❗️Talabalar uchun sayyor kassalar tashkil etildi
Toshkent shahridagi OTMlarda tahsil olayotgan talabalarning avtobus va temiryo‘l qatnovlariga chipta sotib olishlarida qulaylik yaratish maqsadida quyidagi manzillarda sayyor kassalar tashkil etildi:
📍 O‘zbekiston milliy universitetining o‘zbek filologiyasi fakulteti binosi 1-qavati.
Manzil: Olmazor tumani Talabalar shaharchasi Universitet ko‘chasi 4-uy.
📍 Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti A-binosida.
Manzil: Yunusobod tumani Amir Temur ko‘chasi 60-A uy. Sobiq Toshkent moliya instituti binosi.
@NUU_students

👍4
3 oydan beri oʻzingni tanishtirguncha boshqa foydali ish qil, shunda odamlar seni shundoq ham eslab qoladi :)
@NUU_students
@NUU_students
🤔15👍6😁2
❗️Talaba farzandli bo‘lsa, OTMdan suyunchi puli oladimi?
Yo‘q, bu noto‘g‘ri xabar. Suyunchi puli olish uchun hech qayerga murojaat qilish shartmas, avtomat ravishda ota-onadan biring plastik kartasiga tushadi.
Qonunchilikka ko‘ra, istalgan oilada farzand tug‘ilganda bir martalik nafaqa puli beriladi. Bu xalq tilida “suyunchi puli” deyiladi.
Ushbu “suyunchi puli” ota-ona nima ish qilishidan qatʼi nazar barcha fuqarolarga beriladi, xoh davlat ishida, xoh xususiy sektorda ishlasin, xoh ishsiz bo‘lsin, xoh talaba bo‘lsin, farqi yo‘q. Hamma oladi.
Bir necha yillar oldin ushbu “suyunchi puli”ni ishlayotganlar ish joyidan, o‘qiyotganlar o‘qish joyidan, ishsizlar esa Pensiya jamg‘armasidan olar edi.
Ammo bu tizim o‘zgarib ketganiga 4 yil bo‘ldi.
Bugungi kunda bola tug‘ilganda “suyunchi puli” olish uchun hech qayoqqa murojaat qilish shart emas. Kimgadir ariza berish ham, qayoqqadir borib uchrashish ham shart emas. Barchasi avtomatlashgan.
Bola tug‘ilganda avtomatlashgan tizimning o‘zi JShShIR raqam beradi, tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun ariza yuboradi, bog‘chaga navbatga qo‘yadi, poliklinikaga ro‘yxatga kiritadi. Xuddi shunday “suyunchi puli” ham ota-onadan birining plastik kartasiga avtomat tushadi. Yana qaytaraman, buning uchun hech qayoqqa borish yoki ariza berish shart emas.
Shu tizimni yaratishda bosh-qosh bo‘lganlarga katta rahmat, baraka topishsin.

👍12🔥1
❗️Umumta'lim fanlaridan 2025-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari
Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari yanvar, fevral, mart, aprel va may oylarida o‘tkaziladi.
Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.
Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

👍3❤1
❗️Ijtimoiy karta joriy qilinadi
Prezidentning ma’lum qilishicha, mazkur karta quyidagi imkoniyatlarni beradi:
🔹avtobus va metroda bepul yurish;
🔹elektr, gaz va oʻqish xarajatiga kompensatsiya olish;
🔹nafaqa va yordam pullari ham shu kartaga tushadi.
Shu tariqa yagona ijtimoiy karta 10 dan ortiq hujjatlar o‘rnini bosadi.
🗓 Bu tizim 2025-yil 1-iyulgacha Toshkent shahri va Yangiyoʻl tumanida sinovdan oʻtkaziladi, yil yakunigacha hamma joyda ishga tushiriladi.

👍1
❗️Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish topshirig‘i berildi
Ayni damda Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish o‘tkazilmoqda.
Yig‘ilishda, kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi. Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi. Vazir Q.Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.

