O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish sinovlari kunlari ma'lum qilinadi

O‘zbekiston Milliy universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari ("Yurisprudensiya: biznes huquqi" ta’lim yo‘nalishidan tashqari) 2023-yilning 21-22 avgust kunlari o‘tkaziladi.

Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha kirish sinovlari suhbat va imtihon shaklida tashkil etiladi. 60420100 - "Yurisprudensiya: biznes huquqi" ta’lim yo‘nalishi bo'yicha kirish imtihonlari Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi bilan birgalikda test sinovlari shaklida o'tkaziladi.

Qo'shimcha ma'lumotlarni universitet sayti va ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz orqali ulashib boramiz.

@NUU_students
👍4❤1
❗️Talabalarni turar joy bilan taʼminlash tizimi raqamlashtirilib, ularga qator yengilliklar berilmoqda

Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlim muassasalari talabalarini turar-joy bilan taʼminlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 376-son (14.08.2023-y) qarori qabul qilindi.

Qaror bilan davlat OTMlari talabalarini talabalar turar joyiga joylashtirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Qarorga koʻra 2023/2024-oʻquv yilida:

➖ 1-kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish davlat xizmati markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali bepul elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Bunda arizalar qabuli 20-avgustdan boshlanadi.

Bunda talabalar bilan tuziladigan turar joy ijara shartnomalari davlat soliq xizmati organlarida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali masofadan turib biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) texnologiyasi orqali onlayn hisobga qoʻyiladi.

➖ yuqori kurs talabalarini turar joyga joylashtirish anʼanaviy tarzda amalga oshiriladi. Bunda talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza OTM yotoqxonalariga joylashtirish komissiyasiga topshiriladi.

2024/2025-oʻquv yilidan boshlab barcha kurs talabalari uchun davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish faqat davlat xizmati markazlari yoki my.gov.uz orqali elektron ariza berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Talabalar turar joyiga joylashish uchun ariza berish 1-avgustdan boshlab oʻquv yili yakuniga qadar davom etadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍3
Quyidagi toifadagi talabalar yotoqxonaga ustuvorlik asosida qabul qilinadi:

➖ “Mehribonlik uylari” tarbiyalanuvchilari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalar;

➖ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”, “Temir daftar” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning farzandlari hamda “Yoshlar daftari”da turadigan talabalar;

➖ I va II guruh nogironligi bo‘lgan talabalar;

➖ bir oiladan bakalavriat bosqichi kunduzgi ta’lim shaklida ikki yoki undan ortiq to‘lov-shartnoma asosida o‘qiyotgan oilalar farzandlari;

➖ xalqaro fan olimpiadalari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan talabalar;

➖ “Yil talabasi” va “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik tanlovlarining respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar;

➖ OTM talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Zakovat” intellektual o‘yinining respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan talabalar;

➖ talabalar turar joyida talabalar kengashi raisi, qavat sardori bo‘lgan talabalar.

@NUU_students
👍17👎3🤔1
❗️Ijarada yashovchi talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi soddalashtirilmoqda.

Qarorga muvofiq, Vazirlar mahkamasining 605-son qaroriga (24.09.2021-y.) ayrim o‘zgartirishlar kiritildi.

Bunda talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’i nazar Toshkent shahrida – bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari (330 ming so‘m), qolgan hududlarda – bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari (165 ming so‘m) miqdorida to‘lanishi belgilab qo‘yildi.

Ijara to‘lovining bir qismini qoplash uchun talabalarga qo‘yiladigan bir qator talablar bekor qilinib, talabgorni aniqlash mezonlarini belgilash vakolati oliy ta’lim muassasasidagi komissiyaga berildi.

Bu orqali haqiqatda ijaraga ehtiyojmand bo‘lgan talabalarning imtiyozdan foydlanish imkoniyati yanada oshiriladi.

Shuningdek, birinchi bosqich talabalariga sentabr va oktabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi joriy etildi.

@NUU_students
👍7🔥4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Yotoqxonalardagi joylarning 30-40 foizi katta kurslarga beriladi

Ikkinchi va undan yuqori kurslarga yotoqxonadagi joylarning 30-40 foizini ajratish bo‘yicha tavsiya berilgan.

Qolgan o‘rinlar birinchi kurslarga beriladi. — Oliy ta’lim vazirligi mas’uli.

