O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.07K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.94K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Yangihayot tumanida joylashgan "Tashkent Index" majmuasida 10 mingga yaqin talabalar uchun vaqtinchalik yotoqxonalar tashkil etilmoqda.

Bu yerda yoshlar uchun ko‘plab sharoitlar yaratilmoqda. Bir hafta davomida qo‘shimcha shkaf va kerakli moslamalar ham taqdim etiladi. Har bitta xonaga kondisioner o‘rnatilib, oynalar pardalar bilan bekitiladi. Qizlar uchun alohida, o‘g‘il bollar uchun alohida xonalar tashkil etiladi. Ovqat qilish uchun maxsus joylar ham yaratiladi. Ichki ishlar, Milliy gvardiya xodimlari tomonidan xavfsizlik ta’minlab boriladi. Talabalarning dam olish kunlari mazmunli o‘tishi uchun velosiped va boshqa jihozlar ham taqdim etiladi. Majmuadan metroning yaqin bekatlarigacha uzun navbatlarni oldini olish maqsadida shattl-baslar yo‘lga qo‘yiladi.

❕Ayni damda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Toshkent shahrida joylashgan oliygohlar rektorlari, shuningdek, Toshkent shahar hokimi va boshqa mutasaddilar talabalar uchun kerakli sharoitlarni yaratish bo‘yicha fikr almashishmoqda.

@NUU_students
👍48😐11🔥7🤡4❤1👎1
❗️Dars jadvallarini qayerdan olish mumkin? (1-kurslar uchun)

Dars jadvalingizni aniqlash uchun siz qaysi guruhda ekanligingizni bilib olishingiz zarur. Dars jadvallari asosan fakultet ichki qismida barchaning koʻzi tushadigan joyda ilib qoʻyiladi.

Bundan tashqari ayrim fakultetlar oʻz Telegram kanal va guruhlari orqali ham dars jadvalining elektron variantini tashlab boradi. Quyida ayrim fakultetlarning Telegram tarmogʻidagi kanal va guruhlarini qoldiraman.

— Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar
— Biologiya
— Ekologiya
— Fizika
— Geografiya va tabiiy resurslar
— Geologiya va geoinformatsion tizimlar
— Gidrometeorologiya
— Ijtimoiy fanlar
— Iqtisodiyot
— Jurnalistika
— Kimyo
— Matematika
— Tarix
— Taekvondo va sport faoliyati
— Xorijiy filologiya

Ushbu yozuvlar ustiga bosib, oʻz fakultetingiz kanaliga (guruhiga) aʼzo boʻlib qoʻying. Chunki fakultet hayotiga oid koʻplab yangiliklar berib boriladi.

@NUU_students
👍25😁2🤔1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar uchun 10 ming o‘rinli turar joy hozirlanmoqda

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri, Toshkent shahar hokimi boshchiligidagi mas’ullar va OAV vakillari talabalar uchun tayyorlanayotgan “Tashkent index”dagi sharoitlarni borib ko‘rdi

@NUU_students
👍12👎1
❗️Kontraktning 25 foizi 15-sentabrgacha toʻlanishi kerakmi?

2020-2021-oʻquv yilidan boshlab, oliy taʼlim muassasalari talabalariga toʻlov-kontrakt miqdorlarini oʻquv yili davomida teng ulushlarda toʻrt boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan edi.

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi xabariga koʻra, talabalar kontraktni quyidagi muddatlarda boʻlib toʻlashlari mumkin:

👉 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizini talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalar uchun 1-oktyabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

👉 belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

⚠️ Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5953 sonli farmoni.(18-band)

@NUU_students
👍22🔥2
Магистр_аёллар_контракт_ариза_намуна.docx
14.3 KB
⚡️ Xabaringiz bor, magistraturada oʻqiyotgan xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplab berilardi.

Magistratura bosqichida tahsil olayotgan xotin-qizlar yuqoridagi fayldagi arizani toʻldirib, rektorat 5-qavatidagi devonxonaga topshirishlari kerak. Ariza toʻldirib, topshirgan xotin-qizlarning kontrakt toʻlovlari toʻliq toʻlab beriladi.

