O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
488 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
Inson hayoti davomida koʻplab yolgʻonlarga duch keladi.

Masalan, ular ham shu binoda oʻqiyman deb oʻylashgandi))

@NUU_students
🤣154😁17💯8👍4😭3
Baʼzida hayot odamni turli sinovlar va qiyinchiliklar bilan qiynab turadi.

Bizni 1-kurslarni gʻalati savollari bilan qiynayaptimikan-a?))

@NUU_students
😁37🤣19😭3❤2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
❗️Talabalar ijara to‘lovlarini bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasiga qadar onlayn ariza berishlari kerak

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

ASOS: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi 605-son qarori.

@NUU_students
👍7
❗️Shok xabar, rasman: Talabalar uchun stipendiya miqdori kontrakt miqdori bilan tenglashtiriladi.

Bunaqa boʻlmasligini bilasiz-ku, nega haligacha umid qilyapsiz? ))

@NUU_students
🤣106👎9🗿5💔3👏2
Xo'jaxonov Shoxjahon Valijon o'g'liga tegishli ID-karta Milliy Universitet va universitetga yaqin hududdagi yotoqxonalar atrofida yo'qolgan. Topgan fuqaro mukofotlanadi
Telefon raqam: +998 93 628 44 99
Telegram manzil: @shoxjaxon_xojaxonov
👍7
❗️Taʼlim krediti haqida batafsil

👉 Kredit miqdori: Cheklov yo‘q;
👉 Qaytarish muddati: 7 yil muddatga;
👉 Foizi: Yigitlarga 13,5% Qizlarga 0%;

Kimlarga beriladi:

⏩️ Davlat va nodavlar oliygoh talabariga beriladi;
⏩️ faqat kunduzgi ta’lim shakliga;
⏩️ bakalavr yoki magistrga;
⏩️ to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga kirgan;
⏩️ yoki o‘qishini ko‘chirgan talabalarga beriladi.

❌ super-kontrakt uchun yoki ikkinchi mutaxassislik, masofaviy, maxsus sirtqi shakllar uchun taʼlim krediti berilmaydi.

❌ Xorijda joylashgan OTMlarda o‘qish uchun taʼlim krediti berilmaydi.

Kerakli hujjatlar:
👉 ariza;
👉 talaba va taʼlim muassasasi o‘rtasidagi shartnoma (kontrakt);
👉 kredit qaytarilishining taʼminoti bo‘yicha hujjat. Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti bo‘yicha garov va kafillik talab etilmaydi;
👉 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilganligini tasdiqlovchi maʼlumotnoma (agar bo‘lsa);
👉 bankning ichki hujjatlarida (siyosatida) belgilangan boshqa hujjatlar, shu jumladan, birgalikda kredit oluvchiga tegishli maʼlumot va hujjatlar.

✅ Ta'lim krediti olish uchun ariza berishda bankka borishingiz ham shart emas, my.gov.uz sayti orqali ariza yuborsangiz ham bo'ladi.

@NUU_students
👍6👏2
❗️1-bosqich magistratura mutaxassisliklariga o'qishga qabul qilingan talabgorlar diqqatiga

⏳O'qish 9-sentyabr sanasidan boshlanadi


📝Kerakli hujjatlar:

1. Rektor nomiga ariza;
2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda);
3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi;
4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli
5. 3,5x4,5 foto 6 ta;
6. Hujjatlar yig‘ma jildi 2 xil (papka skorosshivatel, ipli papka);
7. Konvert A5 formatida (konvert kattasidan boʻlishi kerak diplom va ilovalar sigʻadiganidan)
8. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, nogironlik guvohnomasi nusxasi ).
9. Xotin qizlar kontrakt pulini qoplab berish boʻyicha arizasi
10. Kontraktga kirgan yigitlarni toʻlov cheki

@NUU_students
👍19
❗️Bugun — ijara uchun ariza berishning oxirgi kuni

Ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish bo‘yicha har oyning 7-sanasigacha onlayn ariza berish kerak.

