O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️«Super-kontrakt» haqida ayrim maʼlumotlar

O‘qishga kira olmagan ko‘plab abituriyentlarda super-kontrakt bilan bog‘liq savollar paydo bo‘layotganini hisobga olib, ayrim tushuntirish berib o‘taman.

‼️ Eng avvalo bir narsani unutmang: 2024-yil uchun super-kontrakt narxi va tartiblari hozircha tasdiqlangani yo‘q. Tasdiqlansa, qo‘shimcha xabar beramiz.

❓ 4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?

Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:

➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;

(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);

➖
1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;

➖
2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;

➖
3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

❗️ ESLATMA: 4,05 ballgacha deb yozilganiga ko‘pchilik chalg‘imoqda va buni 4,5 ball deb o‘ylayapti. Ammo unaqa emas. 4,05 (to‘rt-u yuzdan nol besh) ball bilan 4,5 (to‘rt yarim) ballning farqi katta. Kirish chizig‘iga 4,1 (to‘rt-u bir) balldan ko‘p yetmagan abituriyentlar yuqoridagi 4 ballik shkalaga tushmaydi.

4,1 ball va undan ko‘proq
yetmaganlarning barchasiga (56,7 balldan baland bo‘lsa) 8, 10, 12, 15, 17 va 25 baravar qo‘llanadi.

❓ Super-kontrakt bilan bir qatorda oddiy kontrakt ham qo‘shib to‘lanadimi?

❗️
Yo‘q, unaqa emas. Birinchi yili faqat super-kontrakt summasi to‘lanadi, oddiy (bazaviy) kontrakt qo‘shib to‘lanmaydi. Ikkinchi yildan boshlab esa faqat oddiy kontrakt to‘lanadi, super-kontrakt to‘lanmaydi.

❓ Super-kontrakda o‘qishni xohlaganlar qachongacha ariza berishi kerak?

❗️
Hali super-kontrakt uchun arizalar qabul qilinmayapti. Ertagayoq OTMga yugurib borishingiz shart emas. Arizani sentyabr oyida, o‘qishlar boshlangach ONLAYN berasiz.

Kim birinchi ariza bersa, o‘sha birinchi qabul qilinadi, degan qoida yo‘q. Talabgorlar to‘plangan ballga qarab tartibga solinadi, yaʼni avval yuqori ball to‘plaganlarga imkon beriladi.

❓ Ariza berish uchun OTMga borish kerakmi?

❗️
Yo‘q. 3 yildan buyon super-kontrakt uchun arizalar onlayn qabul qilinadigan bo‘ldi. Siz uyingizdan chiqmagan holda internet orqali ariza yuborasiz. Buning uchun OTMga kelish, kimnidir kabinetida navbat kutish, kimlargadir iltimos qilish shartmas. Ariza qabul qilinadigan sayt ishga tushgach, qo‘shimcha xabar qilinadi.

❓ O‘qishga KIRGANLAR boshqa yo‘nalishga super-kontraktni tanlay oladimi?

❗️
Masalan, birinchi va ikkinchi yo‘nalishga bali yetmadi, lekin uchinchi yo‘nalishga o‘qishga kirdi. Abituriyent uchinchi yo‘nalishda o‘qishni istamay, birinchi yoki ikkinchi yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy oladimi?

✅ Bu masala hozircha ochiq turibdi, joriy yilgi tartib tasdiqlanmagan.

O‘tgan yili abituriyent o‘zi tanlagan BIRINCHI yo‘nalishga kira olmagan, lekin 2, 3, 4 yoki 5-yo‘nalishlardan biriga o‘qishga kirgan bo‘lsa, unda istisno tariqasida faqat BIRINCHI tanlagan yo‘nalishida super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi. Bu istisno 2, 3 yoki 4-yo‘nalishga taalluqli emas. Yaʼni 3 ga kirgan bo‘lsa, 2-yo‘nalishda super-kontraktda o‘qiy olmasdi, faqat BIRINCHIga ruxsat berilgandi. Joriy yilgi tartib tadsiqlansa, qo‘shimcha xabar beriladi.

❓ O‘qishga KIRA OLMAGANLAR istalgan beshta yo‘nalishda super-kontrakt qila olishadimi?

❗️
Ushbu masala ham hozircha nomaʼlum. Aniq bo‘lgach, xabar beriladi. O‘tgan yili beshala yo‘nalishiga ham o‘qishga kira olmagan abituriyentlar istalgan beshta yo‘nalishdan birini tanlab, super-kontraktda o‘qishiga ruxsat berilgan edi.

