O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.06K subscribers
2.69K photos
490 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Samarqandlik 2006-yilda tugʻilgan 9-sinf oʻquvchisi Xushvaqov Suxrobjon ismli bola dtm.uz sayti orqali oʻqishga hujjat topshirib koʻrgan.

Uning hujjatlari elektron bazadan qabul qilingan va unga kirish imtihoni uchun ruxsatnoma berilgan.

Imtihondan 166,7 ballni qoʻlga kiritgan yigitcha Oʻzbekiston Milliy universiteti Matematika yoʻnalishiga davlat granti asosida oʻqishga tavsiya qilingan.

@NUU_students
👏153👍23👎5🔥5😁4❤2
Barcha yangi talabalarimizga talabalik muborak bo'lsin.

O'zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakulteti talabalari uchun tavsiya !


@UZMU_XFF kanali.

- Ta'limga oid yangiliklar;
- Universitetimiz va Xorijiy filologiya fakultetidagi bo'layotgan jarayonlar;
- Talabalar uchun tavsiyalar;
- Turli xil qiziqarli loyihalar hamda tanlovlar;
- Chat orqali fikr almashish va suhbat qurish imkoniyati.


Ushbu kanalga ingliz, rus, fransuz, nemis tillari yo'nalishlariga kirgan talabalarimizni taklif etamiz.

Obuna bo'ling !!!
👍10
⚡️2022-yil 5-sentabrdan boshlab barcha bosqich talabalari (bakalavr, magistr, superkontrakt) to‘lov-shartnomani onlayn yuklab, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin. Buning uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining kontrakt.edu.uz platformasidan foydalangan holda shartnomani yuklab olish talab etiladi.

@NUU_students
👍1
Maʼlumotlarga qaraganda, Oʻzbekiston Milliy universitetida tahsil oluvchi 1- va 3-kurslar 1-smenada (9:00 dan 14:00 gacha), 2- va 4-kurslar 2-smenada (14:00 dan 18:00 gacha) oʻqishadi.

Shuningdek, dars jarayonlari 5-sentabrdan boshlanadi.

@NUU_students
👍52👎25🤬17
5-sentabrdan 12-sentabrgacha bakalavr 1-, 2- va 3-kurs talabalari (kunduzgi, kechki, sirtqi) va magistr 1- va 2-kurs talabalari uchun fan va fan oʻqituvchisi tanlovi haftaligi boʻlib oʻtadi.

Barcha tanlovlar 5-sentabr sanasidan HEMISda ochiladi. Oʻquv jarayonlari 12-sentabrdan boshlanadi.

Bakalavr 4-kurs talabalari uchun 5-sentabrdan pedagogik amaliyotni tashkil etish boʻyicha tushuntirish olib boriladi.

@NUU_students
👏19👍7🔥5
❗️DIQQAT MUHIM EʼLON!

Milliy universitet nomidan ochilgan guruh va kanallarning ayrimlarida turli xil yolgʻon va tasdiqlanmagan xabarlar aylanmoqda.

Barcha rasmiy xabarlarni kanalimiz orqali bilib olishingiz mumkin. Oʻqishga qabul qilingan talabalarda qandaydir tushunmovchiliklar boʻlsa, ushbu post izohlarida oʻz savollaringizni yozib qoldirishingiz yoki boʻlmasa, @Oybek_Jorayev'ga murojaat qilishingiz mumkin.

Unutmang, bizning kanal har doim rasmiy xabarlarni ulashadi!

@NUU_students
👍27😁10
Talabalar turar-joyi (Yotoqxona) berish tartibi haqida qisqacha maʼlumot (Juda koʻpchilikdan kelgan savol)

OʻzMU yotoqxonalari 5-sentabrdan berila boshlanadi. Berishda asosan yotoqxonaga muhtoj boʻlganligiga qarab beriladi. Ya’ni quyidagi ketma-ketlikda:

— Nogironligi mavjud talabalar;
— Chin yetim yoki yetim talabalar (Boquvchisini yoʻqotgan);
— Temir daftar yoki yoshlar daftarida roʻyxatda turgan talabalar;
— Oilada ikki yoki undan ortiq farzandlari toʻlov kontrakt asosida oʻqiyotgan ota-onalarning farzandlariga;
— Va hokazo.

Talabalar turar-joyi faqat kunduzgi bosqich talabalari uchun beriladi. Yotoqxonaga joylashish uchun asosan dekan nomiga ariza va sizning yotoqxonaga muhtoj ekanligingizni tasdiqlovchi hujjat (yuqoridagi sanab oʻtilgan sabablarni isbotlovchi hujjat) kerak boʻladi.

Qoʻshimcha savollar mavjud boʻlsa, izohlarda yozib qoldiring!

@NUU_students
👍9
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Talabalar turar-joyi (Yotoqxona) berish tartibi haqida qisqacha maʼlumot (Juda koʻpchilikdan kelgan savol) OʻzMU yotoqxonalari 5-sentabrdan berila boshlanadi. Berishda asosan yotoqxonaga muhtoj boʻlganligiga qarab beriladi. Ya’ni quyidagi ketma-ketlikda:…
Qoʻshimcha maʼlumotlar!

Talabalar turar-joyi (yotoqxona) bilan barcha talabalarni taʼminlash ayni vaqtda imkonsiz. Sizda yuqoridagi kabi yotoqxonaga joylashish uchun jiddiy sabablar mavjud boʻlmasa, ijaraga uy (kvartira) qidirganingiz maʼqul.

Maslahat: Ijaraga uy qidirganda uyning egasi bilan ijara shartnomasi qilib beradimi yoki yoʻq bu haqida gaplashib oling. Iloji boʻlsa, ijara shartnomasi qilib beradigan uyni ijaraga oling.

