Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar va matematika fakultetlari binosi
Oʻtgan oʻquv yilgi statistikaga koʻra, AMIT fakultetida kunduzgi taʼlimda 1203 nafar, kechki taʼlimda 426 nafar, sirtqi taʼlimda 403 nafar va magistraturada 134 nafar talaba tahsil oladi.
Matematika fakulteti esa koʻplab olimpiada gʻoliblarini yetishtirib chiqargani va kuchli professor-oʻqituvchilari bilan mashhur.
Ushbu ikki fakultet bir binoda (rasmdagi) joylashgan. 2020-2021-oʻquv yiliga qadar ushbu 2 fakultet bitta (Matematika fakulteti tarkibida) edi. Fakultetlar binosi shundoqqina rektorat binosining yonginasida joylashgan.
@NUU_students

👍28😁12❤4👎3🥰2🔥1
OʻzMU bilan tanishishda davom etamiz: Biologiya va Ekologiya fakultetlari binosi
Biologiya fakulteti o‘tgan asrning 30-yillarigacha fizika-matematika fakultetining bo‘limi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 1931-yildan boshlab alohida Biologiya-tuproqshunoslik fakulteti sifatida tashkil etilgan. 2015-yildan biologiya fakulteti deb nomlangan.
Ekologiya fakulteti dastlab biologiya fakulteti tarkibida edi. 2020-2021-o‘quv yiidan boshlab alohida fakultet sifatida faoliyat olib bormoqda. Ekologiya fakulteti markaziy Osiyodagi yagona va universitetdagi eng yosh fakultetlardan biridir.

👍39🔥4❤3
Fizika fakulteti binosi va fakultet tarixi
Universitet tashkil etilgan dastlabki yillardayoq fizika fanini o‘rganishga asos solingan bo‘lib, fizika-matematika fakulteti tarkibida fizika, astronomiya, mexanika, geofizika yo‘nalishlarida talabalarga tahsil berish bilan bir qatorda fizikaning turli sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilgan.
O‘rta Osiyo Davlat universiteti (OʻzMUning oldingi nomi) rektorining 1959-yil 20-iyundagi 276-sonli buyrug‘iga asosan fizika-matematika fakulteti ikkita alohida fakultetga ajralib, fizika fakulteti mustaqil faoliyat ko‘rsata boshladi. Fizika fakultetining qisqacha tarixi mana shundan iborat edi.
Fizika fakulteti binosida gidrometeorologiya fakulteti ham joylashgan.

👍22❤2🔥2
Navbatdagi tanishtiruv: Geologiya va geoinformatsion tizimlar hamda geografiya va tabiiy resurslar fakultetlari binosi, shuningdek gidrometeorologiya fakulteti haqida.
Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetining geologiya yo‘nalishi 1920-yilda Turkiston davlat universitetining (OʻzMUning oʻsha davrdagi nomi) fizika-matematika fakulteti tarkibida o‘z faoliyatini boshlagan. 1936-yilda mustaqil fakultet sifatida tashkil etildi.
Geografiya va va tabiiy resurslar fakulteti 2018-yilda geologiya va geografiya fakultetining 2 ta mustaqil fakultetga ajralishidan tashkil etildi. Aslida mustaqil fakultet sifatida 1920-yildan Turkiston davlat universitetining Harbiy fakulteti tarkibida “Turkiston geografiyasi” va “Geodeziya” kafedralari sifatida o‘z faoliyatini boshlagan.
Gidrometeorologiya fakulteti dastlab geografiya va tabiiy resurslar fakulteti tarkibida edi, keyinchalik ajralib chiqdi. Aniqrogʻi rektorimizning 2021-yil 17-iyundagi №01-265-sonli buyrug‘i asosida tashkil etildi.