❓ Super-kontrakt uchun ta’lim krediti beriladimi?

❗️ Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limga beriladi.

❓ Super-kontraktni bo’lib to’lasa bo’ladimi?

❗️ Ha, 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

@NUU_students
👍4
❗️Yangi o‘quv yilining boshlanish sanalari ma’lum bo‘ldi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yili oliy ta’lim muassasalarida 9-sentyabr kunidan boshlanadi.

@NUU_students
👎17❤5👍5🔥1
❗️Yotoqxonaga qachon borib joylashsa boʻladi? Hujjatlarni qachongacha topshirish kerak?

Yotoqxonaga 4-sentabrdan borib joylashishingiz mumkin. Hujjatlarni ham 4-sentabrdan topshirsangiz boʻladi. Hech nimadan qilib ketmadingiz, shoshilmang bolajonlar!

@NUU_students
😁21👍3🥰2😐2
❗️Talabalar qaysi sanadan boshlab o‘qishga chiqadi?

O‘zbekiston Milliy universitetida 2024/2025-o‘quv yili (bakalavriat, kunduzgi):

➖ 1- va 4- kurslar uchun – 9-sentyabr;
➖ 2-kurslar uchun – 11-sentyabr;
➖ 3-kurslar uchun – 12-sentyabr kunidan boshlanadi.

Shuningdek, bakalavriat bosqichidagi sirtqi, kechki va masofaviy ta’lim shaklida tahsil oladigan hamda magistraturaning 1- va 2-bosqich talabalari uchun ham yangi o‘quv yili 9-sentyabrdan boshlanadi.

@NUU_students
👍8❤‍🔥2❤1
OzMu_2024_2025_oquv_yili_tolov_kontrakt_miqdori_.pdf
172.9 KB
❗️Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024/2025-o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qish qiymati yoʻnalishlar kesimida

@NUU_students
👍6👎2
⚡️Ta'lim krediti olish uchun onlayn ariza topshirish mumkin

Taʼlim kreditini olish jarayoni endi yanada osonlashdi o‘rtoqlar! Endilikda kreditga ariza berish uchun Talim-krediti.uz maxsus platformasiga kirib ariza yuborsangiz bo‘ldi. Bankka bormasdan kreditga ariza yuborishingiz mumkin.

Buning uchun:
☑️ Kreditga ariza yuborishda arizachi:
• pasporti yoki ID raqami;
• Tug‘ilgan sanasi(kun, oy va yil);
• FISH kiritiladi.

☑️ Manzil:
— Manzilingiz(viloyat tuman mahalla ko‘cha/xonadon raqami va telefon raqami kiritiladi;

☑️ Kredit maʼlumotlari:
— Yaʼni taʼlim shakli, oliy taʼlim muassasasi maʼlumotlari, moliyalashtiruvchi bank manzili, kontrakt summasi va garov turi kiritiladi.

☑️ Kredit olish jarayoni quyidagicha:
● Onlayn ariza qoldirish;
● Arizani ko‘rib chiqish;
● Hujjatlarni rasmiylashtirish;
● Kredit ajratish.

@NUU_students
👍5🐳1
❓Mustaqillik bayramida o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Prezident farmoniga binoan, Mustaqillik bayramida ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi. Bunda:

✅ 31-avgust, shanba — 6 kunliklar uchun qo‘shimcha dam olish kuni, 5 kunliklar uchun odatiy dam olish kuni;

✅ 1-sentyabr, yakshanba — Mustaqillik bayrami;

✅ 2-sentyabr, dushanba — barcha uchun dam olish kuni (Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan bayram yakshanbaga to‘g‘ri kelsa, dam olish kuni dushanbaga ko‘chiriladi);

✅ 3-sentyabr, seshanba — barcha uchun qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️ Eslatma: OTMlarda o'quv yili 9-sentyabrdan boshlanadi.

@NUU_students
👏7🔥3👍2❤‍🔥1
❗️Magistratura natijalari e’lon qilingani haqida maʼlumotlar tarqatilmoqda. Shaxsiy kabinetingizdan tekshirib koʻring.

@NUU_students
👍4👎1
❗️“Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi mumkin

Prezidentning (24.05.2024-yil PF-81-son) farmoniga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi.

