O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
489 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish sinovlari natijalari e’lon qilindi.

2023/2024 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Milliy universitetiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari natijalarini quyidagi fayllar orqali yuklab oling:

• Axborot tizimlari va texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) (masofaviy)
• Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha) (o‘zbek, rus_masofaviy)
• Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) (o‘zbek, rus_masofaviy)
• Biologiya (turlari boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
• Biologiya (turlari boʻyicha) (rus, sirtqi)
• Bank ishi va auditi (rus, sirtqi)
• Byudjet nazorati va gʻaznachiligi (rus, sirtqi)
• Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
• Falsafa (yoʻnalishlar boʻyicha) (rus, sirtqi)
• Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha) (o‘zbek, rus_sirtqi)
• Filologiya va tillarni oʻqitish: oʻzbek tili (o‘zbek, sirtqi)
• Geodeziya, kartografiya va kadastr (funksiyalari boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
• Geografiya (o‘zbek-rus_sirtqi)
• Geologiya (faoliyat sohasi boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
• Gidrometeorologiya (o‘zbek, sirtqi)
• Ijtimoiy ish (oila va bolalar bilan ishlash) (o‘zbek, sirtqi)
• Ijtimoiy ish (fuqarolarning oʻz-oʻzini boshqarish organlari) (o‘zbek, sirtqi)
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) (o‘zbek, masofaviy)
• Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar boʻyicha) (o‘zbek, rus_sirtqi)
• Jurnalistika: internet jurnalistika (o‘zbek, sirtqi)
• Jurnalistika: bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi (o‘zbek, sirtqi)
• Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi (o‘zbek, sirtqi)
• Psixologiya (amaliy psixologiya) (rus, sirtqi)
• Psixologiya (amaliy psixologiya) (o‘zbek, sirtqi)
• Sotsiologiya (o‘zbek, rus_sirtqi)
• Tarix (mamlakatlar va yoʻnalishlar boʻyicha) (o‘zbek, sirtqi)
• Hayot faoliyati xavfsizligi (o‘zbek, sirtqi)
• Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili (o'zbek_rus_kunduzgi)
• Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili (o'zbek_rus_kunduzgi)
• Yurisprudensiya: biznes huquqi (o‘zbek, sirtqi)

Eslatma!
"Yurisprudensiya: biznes huquqi (o‘zbek, sirtqi)" taʼlim yoʻnalishi bo'yicha ikkinchi oliy taʼlim uchun imtihon natijalari bo'yicha apellyatsiyaga arizalar Bilim va malakalarni baholash agentligiga o'rnatilgan tartibda topshiriladi.

@NUU_students
👍7🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Obunachilardan kelgan video. Yoqqan boʻlsa, reaksiya qoldiring 🔥

@NUU_students
👍34🔥10❤6👎3👏2😍2🤣1
❗️Ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun imtihon natijalariga ko‘ra talabalikka tavsiya etilmagan talabgorlar uchun tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari belgilandi.

Universitet Kengashi qaroriga asosan 2023/2024 o‘quv yili ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4 ball yetmagan, 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan talabgorlarning birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari quyidagicha belgilandi:

to‘plagan ballari qabul kvotalari (parametrlari) chegarasiga
• 1,0 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
• 1,1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
• 2,1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
• 3,1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Shuningdek, universitetning mazkur kengash qaroriga muvofiq 2023/2024 o‘quv yili ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim uchun kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,1 balldan ortiq, 56.7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan talabgorlarning birinchi o‘quv yili uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan oshirilgan (tabaqalashtirilgan) to‘lov kontrakt qiymatining miqdorlari quyidagicha belgilandi:

• “60230100 - Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili” hamda “60510100 - Biologiya (turlari bo‘yicha)” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha — 4,0 barobar.
• “60420100 - Yurisprudensiya (biznes huquqi)” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha — 15,0 barobar.

Eslatma! Davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatlarda ushbu miqdorlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt shartlari birinchi o‘quv yili uchun 50 foizi bajarilgandan so‘ng talabgor o‘qishga qabul qilinadi. To‘lov-kontrakt shartnomalarini rasmiylashtirish bo‘yicha ma’lumotlar qo‘shimcha e’lon qilinadi.