@NUU_students
❗️Talabalarni yotoqxona bilan ta’minlash yoki kvartira xarajatlarini qoplab berish: muhim 10 savolga 10 javob

👉 Batafsil

@NUU_students
😁19🤔10👍6😨2👎1
❗️transfer.edu.uz platformasi orqali yuborilgan arizalarning texnik kamchiliklarini bartaraf etish imkoni berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash (koʻchirib tiklash) bo‘yicha transfer.edu.uz platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tish mobaynida kamchilikka yo‘l qo‘ygan fuqarolar arizalarini 2023-yil 18-avgust kuni soat 17:00 gacha qayta ko‘rib chiqishi va mavjud texnik kamchiliklarni bartaraf etishlari mumkin.

18-avgust soat 17:00 dan keyin texnik kamchiliklarni tuzatish to‘xtatiladi.

Eslatma: bunda faqat ilova qilib yuklangan u yoki bu hujjatlarni sifatlisiga almashtirish, xatoliklarni tuzatish mumkin, biroq yangi arizalar topshirish imkoniyati yo‘q va arizalarni to‘la o‘zgartirishga ruxsat berilmaydi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍2
❗️Vazirlikning Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi ishga tushdi.

Talabalarni turar joy bilan ta’minlashda navbatlarning oldini olish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarning turar joysiz qolishlari ehtimolini bartaraf etish maqsadida barcha davlat oliy ta’lim muassasalari hududiga kirish joylarida maxsus markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Markazda ko‘ngilli lider yoshlar hamda tyutorlar faoliyat yuritib, turar joyga muhtoj talabalarning yotoqxona va ijara xonadonlari bilan ta’minlanishini nazorat qiladilar, ularga amaliy yordam beradilar.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi talabalar shaharchasining eng gavjum yo‘laklarida – vazirlik binosi yonida joylashgan bo‘lib, u shtab sifatida faoliyat yuritadi. Shtabda barcha oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilgan ma’lumotlar markaziga kelib tushgan so‘rovlar va amalga oshirilgan ishlar monitoringi yuritilib, talabalarning turar joy bilan ta’minlanishi uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatiladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍19👎7👏2
❗️Davlat oliy taʼlim muassasalarining talabalar turar joyiga onlayn joylashish imkonini beruvchi xizmat ishga tushirildi.

Mazkur xizmat, 2023-yil Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 376-son qarori (18.08.2023-y) bilan tasdiqlangan Nizomga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz saytida ishga tushirildi.

Endilikda, 2023/2024-oʻquv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Eslatib oʻtamiz, mazkur xizmatdan 2023/2024-oʻquv yili uchun davlat OTMlariga kirish test sinovlarining yakuniy natijalari (mandat) eʼlon qilingandan soʻng foydalanish mumkin boʻladi. Boisi, platformada 1-bosqich talabalari haqidagi ma’lumotlar 2023-yil qabul parametrlariga muvofiq mandat natijalari asosida yangilanadi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍4🔥1
❗️1-kursga tavsiya etilganlar yotoqxona uchun ariza yuborishlari mumkin

Endilikda talabalikka tavsiya etilgan 1-kurslar davlat OTMlarining talabalar turar joyiga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Buning uchun Yagona portaldan ro'yxatdan o'tish kerak. 1-kursga tavsiya etilganligi haqidagi ma'lumot avtomat ravishda tizimdan onlayn olinadi, qo'lda kiritish shart emas.

@NUU_students
👍11🥴5😁1
❗️Yangi oʻquv yilidan Oʻzbekiston Milliy universitetida dars jarayonlari ertalabki smena 8:30 da, 2-smena uchun darslar 13:30 da boshlanadi. Oʻzgarishsiz qoldirildi.

@NUU_students
👍55🤬18👎6😱6🤨5
❗️Talabalikka tavsiya etilganlar diqqatiga!

Ayni paytda talabalikka tavsiya etilganlar to‘g‘risidagi maʼlumotlarni “Talabalar turar joyi axborot tizimi”ga yuklash ishlari o‘z yakuniga yetdi.

Endilikda, 1-kurs talabalari davlat OTMlarining yotoqxonalariga joylashish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali elektron ariza yuborishlari mumkin.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍5🔥5❤1
❗️Magistraturaga qabul natijalari 30-avgustga qadar e’lon qilinadi. Natijalar tasdiqlanishi kutilmoqda — OTFIV Qabul komissiyasi mas'ul kotibi

@NUU_students
❤3👍2
📣 SHOSHILING HURMATLI ABITURIETNLAR!

📌 Toshkent shahridagi “MEI” milliy tadqiqot universiteti” Fedral davlat byudjeti oliy ta’lim muassasasi filialida qabul jarayonlari 25-avgustga qadar davom etadi!