Bu tartib mazmunan, super-kontrakt orqali o’qishga qabul qilingan talabalarga ham tatbiq qilinishi mumkin. Chunki, ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida qayta taqsimlanadi.

Ta’kidlash lozim, mazkur tartib faqatgina 2024-25 o‘quv yilidan boshlab OTMga qabul qilingan talabalarga amal qiladi.

Ma’lumot uchun, ushbu tartibning nizomi Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlanishi lozim.

@NUU_students
👍9👎3🔥1👏1
❗️Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 186 871 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 96.516 nafari (51,6 %) — erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 90.355 nafari (48,4 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.


Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — 18.572 nafar (45,1%);
👉 ayollar — 22.581 nafar (54,9%).

2024/2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 15 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 69 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 15 va 60 yoshni tashkil etadi.

@NUU_students
👍9
❗️O'zbekiston Milliy universitetiga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 56.3 foizi ayollar

Joriy yilda test sinovi natijalariga ko‘ra O'zbekiston Milliy universitetining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 5879 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🙋🏻‍♂️ 2480 nafari (43.7%) — erkaklar;
🙋🏻‍♀️ 3309 nafari (56.3 %) — ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

Davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarda ayollarning ulushi erkaklarga nisbatan ko‘proq ekanligini ko‘rish mumkin. Jumladan:

👉 erkaklar — (39.5%);
👉 ayollar — (60.5%).

2024—2025-o‘quv yili qabulida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha yoshi 19 yoshni (erkak va ayollarda bir xil) tashkil etdi.

Talaba bo‘lgan ayollarning eng yoshi 16 yosh bo‘lsa, eng yoshi kattasi 56 yosh, erkaklarda esa bu ko‘rsatkich mos ravishda 16 va 58 yoshni tashkil etadi.

@NUU_students
😁8👍7❤2🆒1
❗️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2024/2025-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Talabgorlar natijalarni magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

@NUU_students
👍2🤗1
SUPER-KONTRAKT.pdf
312.6 KB
❗️Super-kontrakt miqdori tasdiqlandi

Kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarnig  birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdori tasdiqlandi.

Shuningdek, tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatini 2024-yil 15-oktabrga qadar to‘liq toʻlagan abituriyentlarga 10%lik chegirma beriladi.

@NUU_students
👍7
Savollar, murojaatlar va fikrlar uchun @Milliy_universitetimiz guruhimiz mavjud.

@NUU_students
👍4
❗️Oʻzbekiston Milliy universitetida dars mashgʻulotlari birinchi smena 8:30 da, ikkinchi smena 13:30 da, kechki taʼlimda tahsil oluvchilar uchun 18:00 da boshlanadi.

@NUU_students
👍14💯1
Kvota_2025_Milliy uchun.pdf
136.4 KB
❗️Doktorantura bo‘yicha kvotalar tasdiqlandi

O‘zbekiston Milliy universitetiga 2025-yildan boshlab davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘qitiladigan tayanch doktorantura (PhD), doktorantura (DSc), maqsadli tayanch doktorantura (PhD) va stajyor tadqiqotchi izlanuvchilik uchun ajratilgan qabul kvotasi tasdiqlandi.

Hujjatlar universitet qabul komissiyasi tomonidan 15-sentabrdan 15-oktabrgacha https://daraja.ilmiy.uz/ orqali qabul qilinadi.

@NUU_students
❤‍🔥3👍3
❗️Super-kontrakt miqdorlari tasdiqlandi, endi bemalol super-kontraktga ariza yuborsam bo'ladimi?

Yo'q, hali super-kontrakt uchun arizalar qabul boshlanmadi, bu jarayon odatda sentabr-oktabr oylarigacha cho'zilishi mumkin. Hozircha oddiy kontraktga kirganlar kontrakt.edu.uz platformasi orqali shartnomani yuklab olib 15-sentabrgacha to'lov qilib talabalikka qabul qilinadi, undan keyn kimdir o'qishni istamasa, o'qishni tashlab ketsa bo'shab qolgan o'rinlarga va to'lmay qolgan kvotalarga super-kontrakt evaziga o'qimoqchi bo'lgan abituriyentlarni qabuli boshlanadi.

@NUU_students
❗️Super-kontraktga kirganlar taʼlim krediti olishi mumkinmi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit taklif qilishi mumkin.

Ammo super-kontraktga kirgan talaba 2-kursdan boshlab oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin.

@NUU_students