Ariza berish quyidagicha amalga oshiriladi:

1️⃣ kontrakt.edu.uz axborot tizimidan ro‘yxatdan o‘tiladi va shaxsiy kabinetga kiriladi;
2️⃣ shaxsiy kabinetdan “Ijara to‘lovlari” bo‘limi tanlanadi;
3️⃣ “Ariza yuborish” tugmasi bosiladi va ariza yuboriladi.

Bunda 1-bosqich talabalaridan joriy o‘quv yilining sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etilmaydi.

Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun ijara shartnomasi bo‘lishi talab etiladi.

Ijara shartnomalarini hisobga qo‘yish xizmati: 👉http://ijara.soliq.uz

@NUU_students
❤1👍1
❗️Ijara puli kimlarga qoplab beriladi? Xususiyda o'qiyotganlarga hammi?

✅ Afsuski, yo'q. Xususiydagi talabalarga berilmaydi.

Amaldagi tartibga ko'ra, davlat OTMlarining faqat kunduzgi ta’lim shaklida (xorijiy hamkor oliy ta’lim tashkilotlarining qo‘shma ta’lim dasturlari asosida va fakultetlarida ta’lim olayotgan talabalardan tashqari), davlat granti yoki to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishidan qat’i nazar, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning 60 foiziga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti hisobidan qoplab beriladi.

Grantda o'qiyitganlarga ham beriladimi?
Ha, beriladi.

Talabalar qanday saralanadi?
Ijara puli qoplab beriladigan talabalarni OTMlardagi komissiyalar tanlab oladi.

@NUU_students
❤2👍2
❗️Bir yo‘nalishda o‘qib, ikkita fandan dars berishi mumkin

Prezidentning “2022-2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni ko‘ra, 2022/2023-o‘quv yilidan o‘quv dasturlari o‘zaro yaqin bo‘lgan 4 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

➖ Matematika va informatika (qo‘shimcha informatika fani o‘qituvchisi),
➖ Pedagogika (qo‘shimcha tarbiya fani o‘qituvchisi),
➖ Biologiya (qo‘shimcha tabiiy fanlar o‘qituvchisi),
➖ Maxsus pedagogika: surdopedagogika (qo‘shimcha surdotarjimon)
bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik (kvalifikatsiya) berish tartibi joriy qilingan.

@NUU_students
👍13👏3
Oldin tug'ilgan kunimni bitta o'zim kutgan bo'lsam endi esa butun boshli talabalar kutmoqda))

Ertangi o'qishlarda omad hammaga!

@NUU_students
😁53🤣22❤5👏5👍4👀3🔥2
❗️ Super-kontraktda istalgan o'qishdan yiqilgan abituriyent o'qishi mumkin. Lekin buning ham tartibi bor

Tasdiqlangan tartibga ko'ra, 5 ta yo'nalishdan bittasiga ham kirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida super-kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

Bunda, OTM tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Ya'ni yiqilganlar chizig'ida kim yuqoriroq o'rinda bo'lsa, unda o'qish imkoni ko'proq bo'ladi.

@NUU_students
👍5
Tugʻilgan kunim barchangizga muborak boʻlsin birodarlar)

09/09

@NUU_students
😁39👏15👍7🔥3😇3🫡3🤷‍♂2🏆1
Hammaga yangi oʻquv yili muborak boʻlsin!

Men ham shu yerdaman, koʻrsangiz salom-alik qilib oʻtsangiz xursand boʻlamiz!😅

@NUU_students
😁34👍5🤣4👎2🤪2🏆1🫡1
❗️Talaba qanday holatlarda akademik ta’til olishi mumkin?

Akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, talabalar oʻz ixtiyoriga koʻra, qaysi ta’lim shaklida tahsil olishidan qat’iy nazar akademik ta’til olish huquqiga ega. Akademik ta’til olish uchun talaba tomonidan OTM rektori (direktori) nomiga ariza bilan murojaat qilinadi.