🕸 Hujjatlarni quyidagi sayt orqali online topshirishingiz mumkin:
qabul.mpei.uz

📞 Aloqa markazi (Call-center):
+998951457741
+998951457742
+998951457743
+998951457744
+998951457745
+998951457746
🌐 Elektron manzil:
@mpeiuz, @priemmpeiuz, www.mpei.uz
👍3❤1
❗️2023-2024-o‘quv yili uchun 193 mingdan ziyod abituriyent talabalikka tavsiya etildi

✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi. Shundan:

🔸 42 655 nafari — davlat granti;
🔸 150 766 nafari — to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan.

👨🏻‍💻 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning ta’lim shakllari bo‘yicha taqsimoti:

🔹 Kunduzgi ta’lim shakli — 129 927 nafar;
🔹 Sirtqi ta’lim shakli — 49 852 nafar;
🔹 Kechki ta’lim shakli — 10 752 nafar;
🔹 Masofaviy ta’lim shakli — 2 890 nafar.

🧮 Tanlov natijalariga ko‘ra:

👉 davlat granti asosida o‘rtacha ball — 119,3 ballni;
👉 to‘lov-kontrakt asosida o‘rtacha ball — 93,3 ballni tashkil etdi.

@NUU_students
👍23👎3
❗️Maʼlumotlarga qaraganda, yangi oʻquv yilida Oʻzbekiston Milliy universitetining kunduzgi boʻlimning 1-, 2- va 3-kurs talabalari 1-smenada, 4-kurs talabalari esa 2-smenada oʻqishi, shuningdek, magistraturaning 1- va 2-kurs talabalari uchun esa dars mashgʻulotlari 2-smenada boʻlib oʻtishi kutilmoqda.

@NUU_students
👍86👎20🤯4🥰2🤡2🤣1
📣 ШОШИЛИНГ ҲУРМАТЛИ АБИТУРИЕНТЛАР!

📌 Тошкент шаҳридаги “МЭИ” миллий тадқиқот университети” Федерал давлат бюджети олий таълим муассасаси филиалида қабул жараёнлари 25-августга қадар давом этмоқда!

📋 Абитуриентлар қуйидаги йўналишлар бўйича кундузги ҳамда сиртқи таълим шаклига ҳужжатларни топширишлари мумкун:

✅ Иссиқлик энергетикаси ва иссиқлик техникаси
✅ Электр энергетикаси ва электр техникаси
✅ Электроника ва наноэлектроника
✅ Иқтисодиёт
✅ Менежмент
✅ Сифатни бошқариш
✅ Техник тизимларда бошқариш

🕸 Ҳужжатлар qabul.mpei.uz сайти орқали онлайн қабул қилинади.

📞 Алоқа маркази (Call-center):
+998951457741
+998951457742
+998951457743
+998951457744
+998951457745
+998951457746

🌐 Электрон манзил:
@mpeiuz, @priemmpeiuz, www.mpei.uz
👍4
❗️Talabalar to‘lov shartnomasini onlayn olishi mumkin.

Talabalikka tavsiya etilganlar to‘lov-shartnoma uchun oliy ta’lim muassasasiga borishi shart emas. Buni maxsus portal orqali onlayn amalga oshirish mumkin.

Buning uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining maxsus elektron portalida — kontrakt.edu.uz ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi. Shuningdek, ushbu portal orqali “super-kontrakt” uchun ham ariza qoldirish va shartnoma rasmiylashtirish mumkin.

Bundan tashqari, qonunchilikka ko‘ra, talabalarga kontrakt to‘lovini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati ham berilgan:

➖ kontraktning kamida 25 foizini I kurslar 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha) hamda II va undan keyingi kurslar 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

➖ kontraktning kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizi 1-aprelgacha va 100 foizi 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

➖ xorijiy fuqarolar OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha.

Super-kontraktni to‘lash muddati va miqdorlari Davlat qabul komissiyasi tomonidan (o‘quv yilining birinchi yarmi uchun), qolgan qismi OTM rahbariyati tomonidan belgilanadi.

@NUU_students
👍5❤1
❗️Kontraktni bo'lib to'lash muddatlari:

Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25% ni uchun 15-sentabrgacha (yoki Davlat qabul komissiyasi belgilagan muddatgacha)

Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari:
— 1-oktabrgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatgacha);

Barcha kurs talabalari:
— belgilangan to‘lov miqdorining kamida 50% 1-yanvargacha;
— 75% 1-aprelgacha;
— 100% 1-iyulgacha (yoki OTM rahbariyati uzaytirgan muddatlargacha);

👉 xorijiy fuqarolar uchun OTM rahbariyati belgilagan muddatlargacha;

@NUU_students
👍22👎4🥰2
❗️Magistratura natijalari e’lon qilindi

Magistraturaga kirish uchun elektron tizim orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqilgan. Undan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgordan 6 393 nafari o‘qishga tavsiya etilgan.

@NUU_students
👍15🥰1