❗️Magistraturada ham super-kontrakt orqali o‘qish mumkinmi?
👉 Batafsil: https://talimxabarlari.uz/uz/8436/
@NUU_students

👎5
❗️Super kontrakt uchun arizalar qabuli boshlandi.
Kirish imtihonlarida qatnashib yetarli ball to’play olmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt asosida o’qish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Abituriyentlar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin. Saytda qaysi ta’lim yo’nalishiga necha ball yetmay qolgani hamda qancha super kontrakt asosida o’qish imkoni borligi haqida ma’lumotlar ko’rsatilgan.

👍4❤3
❗️Hurmatli xotin-qizlar! 15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi!
Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning kontrakt-to‘lovlari qaytarish shartisiz Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
🔰 Buning uchun talabgor to‘lov-kontraktning to‘liq summasini qoplab berish yuzasidan o‘zlari taʼlim oladigan OTM rektori (filial direktori) nomiga 15-sentabrgacha ariza bilan murojaat etadi.
Tatbiq etilmaydi:
➖ 15-sentabrdan kechiktirib topshirilgan arizalarga;
➖ tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt to‘lovlariga;
➖ qo‘shma taʼlim uchun.
📝 Arizalar 3 ish kunida ko‘rib chiqilib, ro‘yxat shakllantiriladi.
🗓 To‘lov-kontrakt summasini qoplab berish to‘g‘risida joriy o‘quv yilining 15-oktabriga qadar tegishli OTM rektori (filial direktori) buyrug‘i qabul qilinadi!

👍7❤4
❗️Super kontrakt: 4 ballgacha yetmaganlar qancha to’laydi?
Super-kontraktning 4 ballgacha shkalasi quyidagicha:
➖ o‘tish baliga 1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun – bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorining 1,5 barobari;
(masalan, kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 1 ballgacha yetmaganlar 15 mln so’m to’laydi);
➖ 1,06 balldan 2,05 ballgacha — 2 barobari;
➖ 2,06 balldan 3,05 ballgacha — 2,5 barobari;
➖ 3,06 balldan 4,05 ballgacha — 3 barobari.

👍3
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Hurmatli xotin-qizlar! 15-sentabrga qadar rektor yoki direktor nomiga ariza yozmasangiz kontrakt pullaringizni davlat qoplab bermaydi! Hukumat qarori (447-son, 15.08.2022 y.) asosida davlat OTMlarining magistratura bosqichida o‘qiyotgan barcha xotin-qizlarning…
Qanday holatatlarda kontrakt to‘lab berilmaydi?
Quyidagi holatlarda magistraturada tahsil olayotgan xotin-qizlarning kontrakti davlat tomonidan to‘lab berilmaydi:
– talabgor oliy ta’lim muassasasining rektori (filial direktori) nomiga arizani o‘quv yilining 15-sentabrdan keyin taqdim etsa;
– tabaqalashtirilgan (super) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan bo‘lsa;
Magistratura bosqichida super-kontrakt bormi?
Moliyaviy mustaqilik berilgan OTMlar magistratura uchun super-kontrakt bo'lish bo'lmasligini va miqdori qancha bo'lishini mustaqil belgilaydi.

👍6
❗️Super kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi
Unga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul kvotalari chegarasiga:
1,05 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun — 1,5 barobar;
1,06 balldan 2,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,0 barobar;
2,06 balldan 3,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 2,5 barobar;
3,06 balldan 4,05 ballgacha yetmaganlar uchun — 3,0 barobar.
Bunda ushbu toifadagi abituriyentlar uchun toʻlov-kontraktning minimal miqdorlarini hisoblashda:
— oliy ta’lim muassasalarida Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan (stipendiyasiz) bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllaniladi;
— moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarida esa, 2024/2025-o‘quv yili qabuli uchun bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha o‘zlari belgilagan (stipendiyasiz) to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan yuqoridagi barobarlar hisoblanadi.
Shartnoma uchun arizalar kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn shakllantiriladi.

👍4
❗️Talabalar kontrakt.edu.uz orqali onlayn ariza berganda "Shartnoma turini tanlash" bandida ikki yoki uch tomonlama shartnomani tanlash so'raladi. Bu savol ko'pchilikda chalkashlik tug'dirdi.
Javobi oddiy:
2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Agar to‘lovni o‘zingiz yoki ota-onangizning maoshidan amalga oshirmoqchi bo‘lsangiz, shu bandni tanlang.
Ta'lim krediti olishda ham ikki tomonlama shartnoma yetarli.
3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — OTM, abituriyent va homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar to‘lovni homiy tashkilot amalga oshirsa, uch tomonlama shartnomani tanlash kerak. Homiy tashkilotning STIR raqamlarini kiritish lozim.