@NUU_students
👍5👏4
O‘SHA MEN EDIM

Derazang yoniga qo‘ndi kabutar
Ilkida o‘rog‘liq maktub bor edi.
Senga boqib turgan ma’yus ko‘zlari,
Shu onda nedandir umidvor edi.
Sen esa pardani yopib qo‘yding jim,
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

Ko‘chaga chiqding sen bog‘ aylangani,
Daydi shamollarday xayoling tarqoq.
Bog‘ kezib yurarding shunda nogahon
Oyog‘ing ostiga tushdi bir yaproq.
O‘sha yaproq kabi sochilgandi kim?
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

Bog‘da gullar terding avaylab asta
Nogoh qo‘llaringga sanchildi tikan.
Nozik qo‘ling bilan sug‘urding uni
Deding “Shunday gulda tikan bor ekan”.
Senga talpingandi shu tikan , gulim,
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

So‘ng qaytding uyingga o‘y surib sokin,
Deraza yoniga qo‘yding gullarni.
Tin olmoq dardida cho‘kding to‘shakka
Va yig‘lab o‘qiding “O‘tkan kunlar”ni.
Kimnidir o‘ylading, ko‘zlari sim-sim,
O‘sha men edim-ku, o‘sha men edim.

📘 XURSHID ABDURASHID: «FAQAT U QOLDI»

@NUU_students
👍28❤7👎3🥰3👏3😢2😁1
“Talabalar uchun ijaraga turar joy izlash portali” ishga tushirildi.

Ushbu portal orqali o‘zingizga ma’qul xonadonda ijara shartnomasi asosida joylashishingiz mumkin.

Ijaraga xonadonni onlayn qidirish tizimi 👉 ijara.edu.uz

@NUU_students
👍17
“Tashkent index”da talabalar uchun ajratilgan yotoqxonalar bizning universitet talabalariga ham berilar ekan. Shu munosabat bilan ushbu yotoqxonalar uchun “jang”ni rasman ochiq deb eʼlon qilamiz.

Yotoqxona olish uchun oʻz fakultetingizdagi yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlariga murojaat qiling.

P.s: Postdagi ayrim soʻzlar oʻxshatish uchun hazil tariqasida yozilgan :)

@NUU_students
🤨24😁16👍8👎5👏5🤔1
Endilikda 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

@NUU_students
🔥21👍14🤯3😁1
Bu kunlarni koʻrmay bitirib ketaman deb oʻylardim))

@NUU_students
😁93👍12🤔7🥰3😢2
Bu kunlarga yetaman deb oʻylamagandim))

Remontga ajratilgan pul remontga sarflangan shekilli (hazil)

@NUU_students
👍40😁30🤣15🥰3👎2
Ana endiyam TOP-500 oliygohlar qatoriga kirolmasak, uyat boʻlar))

@NUU_students
😁68👍22💯5👏1
⭕️☑️Talabalar kontraktini toʻlaganda daromad soligʻidan ozod boʻladimi ❓

Xushnudbek Xudoyberdiyev bu haqida tushuncha berib o'tdi

Hozir talabalarning kontrakt toʻlash jarayonlari boshlangan. Ushbu jarayonlar mobaynida koʻpchilik soliq imtiyozi haqida savol bermoqda.

Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga binoan, Oʻzbekistonning oliy oʻquv yurtlarida taʼlim olish (oʻzining, 26 yoshga toʻlmagan farzandlarining yoki erining (xotinining) taʼlim olishi) uchun yoʻnaltiriladigan soliq solinishi lozim boʻlgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.

Demak, quyidagi 3 toifaning kontrakti uchun oʻtkazilgan ish haqlaridan daromad soligʻi ushlanmaydi:

1) fuqaro oʻzining kontraktiga oʻtkazsa;
2) ota-onalar 26 yoshga toʻlmagan farzandining kontraktiga oʻtkazsa;
3) er yoki xotin turmush oʻrtogʻining kontraktiga oʻtkazsa.

Bu nima degani?

Masalan, ota oʻz farzandining kontrakti uchun ish haqining bir qismini, aytaylik 1 mln soʻmini toʻgʻridan-toʻgʻri institut hisobiga oʻtkazadi deylik. Buning uchun institutdan shartnoma (hisob-raqam) olib, tashkilot buxgalteriyasiga ariza berib qoʻyish kerak. Bunday vaziyatda agar ota 3 mln soʻm oylik olsa, demak farzandining kontrakti uchun oʻtkazgan 1 mln soʻmdan 12%lik daromad soligʻi ushlanmaydi, faqat qolgan 2 mln soʻmdan soliq olinadi.

Izoh: yuqoridagi 3 ta toifadan boshqalarning, masalan, aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki boshqa shaxslarning kontrakti uchun ish haqidan toʻlov oʻtkazilsa hech qanday imtiyoz qoʻllanmaydi.

@NUU_students
👍15
Bugun 15-sentabr kuni soat 18:00 da Ashxobod sayilgohida QVZning saralash bosqichi boʻlib oʻtadi, kirish mutlaqo bepul!

Bunda universitetimizning Shovvozlar jamoasi ham qatnashadi. Universietimiz jamoasini qoʻllab-quvvatlash uchun barcha talabalarni ushbu oʻyinga taklif qilib qolamiz.

@NUU_students
👍41👎6🎉5🤩1