👍3
❗️Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilangan. 2024-2025 oʻquv yili birinchi yarim uchun yakuniy nazoratlar 13-yanvardan 25-yanvargacha tashkillashtiriladi
@NUU_students
@NUU_students
❤6👍5
❗️Talaba almashinuvi yoki akademik mobillik haqida
Akademik mobillik – talaba yoki o'qituvchilarning mamlakatidagi yoki xorijdagi OTMlarda kelishuv asosida ma'lum muddat o'qish yoki dars berishini anglatadi.
Mobil talabalar, asosan, 2 guruhga bo‘linadi:
👉erkin harakatlanuvchilar – bunday turdagi talabalar o'z xohish va tashabbuslari bilan ta'lim olish uchun boshqa hududlarga borishadi;
👉dastur doirasidagi talabalar – bunda OTMning o'zi yoki uning biror fakulteti boshqa OTM bilan kelishgan holda talabalar uchun o'zaro almashinuv dasturlarini amalga oshiradi. Dasturlar milliy va xalqaro darajada ham bo'lishi mumkin.
Talabalar ma'lum muddat boshqa bir OTMda o'qishi uchun eng katta imkoniyat – talaba almashinuv dasturlari hisoblanadi.
Bunda talaba o'zi o'qiyotgan OTM bilan hamkor bo'lgan xorij yoki boshqa viloyatdagi OTMlaridan birida ma'lum muddat o'qib qaytishi mumkin.
Almashinuv dasturlari qisqa – 1 haftadan 3 oygacha, uzoq – 6 oydan bir yilgacha bo'lishi mumkin.
Talabalarni o'zaro almashtirish dasturi – bu turli ta'lim muassalari o'rtasida talabalarni o'zaro ma'lum muddatga almashtirish bo'yicha tuziladigan kelishuvdur. Bu kabi dasturlar oliygoh talabalarini 1 yoki 2 o'quv semestri davomida xorijda o'qish imkonini beradi. Talabalar almashinuvi oliygohlar orasida tuzilgan hamkorlik shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Bu orqali talaba boshqa viloyat yoki xorijiy OTMda bilim almashish imkoniyatiga ega bo'ladi.

❗️Bugun o'qishni ko'chirish bo'yicha arizalar qabul boshlanadi
Qishda ham o‘qishni ko‘chirsa bo‘ladimi?
✅ Ha, davlat OTMlariaro faqat 2 ta uzrli sababga asosan bo‘ladi.
Ruxsat kimlarga beriladi?
➡️ talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish istagidagilarga;
➡️ davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlarga (tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida).
Qachon hujjat topshirsa bo’ladi?
✅ 20-dekabrdan 20-yanvargacha.
Qanday hujjatlar talab etiladi?
✅Hududiy ishchi guruhlarga 20-dekabrdan boshlab quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ yuqorida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

🤝1
🧑💻Oylik 6 mlndan- 10 mlngacha ishlar! Shuningdek ushbu kanalda kunlik 200 mingdan- 500 mingacha ishlar bor! Ayni paytda Online va Oflayn IT kasblari va Davlat ishlarining barchasi ushbu
Kanalda o'tib oling va o'z joyingizni band qiling kanal havolasi pastda👇
Bu https: https://t.me/Maoshlaruz

🤝3
❗️O'zbekiston Milliy universiteti OTM talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan Intellektual olimpiadada umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallab, Prezident sovg'asi — 1 mlrd so'm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
@NUU_students
@NUU_students
👍10
❗️RASMAN: Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlash muddati 31-dekabrga qadar uzaytirildi
Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasining tegishli bayoniga muvofiq, 2024/2025 oʻquv yilida oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat va magistraturasida toʻlov-kontrakt, jumladan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar, oʻqishini koʻchirgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta-maxsus va professional taʼlim muassasalarini tamomlagan yoshlar uchun ajratilgan qoʻshimcha qabul kvotalariga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun bazaviy va tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2024-yilning 31-dekabri (shu kuni ham) etib belgilandi.

👎2👍1
❗️DARSGA KELMAGAN “AKADEMIK QARZDOR TALABA”NING KURSDAN QOLDIRILISHI (kredit-modul tizimi boʻyicha)
〽️1 ta fan uchun 6 kredit ajratilgan.
〽️1 kredit 30 soatga teng.
〽️1 ta fanning 6 krediti 180 soatga teng (6 • 30 = 180).
〽️180 soatning 40 foizi (72 soat) auditoriya soatiga, qolgan 60 foizi (108 soat) esa mustaqil taʼlimga ajratilgan.
Talaba auditoriya uchun ajratilgan 72 soatning ¼ qismini (yaʼni 18 soatni) qoldirsa, yakuniy nazoratga kiritilmaydi.
Yakuniy nazoratga kiritilmagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. Akademik qarzdor talaba kursdan qoldiriladi. Mana shu tariqa bakalavriat yoʻnalishidagi talaba 8 yil oliy taʼlim muassasasida qolishi mumkin.