👍2🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar uchun ijara to'lovlarini bir qismini qoplab berish uchun onlayn ariza berish boshlandi
↪️kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
↪️“Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.
@NUU_students
Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:
↪️kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi.
↪️“Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.
Bunda birinchi bosqich talabalari uchun joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi (ijara.soliq.uz) bo‘lishi talab etiladi.
@NUU_students
👍6
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
❗️Talabalar uchun ijara to'lovlarini bir qismini qoplab berish uchun onlayn ariza berish boshlandi Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi: ↪️kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi. ↪️“Ariza yuborish” tugmasi…
❗️Hurmatli 1-kurs talabalari kontrakt.edu.uz orqali ijara toʻlovining bir qismini qoplab berish boʻyicha ariza yuborishingiz kerak.
Bu orqali siz sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara toʻlovining bir qismini (bir oy uchun 340 ming soʻmdan oshmagan holda) qoplab olishingiz mumkin.
Diqqat: Bu faqat ijara xonadonlarida turadiganlar uchun! Yotoqxonaga joylashganlar uchun amal qilmaydi.
Savollar boʻlsa yozib qoldiring!

👍5
Forwarded from Temurbek
#vakansiya #biznesgaqiziquvchilaruchun
Edutizim kompaniyasi o'z jamoasiga mijozlar bilan ishlash uchun sotuv va texnik menejerlarini ishga taklif qiladi. Biz asosan o'quv markazi va maktablarni rivojlantirish va ularni ishlarini avtomatlashtirish bilan shug'ullanamiz.
Xodimni vazifalari:
— Bizni platformalarni texnik va biznes uchun qanday qo'llash bo'yicha o'rganishi va biznes egalariga o'rgatishi kerak
— Mijozlar savollariga javob berish va ma'sul shaxslar bilan bog'lash
— Mijozlarni ish joylariga borish va xodimlariga platformadan foydalanishni o'rgatishi kerak
Talablar:
— kuniga kamida 6 soat vaqt ajrata olishi kerak, talabalar ham suhbatdan yaxshi o'tsa ko'rib chiqiladi
— bizneslarga qiziqishi va kompyuterdan erkin foydalana olishi kerak
— Berilgan vazifalarni vaqtida bajarish
Ish davomida o'sish va rivojlanish imkoniyatlari:
— O'sib boruvchi oylik
— Bizneslarni o'rganish imkoniyati va kelajakda biznes qila olish
— Pullik treninglarga bepul qatnashish imkoniyati
— Qo'shimcha kurslar uchun chegirmalar
Ish turi: Oflayn (viloyatda ham kelib ish o'rganib ketib ishlash mumkin)
Ofis: Chilonzor tuman Farhod dehqon bozori yonida
Oylik: 2miliondan 10 miliongacha tajribaga qarab kelishiladi
Bonuslar:
— Bepul tushlik
— Qulay ofis
— Reja bajarilgani uchun bonuslar va daromad
Ishga topshirish uchun quyidagi formani to'ldiring: https://forms.gle/CNYBt1Ef716omaD4A
Yoki telegram orqali: @temurbek_pm ga yozing

👍5🤣3
#Lirika
Devorning tagida o‘ltiribman jim,
Xayol girdobida.
Ko‘zim yumilgan.
Tubimga yetmayman - cho‘kkanim sayin,
Garchi yo‘q men kabi chuqur ko‘milgan.
Eng tubdan - bo‘g'ilib - olaman nafas,
Xo‘rsinib - dunyoga taralar o‘kinch.
O‘limning borligi - qo‘rqinchli emas,
Yashashning yo‘qligi - daxshatli qo‘rqinch...
Usmon Azim