Akademik ta’til quyidagi holatlarda berilishi mumkin:

–harbiy xizmatni o‘tash uchun;
–salomatligini tiklash uchun;
–homiladorlik va tug‘ish uchun;
–bolalarni parvarish qilish uchun;
–oilasining betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar, turmush o‘rtog‘i, farzandi) parvarish qilish uchun.


Akademik ta’til o‘quv yilining har qanday qismida, quyidagi muddatlarga beriladi:

–harbiy xizmatni o‘tash uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan harbiy xizmatni o‘tash muddatiga;

–homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish uchun — qonunchilik hujjatlarida belgilangan homiladorlik va tug‘ish, shuningdek, bolalarni parvarish qilish ta’tillari muddatiga;

–salomatligini tiklash hamda oilasining betob a’zosini parvarish qilish uchun — keyingi yilning talaba tomonidan to‘liq o‘zlashtirilmagan semestri boshlanguniga qadar bo‘lgan muddatga


Bunda, qayd etilgan muddatlardan biri talabaning arizasiga muvofiq oliy ta’lim muassasasi rektori (direktori) tomonidan belgilanadi.

@NUU_students
👍9🔥2
❗️Yaxshi o'qigan talabalarga foizsiz ta'lim krediti beriladi

Oliygoh, kollej va texnikum talabalarining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi kamida 80 foiz bo‘lsa, ularga keyingi o‘quv yili uchun foizsiz ta’lim krediti ajratiladi;

Bu haqida Prezident Shavkat Mirziyoyev kambagʻal oilalar bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi ma'lum qildi.

@NUU_students
🤣13👍3🤓2💔1😘1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqori levelda o'qiyotgan bo'lsangiz ham Englishda ravon gapirolmayapsiz va darslaringiz hali ham O'zbekchada o'tilyaptimi?

Ingliz tilini anchadan beri o'rganyapsizku, lekin natija sezilmayaptimi?
O'zingizni, Englishni biladigandek tutasizu, aslida uni yaxshi bilmasligizni o'zingiz ichizdan bilib ezilasiz. 😕

Bular jonga tekkan bo'lsa aynan sizni kursimizga taklif qilamiz.

✨0 dan boshlovchilar uchun ham yangi guruhlar ochilmoqda va boshqa darajadagi o'quvchilarni ham sinov asosida qabul qilamiz.

📊Yuqori natijaga asoslangan tizim bo'yicha darslarni tashkil etamiz!

Birinchi dars sinov darsi.
Tizim va dars sifati yoqsa davom etamiz, bo'lmasam yo'q.

📍Manzil: Olmazor tumani,
Beruniy metro

❗️Mo'ljal: Korzinka orqasida

Darslar videoda tasvirlangan tizim (Do'mbita tizimi) asosida o'tiladi.

Biz bilan manfaatli bilim oling.

Keyingi yildan, sentabrdan, boshlayman degandingiz. Vadangizda turing!!!

Murojaat va batafsil malumot uchun: @summit_admin
👍4
OzMu_2024_2025_oquv_yili_tolov_kontrakt_miqdori_.pdf
172.9 KB
❗️Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 2024/2025-o‘quv yilida bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitta talabani to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik o‘qish qiymati yoʻnalishlar kesimida

@NUU_students
❤3👍3
Oliy ta’lim va unday keyingi ta’limdagi darajalar quyidagicha nomlanadi:

⁃ bakalavr va magistr – bu akademik daraja;

⁃ PhD (falsafa doktori) va DSc (fan doktori) - bu ilmiy daraja;

⁃ dotsent, professor va akademik esa ilmiy unvonlar hisoblanadi.

Bakalavrda – yo‘nalish, magistraturada – mutaxassislik, doktoranturada esa ixtisoslik o‘qitiladi.

Ayrim holatlarda mana shu jihatlarni koʻpchilik adashtiradi yoki bilmaydi.

@NUU_students
👍36🔥2🆒1