❗️Talabalar stipendiyasi bo‘yicha ayrim tushuntirishlar
Yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan barcha talabalar, ayniqsa, 1-kursga kirganlar stipendiya bo‘yicha quyidagi qoidalarni bilib qo‘yishsa zarar qilmaydi:
1️⃣ Davlat grantida o‘qiydiganlar uchun:
👉 umumiy qoidaga ko‘ra, davlat grantida o‘qiydiganlarning barchasi bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi;
👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba semestr yakunida barcha fanlardan “aʼlo” (5) baho (reyting ko‘rsatkichi 86 ball va undan yuqori) olsa, unda unga stipendiyaning bazaviy miqdori 20%ga oshirilgan holda, yaʼni hozirda 621 ming 456 so‘m miqdorida stipendiya tayinlanadi;
👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba 30% va undan ortiq fanlardan “qoniqarli” (3) baho (reyting ko‘rsatkichi — 71 balldan kam) olsa keyingi semestr davomida stipendiya to‘lanmaydi.
👉 agar davlat grantida o‘qiydigan talaba barcha fanlarni to‘liq 5 bahoga yopmagan yoki 30%dan ko‘prog‘ida 3 baho olmagan bo‘lsa, unda unga bazaviy stipendiya — 517 ming 880 so‘m tayinlanadi.
2️⃣ To‘lov-kontrakt asosida o‘qiydiganlar bo‘yicha:
👉 agar talaba stipendiyali kontrakt to‘lagan bo‘lsa, unda har oy o‘zlashtirish ko‘rsatkichidan qatʼi nazar bazaviy 517 ming 880 so‘m stipendiya oladi, agar stipendiyasiz to‘lagan bo‘lsa, unda olmaydi;
👉 agar to‘lov-kontraktda o‘qiyotgan talaba semestrda barcha fanlarni “5” bahoga yopsa, unda quyidagicha stipendiya oladi:
➖ kontraktni stipendiyali to‘laganlar — 621 ming 456 so‘m (517 880 + 103 576);
➖ kontraktni stipendiyasiz to‘laganlar — 103 ming 576 so‘m (517 800 so‘mdan 20%).
Demak, hattoki stipendiyasiz kontraktda o‘qiyotgan talabalar ham barcha fanlardan “5” baho olsa, unda ularga OTMning Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi hisobidan 103 ming 576 so‘m stipendiya tayinlanadi. Stipendiyali kontraktda o‘qiyotganlarniki esa 20%ga ko‘p, yaʼni 621 ming 456 so‘m tayinlanadi;
👉 to‘lov-kontraktni stipendiyali to‘lagan talabalar sessiyani 3 yoki 4 bahoga yopishidan qatʼi nazar, ularga kafolatlangan har oylik 517 ming 880 so‘m stipendiya beriladi.
3️⃣ Alohida toifadagi talabalarning stipendiya olishi:
➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) talabalarga (grant yoki kontrakt) stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.
➖ avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qatʼi nazar to‘liq davlat taʼminotida bo‘lgan o‘zlashtirayotgan (fanlardan qarzi bo'lmagan) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori 776 ming 820 so‘m (517 800 + 258 940) miqdorda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

👍2
❗️Talabalardan olinadigan yakuniy nazoratlarning yangicha tartibi belgilandi
Universitet Kengashining 2024-yil 31-oktyabrdagi 3-sonli yig‘ilish qarori bilan quyidagilar belgilandi:
1. 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab, universitetga 1-kursga qabul qilingan kunduzgi ta’lim shakli (boshqa ta’lim shakllari uchun zaruratdan kelib chiqib) talabalari uchun yakuniy nazoratlar quyidagi tartibda:
⏺fakultetlararo o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar test shaklida;
⏺fakultetlararo o‘qitiladigan fanlardan boshqa fanlar bo‘yicha yakuniy nazoratlar yozma shaklda (shifrlash orqali) amalga oshiriladi.
2. Yakuniy nazoratlar o‘tkazilishining shaffofligi hamda ularning natijalari baholanishining obyektivligi va adolatliligini ta’minlash maqsadida:
⏺yakuniy nazoratlar O‘quv-uslubiy boshqarma tomonidan tashkil etiladi;
⏺yakuniy nazoratlarni belgilangan tartibda shifrlanishi Registrator ofisi tomonidan amalga oshiriladi.
3. Nazorat natijalari bo‘yicha baholar tegishli professor-o‘qituvchilar tomonidan yakuniy nazorat o‘tkazilgan keyin 3 kun muddatda HEMIS axborot tizimiga kiritiladi