👍16🔥6
📌 Magistraturani ham super-kontrakt qilsa bo'ladimi?
Ushbu savolni til sertifikati majburiyati qo'yilganidan beri endi eshitishim, chunki avvallari faqatgina til sertifikati borlar hujjat topshira olgani uchun kvotalar to'lmay qolib shundoq ham barcha o'qishga kirib ketar edi. Bu yildan til sertifikati bo'yicha yengillik berilgani sababli magistraturaga hujjat topshirganlar soni ortib ketdi, natijada kvotalar to'lib, magistraturaga kira olmaganlar soni ham ortdi.
Amaldagi tartibga ko'ra magistraturaga kvota doirasida o'qishga kira olmaganlarga ham qo'shimcha imkoniyat berish maqsadida bir talabani o'qitishga ketadigan sarf xarajatlardan kelib chiqib belgilangan kontrakt asosida magistraturaga qabul qilishadi. Lekin buning uchun Davlat qabul komissiyasi bayonini kutish kerak, sentabr oyida chiqib qoladi. U super-kontraktga o'xshab 3-4 baravar kontrakt bo'lmaydi, 1 talabani o'qitishga ketadigan sarf xarajatlarga nisbatan belgilanadi, bu 15-20 mln atrofida bo'lishi yoki undan kam-ko'p bo'lishi mumkin.

👍10😁4🙈2
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
* * *
Umr o‘tib borar misoli ertak,
Ertaning ketidan kelib qolar shom.
Faqat g‘aflat ichra yotmagin, yurak,
Qaytib kelmas sira bu yoshlik ayyom.
Payt kelar, va’daning qimmati qolmas,
Muhlat bermas u dam to‘lgan paymona.
O‘tgan bir oningni qaytara olmas
Na ko‘zyosh, na afsus va na bahona...
Abdulla ORIPOV
@NUU_students
Umr o‘tib borar misoli ertak,
Ertaning ketidan kelib qolar shom.
Faqat g‘aflat ichra yotmagin, yurak,
Qaytib kelmas sira bu yoshlik ayyom.
Payt kelar, va’daning qimmati qolmas,
Muhlat bermas u dam to‘lgan paymona.
O‘tgan bir oningni qaytara olmas
Na ko‘zyosh, na afsus va na bahona...
Abdulla ORIPOV
@NUU_students
👍13❤4🔥4👏3
❗️Talabalarga yotoqxonadan joy yetmay qolsa davlat ular ijarada turgan har bir oyi uchun kompensatsiya to'lashidan xabaringiz bormi?
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga asosan ijara huquqi asosida yashaydigan davlat oliy ta’lim muassasalarining kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga oylik ijara to‘lovining bir qismini davlat budjeti hisobidan qoplab beriladi.
Ayni kunlarda qoplab beriladigan summa miqdori Toshkent shahrida joylashgan oliygoh talabalari uchun 340 000 so'm(1-oktabrdan boshlab 375 000 so'm bo'ladi) boshqa viloyatlar uchun 170 000 so'm(1-oktabrdan 187 500 so'm bo'ladi) tashkil etadi.
Har yili sentabr va oktabr oyi uchun 1-bosqichga qabul qilingan talabalarning ijara pullari hech qanday shartnomasiz to'lab beriladi.

👍15
#Kayfiyat
Bugun metroga tushgandim, chiroyli qizlar koʻpayib qolibdi! Viloyatlik talaba qizlar kela boshladimi deyman?!😌😅
Post hazil tariqasida yozildi!☝️

😁63🤣24👎12🥰8❤4👍2🗿2❤🔥1🌚1💯1
❗️“Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi
Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.
Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.
Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.
Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.
Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

👍8
“1-kurs talabalari uchun 4-sentyabrdan boshlab tanishtiruv haftaligi boʻlib oʻtadi va dars jarayonlari 9-sentyabr sanasidan boshlanadi”
Shu xabarni tushunishingiz uchun qaysi tilda yozib post joylay? ))
@NUU_students
Shu xabarni tushunishingiz uchun qaysi tilda yozib post joylay? ))
@NUU_students
😁40👍4🔥2👏2
❗️Kontraktni qachongacha to'lash kerak?
2024/2025-oʻquv yilidan boshlab respublika davlat oliy taʼlim muassasalariga toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar hamda tahsil olayotgan talabalar uchun toʻlov muddatlari quyidagicha belgilandi:
belgilangan toʻlov miqdorining kamida 25 foizi talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun 15-sentyabrgacha yoki Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi tomonidan belgilangan muddatgacha hamda ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun 2024-yil 1-oktyabrgacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha;
Belgilangan toʻlov miqdorining kamida 50 foizi 1-yanvargacha, 75 foizini 1-martgacha va 100 foizini 1-maygacha yoki oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) tomonidan uzaytiriladigan muddatgacha.
Bunda, mazkur tartib moliyaviy mustaqillik berilgan davlat oliy taʼlim muassasalari uchun tavsiyaviy xarakterga ega.

👍7❤🔥2