Bu orqali siz ijara pulini 50 foizini olishingiz mumkin. Qay tartibda olishni ushbu video orqali koʻrib chiqsangiz boʻladi.

@NUU_students
👍18🥰2
Oʻtgan yili davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar universitetga rasmda koʻrsatilganlarni taqdim qilishgan.

Universitet tomonidan bu yil qanaqa hujjatlar talab qilinishi hozircha eʼlon qilinmadi, lekin katta ehtimol bilan yana shu hujjatlar qabul qilinsa kerak.

@NUU_students
👍12🔥3
Fakultet va yoʻnalish farqi

Koʻpchilik abituriyentlar oʻqishga kirganda tanlagan yoʻnalishini fakultet deb biladi, aslida bu juda xato. Siz talabalikka qabul qilinganingizda aynan tanlagan yoʻnalishiningizga kirgan boʻlasiz.

Sodda qilib tushuntirganda, fakultet bu bir nechta yoʻnalishlar yigʻindisidir. Oʻzbekiston Milliy universiteti 16 tadan ortiq fakultetlar mavjud. Masalan, siz neft va gaz kimyosi yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga qabul qilingan boʻlsangiz, siz kimyo fakulteti talabasi hisoblanasiz.

Xuddi shuningdek, axborot xavfsizligi yoʻnalishiga kirgan boʻlsangiz, amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti talabasisiz.

Izohlarda oʻzingiz kirgan yoʻnalishni yozib qoldiring, siz kirgan yoʻnalish qaysi fakultetda ekanligini bilib olasiz.

@NUU_students
👍29😁7❤2
Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universitetidagi fakultetlar:

— Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar
— Biologiya
— Ekologiya
— Fizika
— Geografiya va tabiiy resurslar
— Geologiya va geoinformatsion tizimlar
— Gidrometeorologiya
— Ijtimoiy fanlar
— Iqtisodiyot
— Jurnalistika
— Kimyo
— Matematika
— Tarix
— Taekvondo va sport faoliyati
— Xorijiy filologiya

Jami: 15 ta. Qoʻshma taʼlim dasturlariga kiruvchi fakultetlar inobatga olinmadi.

@NUU_students
👍38🔥3
Oʻqish 12-sentabrdan boshlansa, 5-sentabrdan borishimiz shartmi?

Bu sizning ixtiyoringizda. Masalahatim, 5-sentabrdan boring. Fan va fan oʻqituvchisi tanlovi haqida tushuntirib beriladi. Bu yilgi tizim (kredit-modul tizimining ba'zi funksiyalari ishlashi kutilmoqda) qanaqa boʻlishi haqida oz boʻlsa-da maʼlumot olasiz.

Keyin sessiya vaqti yiqilib, menga murojaat qilishdan oldin, tizimni yaxshilab tushunib olganingiz oʻzingizga foyda boʻladi. Ertaroq borganingiz oʻzingizga yaxshi, bir tomondan turar-joy masalasini ham hal qilishingiz mumkin.

@NUU_students
👍55👎3
Sirtqi, masofaviy, ikkinchi mutaxassislik haqida

Universitetimizning sirtqi va kechki taʼlim shakliga qabul qilingan koʻplab talabalar murojaatida “Bizga oʻqish qachon boshlanadi?” kabi savol mavjud.

5-sentabrdan har bir fakultetda 1-kursga qabul qilingan talabalardan hujjatlar qabuli boshlanadi. Hujjatlaringizni topshirganingizdan keyin sizga qachon oʻqish boʻlishi haqida batafsil maʼlumot berishadi.

Sirtqi va masofaviyga kirgan talabalardan kelgan ajoyib savollardan yana biri: “O‘zlari telefon qilib chaqirishadimi?”. Bu savolda toʻgʻrisi mantiq yoʻq. Sababi, siz masofaviy yoki sirtqi taʼlim shakliga toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilinasiz. Ya’ni ular sizning oʻqish yoki oʻqimasligingizni bilmaydi. Avvalo hujjat topshirgani borganingizda rektor nomiga talabalar safiga qoʻshilish haqida ariza yozasiz. Bu sizning oʻqishga qabul qilinishiningizga rozilik berishingizdir. Undan keyin telefon qilish chaqirishlari mumkin :)

Ikkinchi mutaxassislikka kirish uchun imtihon topshirgan abituriyentlarning natijalari hozircha eʼlon qilinmadi. Natijalar eʼlon qilinsa, albatta sizlarga maʼlum qilamiz.

@NUU_students
👍23👎1🔥1
2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 190 375 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan:

- 39 962 nafari — davlat granti;
- 150 413 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

- Kunduzgi ta’lim shakli — 118 352 nafar;
- Sirtqi ta’lim shakli — 45 407 nafar;
- Kechki ta’lim shakli — 9 139 nafar;
- Masofaviy ta’lim shakli — 3 416 nafar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:

- davlat granti asosida o‘rtacha ball — 121,2 ballni;
- to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 95,9 ballni tashkil etdi.

@NUU_students
👍23🔥10👎4😱4
1-kursga qabul qilingan talabalarni universitet bilan yaqindan tanishtiramiz.

Rasmda Oʻzbekiston Milliy universiteti rektorati binosi. Koʻplab abituriyentlar kelmasidan oldin ushbu binoda oʻqiyman deb oʻylaydi. Afsuski, bu binoda oʻqilmaydi. Bu haqida hazil ham tayyorlagan edik.

Ushbu binoda universitet hayotiga oid koʻplab buyruq, nizom, qaror va hokazolar ishlab chiqiladi. Shuningdek, bu bino ichki qismida kutubxona ham mavjud.

@NUU_students
😁75👍16❤5😢4🔥3🤔3👎2👏2🥰1