@NUU_students
👍10
❗️Ayrim talabalarga konraktining 50 foizi toʻlab beriladi: imtiyozdan foydalanish haqida 5 ta muhim maʼlumot

“Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlarga kontrakt pulining bir qismi qoplab beriladi. Kontraktning qancha qismi toʻlab beriladi? Imtiyoz qaysi OTMlarda amal qiladi? “Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi? Qayerga murojaat qilish kerak? hudud24.uz quyidagi maqolada ushbu imtiyozdan foydalanish tartibini tushuntiradi.

Xususiy universitetda oʻqiyotganlarga ham imtiyoz beriladimi?

Ha, “Temir daftar”ga kiritilgan oilalar farzandlari hamda “Yoshlar daftariga” kiritilgan yoshlar Oʻzbekistondagi har qanday, shu jumladan davlat, xususiy, xorijiy OTMlarda, texikum, kollejlarda oʻqiyotgan boʻlsa, kontrakt boʻyicha imtiyozdan foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, mazkur imtiyoz faqat bakalavr emas, magistratura bosqichida oʻqiyotganlarga ham beriladi. Bunda bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shakli, magistraturaning faqat kunduzgi yoʻnalishi boʻlishi kerak.

Kontraktning qancha qismi qoplab beriladi?

Kontraktning 50 foizigacha qismi, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdorda qoplab beriladi.

Masalan, talaba A ning kontarkt summasi 40 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 20 mln soʻm boʻladi, lekin unga 20 mln soʻm emas BHMning 50 baravarigacha qismi qoplab beriladi, yaʼni 16 mln 500 ming soʻmgacha.

Talaba B ning kontrakti 20 mln soʻm, uning kontrakti yarmi 10 mln soʻm va uning kontrakti BHMning 50 baravaridan oshmaganligi uchun mana shu 10 mln soʻm toʻliq qoplab beriladi.

“Super kontrakt” ham toʻlab beriladimi?

Yoʻq, “super” kontraktda yoki ikkinchi mutaxassislikda oʻqiyotganlarga ushbu imtiyoz qoʻllanilmaydi.

Kimga murojaat qilish kerak?

Kontrakt “Yoshlar daftari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab beriladi. Jamgʻarma tuman (shahar)larda hokim boshchiligidagi Vasiylik kengashi tomonidan boshqariladi. Kengashning ishchi organi esa tuman (shahar) yoshlar ishlari boʻlimi hisoblanadi.

Shu sababli ariza yoshlar ishlari boʻlimiga beriladi.

Arizaga OTM bergan kontrakt nusxasi ilova qilinishi kerak.

Ariza berishning aniq muddati yoʻq, istalgan vaqtda berish mumkin.

Ariza qancha vaqtda koʻrib chiqiladi?

Ariza berishdan avval, mahalladagi yoshlar yetakchisi bilan maslahatlashing va uni xabardor qilganingiz maʼqul.

Sababi Siz ariza berganingizdan soʻng 3 ish kunida arizangiz siz yashayotgan mahalladagi yoshlar yetakchisiga koʻrib chiqish uchun yuboradi.

Yoshlar yetakchisi 5 ish kunida kontraktni qoplash haqidagi tavsiyanoma yoki rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboradi. Tavsiyanoma berish rad etilsa, u asoslantirilgan boʻlishi shart.

Yoshlar yetakchisi arizani 5 ish kunida koʻrib chiqmasa yoki tavsiyanoma berishni asossiz rad etsa, Vasiylik kengashi oʻz tashabbusi bilan kontrakt pulini oʻtkazib berishi mumkin.

Vasiylik kengashi kontraktni qoplash haqida qaror qabul qilingandan soʻng 3 ish kunida uni OTM hisob raqamiga oʻtkazib beradi.

Shunda jami 11 ish kunida ariza koʻrib chiqilishi kerak.

Arizani koʻrib chiqish natijasidan yoki qaysidur mansabdor, yoshlar yetakchisining harakatidan norozi boʻlsangiz hech ikkilanmay sudga, prokuratura, adliya organlariga murojaat qiling.

@NUU_students
👍22❤3
#Bilasizmi

✅ Davlat OTMlari magistratura bosqichiga kontrakt asosida qabul qilingan va ta'lim olayotgan xotin-qizlarning to'lov-kontraktning to'liq summasi byudjetdan qoplab beriladi.

🗓 Buning uchun xotin-qizlar rektor nomiga 15 sentabrgacha ariza berishi kerak.

❌ Ushbu muddatdan keyin taqdim etilgan arizalar ko'rib chiqilmaydi.