👍24❤1👎1
Davom etamiz: Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika fakultetlari binosi
Ijtimoiy fanlar fakulteti (1991-yilgacha Falsafa-iqtisod fakulteti, 1991-2014-yilgacha Falsafa fakulteti) 1979-yilda tashkil etilgan va 2014-yildan Ijtimoiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlagan.
Jurnalistika fakulteti dastlab 1949-yilda Orta Osiyo davlat universitetining (OʻzMUning oʻsha davrdagi nomi) filologiya fakulteti tarkibida bo‘limi sifatida ochilgan. 1967-yilda jurnalistika bo‘limi fakultet maqomiga ega boʻldi.

👍21🔥4❤3👎2
Iqtisodiyot fakulteti haqida
O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti tarixi 1918-yildan tashkil topgan universitet tarixi bilan boshlanadi. 1931-yilda ushbu fakultet negizida Toshkent Moliya instituti, Iqtisodiyot ilmiy-tekshirish instituti, Qishloq xo‘jaligi instituti tashkil etiladi va universitetda iqtisodchi kadrlarni tayyorlash Tarix fakulteti tarkibidagi Siyosiy iqtisod kafedrasida amalga oshirila boshlandi.
1979-yilda Tarix fakulteti tarkibidan Falsafa-iqtisod fakulteti ajralib chiqib, 1990-yilgacha Siyosiy iqtisod bo‘limi mazkur fakultet tarkibida faoliyat ko‘rsatdi. 1991-yildan boshlab Iqtisodiyot fakulteti mustaqil faoliyat yurita boshladi. 2016-yilda fakultetning 25 yillik yubileyi nishonlandi.

👍10👎1
Navbat Kimyoga!
Kimyo fakulteti o‘quv va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishda respublikaning hamda chet el oliy ta’lim muasssalari va ilmiy tadqioqot institutlari hamda ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi.
Kimyo fakultetida respublikamizdagi bir qancha akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bilan kafedra filiallari tashkil etilgan bo‘lib, ular bilan doimiy hamkorlik qilib boriladi. Hozirgi kunda fakultetda respublika hamda jahon olimpiadalari g‘oliblari tahsil olmoqda.

👍17👎2🔥2
Tarixchilar oʻz fakulteti tarixini bilishadimi? Tarix fakulteti haqida ikki ogʻiz
Tarix fakulteti 1935-yilda tashkil etilgan bo‘lib, unda qadimgi dunyo tarixi, o‘rta asrlar tarixi va yangi zamon tarixi kafedralari faoliyat olib borgan. Uning tarkibiga keyinchalik “Arxeologiya”, “O‘rta asrlar va yangi tarix” (keyinroq “Jahon tarixi”), “Manbashunoslik, arxivshunoslik va muzeyshunoslik”, “Etnologiya” kafedralari ham kirdi.
Fakultet faoliyati davomida I. Dodonov, D. Lobashev, A. Hamraev, X. Hamroev, L. Gentshke, G. Kovalyov, O. Toshmuhammedov, G. A. Hidoyatov, A.S. Sagdullaev, X.G‘. G‘ulomov, Z.U. Choriev, A.S. Tatibaev Z.R. Ishonxo‘jaeva, M.M. Haydarovlar tomonidan boshqarilgan. Hozirgi kunda fakultetga A. Muminov rahbarlik qilib kelmoqda.

👍26🤬2
Xorijiy filologiya fakulteti
Xorijiy filologiya fakulteti 1994-yili roman-german filologiyasi va rus filologiyasi fakultetlarining birlashishi natijasida tashkil topgan. Roman-german filologiyasi fakulteti 1962-yilda tashkil etilgan. Rus filologiyasi kafedrasi universitetning keksa kafedralaridan hisoblanib, u 1941-1942-yillarda tarix-filologiya fakulteti tarkibida tashkil etilgan. 1943-yildan filologiya fakulteti alohida fakultet boʼlib ajralib chiqqan.

❤32👍9🔥1🥰1🤬1
Oʻzbekiston Milliy universiteti hududi koʻrsatilgan xarita
Yuqorida barcha fakultetlar haqida gaplashdik. Fakultetingizni xaritadan topa olasizmi?

👍33❤🔥5❤3