❗️Qishki o'qishni ko'chirish uchun arizalar qayerda olinyapti?
Ariza oluvchi ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kunigacha har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) ishlaydi.
Hududiy ishchi guruhlarga quyidagi hujjatlar arizachi ishtirokida (oflayn) taqdim etiladi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruhi tomonidan beriladi va talaba tomonidan joyida to‘ldiriladi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ PQ-279-son qaror 7(v)-bandida qayd etilgan uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.

👍3❤2
❗️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til qachon tugaydi
OTM talabalariga va kollej, litsey, texnikum o'quvchilariga 7-yanvar dam olish tugab, 8-yanvardan o'qish kuni boshlanadi.
Maktab o'quvchilariga esa 12-yanvar kuni dam olish tugab, 13-yanvardan o'qish boshlanadi.
Yotoqxonalar qachondan ochiladi?
Yotoqxona qachondan ochilishini o'zingiz ta'lim olayotgan OTMdan yoki tyutorlaringizdan so'raganingiz maqsadga muvofiq bo'ladi. Sababi hammada har xil vaziyat, qaysidir OTMlarda 5dan, qaysidir OTMlardan 3dan, yana qaysidir OTMlarda 6-7-yanvardan ochilishi mumkin.

👍11
❗️Universitet Kengashining 2024-yil 28-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish qarori bilan 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab quyidagilar belgilangan:
🗄 bir o‘quv semestri (sessiya) davomida talabaning fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va universitet rektorining buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
Bunda ikkinchi oliy ta’limga yoki texnikumlarni bitirib 2-kursdan qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, akademik ta’tildan yoki akademik mobillikdan qaytish natijasida yuzaga kelgan fanlar farqi bo‘yicha akademik qarzdorliklar alohida hisobga olinadi;
🗄 talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi. Bunda, oraliq va yakuniy nazoratlar bo‘yicha akademik qarzdor talabalar uchun tashkil etiladigan bir martalik qayta topshirishdan so‘ng o‘zlashtirilmagan uchtadan ko‘p bo‘lmagan fanlardan akademik qarzdorliklar talabaning tashabbusi bilan keyingi semestr yoki yozgi semestr davomida o‘z hisobidan to‘lov asosida topshiradi;
🗄 uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotlarda o‘z vaqtida ishtirok etmagan va amaliyot hisobotlarini topshirmagan talabalar GPA ko‘rsatkichidan qat’iy nazar tegishli kursda qoldiriladi;
🗄 uzrli sabablarga asosan talaba tomonidan malakaviy amaliyot o‘tash imkoni bo‘lmaganda yozgi semestr muddatidan ko‘p bo‘lmagan (besh hafta va undan ortiq muddatda bo‘lgan amaliyotlar bundan mustasno) malakaviy amaliyotlar uchun yozgi semestr davrida talabaga amaliyot o‘tashga ruxsat etilishi mumkin;
🗄 talabalar tomonidan uzrli sabablarni tasdiqlovchi ma’lumotlar uzrli sabablar yakunlangan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda dekanatga taqdim etiladi;
🗄 talaba kassaligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra, ikki haftadan ortiq muddatda mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan taqdirda, telefon yoki boshqa aloqa vositasi (telegramma, xat) orqali dekanatni xabardor qiladi.

👍7👏1
❗️Yoshlar daftariga kirgan yoshlarga qanday yordam beriladi?
👉 tadbirkorlik, kasb-hunar, haydovchilik va kasbga qayta tayyorlov kurslarida o‘qitiladi (yoshlar ishlari agentligi hisobidan);
👉 tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun mikrokreditlar va subsidiyalar ajratiladi;
👉 ish bilan bandligi ta’minlanadi;
👉 yetakchi tadbirkorlar va usta hunarmandlarga biriktiriladi;
👉 ikkilamchi ijara huquqi asosida dehqonchilik faoliyati uchun 1 gektargacha yer maydonlari ajratiladi;
👉 “Yoshlar daftari” jamg‘armasi tomonidan moliyaviy xizmatlar ko‘rsatiladi;
👉 tibbiy, huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatiladi.

👍6❤2