Huquqiy axborot

@NUU_students
👍7🔥7
😁89🤣24😱3👍2🐳2
❗️Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

@NUU_students
👍15🤗3
2022/2023 o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura mutaxassisliklari) bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qitish qiymati miqdori

💾 PDF shaklida yuklash


2023/2024-o‘quv yili uchun ham ushbu qiymat oʻzgarishsiz qoldirilmoqda.

@NUU_students
👍3❤1😁1🤗1
#Super_kontrakt

2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori

💾 PDF shaklida yuklash

@NUU_students
👍9👌2🤗2
Koʻpchilik oliy taʼlimda oʻsish bor deydi. Menimcha, ular faqat diplomdagi oʻsishni aytishsa kerak. Imkoniyatlari emas, hajmi oʻsmoqda))

@NUU_students
😁67👍12😢11🤗2❤1🤣1
❗️Oʻzbekiston Milliy universiteti magistraturasiga toʻlov-kontrakt asosida tavsiya etilgan xotin-qizlar devonxona*ga oʻz kontrakt miqdorini budjetdan qoplab berish xususida ariza yozishlari mumkin. Prezident qaroriga muvofiq magistratura boʻlimida tahsil oluvchi barcha xotin-qizlarning kontrakt pullari toʻlab beriladi.

*Devonxona rektorat binosida joylashgan.

@NUU_students
👍20😁6👎2🤗2
❗️Kontrakt qog‘ozi berilishi boshlandi.

kontrakt.edu.uz platformasi orqali 1-kursga talabalikka tavsiya qilinganlarga hamda 2 va undan yuqori kursda kontraktda o‘qiyotgan talabalarga to‘lov-shartnoma berish boshlandi.

Shartnoma olish uchun kontrakt.edu.uz platformasidan ro‘yxatdan o‘tish hamda ariza yuborish kerak. Ariza OTM tomonidan ko‘rib chiqib, tadsiqlangach, talaba shaxsiy profili orqali elektron shartnomani yuklab olishi mumkin bo‘ladi.

❗️Quyidagilar uchun hozircha shartnoma berish boshlanmadi:

• magistraturaga kirganlar;
• super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar;
• “perevod”da o‘tish balini olib, o‘qishini ko‘chirganlar;
• “perevod”da o‘tish balini to‘play olmasdan, super-kontraktda o‘qimoqchi bo‘lganlar.


@NUU_students
👎7👍1
❗️RASMAN: Stipendiyalar miqdori oshirildi.

Qozogʻistonda 1-sentabrdan boshlab stipendiyalar miqdori oshirildi.

@NUU_students
🤣196😁19🥴7👎4👍3🤩1🤡1🤗1
#to‘lov_kontrakt

Ta'lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasi bayoni bilan 2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga 4,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun bazaviy to‘lov-kontrakt miqdori belgilandi.

Unga ko‘ra, to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:

1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06
balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06
balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06
balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi

@NUU_students
👍9
❗️Hurmatli talabalar!

Quyidagi link orqali ovoz berib maktab taʼmiri uchun oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin. Ushbu rasmda koʻrsatilgan maktab uzoq muddatdan beri ta'mirtalab boʻlib qolmoqda.

Ushbu savobli ishda ishtirok eting: https://openbudget.uz/boards/initiatives/initiative/31/474c26f2-e95f-49bc-9f69-33bd03bdd23d

@NUU_students
🥴18🤔5👍4👎2😁2❤1💔1
❗️Superkontraktlar uchun shartnoma berish boshlandi.

Abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali superkontraktda o‘qish hamda shartnoma olish uchun ariza berishlari mumkin.

Amaldagi qonunchilik bo‘yicha, faqat o‘zi tanlagan birinchi yo‘nalishga superkontrakt uchun ariza yuborish imkoniyati mavjud.

Ikkinchi va undan keyingi yo‘nalishlari bazada ko‘rinmaydi.

Eslatma: Superkontraktlar uchun imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

Tijorat banklari oʻz imkoniyatlariga koʻra tijoriy taʼlim kreditlari berishi mumkin.

@NUU_students
👍4❤2
Tugʻilgan kunim barchangizga muborak boʻlsin :)

@NUU_students
🎉135😁40🤣31👎6🤡5❤3👏3🔥2😱2🌭2🥰1
❗️Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar

Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:

1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:

👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.

👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.

2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:

👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;

👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:

➖ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);

➖ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).

❗️Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;

👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.

3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:

➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Barcha javoblar Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 31 yanvardagi 59-son qarori asosida tayyorlangan.

@NUU_students
👍14