz.

📌Biz shu paytgacha davlat budjetidan ham, xalqdan ham pul olmadik. Biz xarajatlarimizni o‘zimiz qoplashimiz kerak. Hozirgi kunda oyiga o‘rtacha 900 million so‘m xarajat qilamiz. To‘g‘ri, parkning ichida ma’lum bir kafe va restoranlar ijara haqi to‘lashi mumkin, lekin bu mablag‘ xarajatimizning 30 foizini qoplaydi xolos. Shuning uchun qolgan 70 foizi qoplanmay kelayotgandi. Parkimizni obodonlashtirishga va faoliyatini yurg‘izishga mablag‘ kerak.

📍Bundan tashqari, mana Yangi yil arafasida turli xil namoyishlar, ko‘ngilochar dasturlar qilishimiz kerak. Buning hammasi qo‘shimcha mablag‘ga borib taqaladi. Tushgan mablag‘lar shu kabi jarayonlarga sarflanadi.

♻️Tashkent City bog‘iga kirishni pullik qilish bo‘yicha qaror Toshkent shahar hokimligi bilan kelishilgan, deb ayta olmayman. Lekin bu ishimiz orqali davlat budjetiga murojaat qilmasdan, faqat dam oluvchilar uchun to‘lov amaliyotini joriy qilmoqchimiz.

🔰Bundan tashqari Toshkentda ko‘plab bog‘lar bor. Shu bog‘lar ham pullik qilingan. O‘zimizning faoliyatimizdan kelib chiqqan holda parkni rivojlantirish uchun hozircha to‘lovli kirishni tashkil etganmiz. Hozircha pullik rejimni bir oyga rejalashtirganmiz. Keyingi natijalarga qarab biror-bir xulosaga kelamiz.

❕Har bitta mashinani “parkovka” qilish uchun 20 ming so‘m olinadi. Bunda mashina ichidagi odamlar alohida pul berishadi. Pensionerlar, nafaqaxo‘rlar va nogironlardan kirish uchun pul undirilmaydi"
- Bahrom Rizayev, Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik direksiyasi rahbari.

👆Siz ushbu bog'ga kirish pullik bo'lganiga qanday munosabat bildirasiz? Fikrlaringizni #Comment da yozib qoldiring!

👉
@NUU_students👈
11-yanvardan oliy ta'lim muassasalari an'anaviy ta'limga qaytadi degan xabarlar tarqalyapti, bunga fikringiz qanaqa? Aynan sessiyaga yaqin chaqirishyapti butun semestr davomida onlayn ta'lim berib, an'anaviy imtihon olinishi nohaqlik emasmi?

Fikrlarni
#Comment da yozib qoldiring.

👉@NUU_students👈
"Zulmatni lanatlaguncha bitta bo‘lsa ham chiroq yoqishga harakat qilish kerak"

© Konfutsiy

#comment

@NUU_students
👍49🔥14