O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
5.08K subscribers
2.69K photos
487 videos
224 files
1.93K links
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan.

Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi.

📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Download Telegram
❗️Talabalar kontrakt to‘lovining 35 foizi Yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilishi mumkin

“O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faol a’zosi bo‘lgan talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomda oliy ta’lim muassasalarida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalarning kontrakt to’lovining 35 foizi to’lab berilishi belgilangan.

Unga ko’ra, to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan talabalar Ittifoqning oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkiloti faoliyatida faol qatnashgan taqdirda Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlanadi.

Kimlarga moddiy yordam beriladi?


➖ bakalavriat va magistratura bosqichlarida to‘lov-kontrakt asosida kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalarga;

➖ Davlat komissiyasining qarori asosida qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosida bakalavriat bosqichiga o‘qishga qabul qilingan talabalarga ikkinchi bosqichdan boshlab.


Shuningdek, talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash ular tomonidan shartnomada belgilangan to‘lov miqdorining 65 foizini belgilangan muddatlarda to‘lash sharti bilan amalga oshiriladi.

📌Quyidagi holatlarda talabalarga moddiy yordam berilmaydi:

➖ikkinchi mutaxassislik, sirtqi va kechki ta’lim shaklida o’qiyotgan talabalarga;

➖ Harbiy xizmatni o‘tab, tavsiyanoma bilan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan va
Ittifoq tomonidan moddiy yordam ko‘rsatilayotgan talabalarga.

Da’vogar talabalarning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari Ittifoqning Markaziy Kengashi tomonidan ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

➖Har yili 1-fevral kunidan kechikmagan holda Yoshlar Kengashi talabalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha o‘z faoliyatini boshlashi lozim.

➖10-fevral kuniga qadar talabalar Yoshlar Kengashiga Ittifoq tomonidan moddiy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatilishini so‘rab ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.

➖ 10-fevraldan 15-fevralga qadar Yoshlar Kengashi da’vogar talabalarning arizalarini ko‘rib chiqadi hamda moddiy qo‘llab-quvvatlash uchun tavsiya etish bo‘yicha qaror qabul qiladi.

@NUU_students
❤3
❗️Ayrim magistratura yo‘nalishlari uchun qabul kvotalari oshiriladi.

“2026-yilda energiya samaradorligini yanada oshirish, energiya resurslarini tejash va ulardan oqilona foydalanishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–70-son, 29.04.2026-y.) qabul qilindi.

Unga ko‘ra, 2026-yil 1-sentyabrgacha oliy ta’lim tashkilotlarida energiya samaradorligiga oid amaliy bilim va ko‘nikmalarni shakllantiruvchi mavzular o‘quv dasturlariga kiritiladi hamda amaliyotga joriy etiladi.

Shuningdek, texnika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalarida “Energiya tejamkorligi va energoaudit” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha qabul kvotalari 2026/2027-o‘quv yili uchun 25 foizga oshiriladi.

@NUU_students
👍2❤1
❗️O'qishni ko'chirish bo'yicha!

Aytishlaricha, abituriyent sifatida 5 ta OTM tanlab, boshqa viloyatga oʻqishga kirib qolgan xotin-qizlar istisno tariqasida oʻz hududidagi oliygohlarga oʻqishni koʻrishlariga ruxsat berilishi rejalashtirilmoqda.

@NUU_students
❤5👎2👏2
❗️Ijarada turadigan talabalar diqqatiga!

🗓 1-may sanasidan boshlab ijara shartnomaga kompensatsiya olish uchun ariza berish ochildi. Ushbu jarayon har doimgidek, oyning 7-sanasiga qadar davom etadi.

Talabalar my.gov.uz portali orqali ushbu xizmatdan foydalanib, ariza yuborishlari mumkin.

✅ Xizmatdan foydalanishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilmaydi — barcha ma’lumotlar tizim orqali avtomatik tekshiriladi.

Ariza tasdiqlangach, ijara to‘lovining bir qismi qoplab beriladi:
👉 Toshkent shahrida yashovchilar uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari — 412 ming so‘m,
👉 Viloyatlarda yashovchilar uchun esa bazaviy hisoblash miqdorining yarim baravari — 206 ming so‘m.

Ijara shartnoma uchun arizani, aslida, istalgan kunda yuborsangiz bo‘ladi. Faqat oyning 7-sanasiga qadar yuborilgan so‘rovlargagina mazkur oy uchun shartnoma miqdorining ma’lum qismi qoplab beriladi. Ya’ni hatto 8-sanada ariza yuborsangiz ham keyingi oyga qolib ketasiz.

⚠️
Eslatma: kompensatsiya olish uchun ijara.soliq.uz saytida hisobga qo’yilgan ko’chmas mulk ijara shartnomasi bo’lishi kerak. Aks holda, to‘lov qoplab berilmaydi.

❗️Ushbu imtiyoz faqat davlat oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun amal qiladi.

Xizmatdan quyidagi havola orqali o‘tib foydalanishingiz mumkin:
https://my.gov.uz/uz/service/1310

@NUU_students
❤1👍1
❗️Iqtisodiyot ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Bu ta’lim yoʻnalishida quyidagi mutaxassisliklarga ega boʻlasiz.
👉 Davlat moliya boshqaruvchisi;
👉 korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori mutaxassisi;
👉 investitsiyalarni boshqaruvchi
xalqaro moliyachi;
👉 bank xodimi;
👉 bank hisobchisi va auditor buxgalter;
👉 byudjet hisobchisi menejeri.

@NUU_students
🔥3❤1👍1😁1
❗️5 yil ish stajiga ega xotin-qizlarga tavsiyanoma qachondan boshlanadi?

Hurmatli xotin-qizlar!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 16-sentabrdagi PQ-286-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida, joriy yilda oliy taʼlim muassasalariga kirish uchun quyidagi toifadagi xotin-qizlarga tavsiyanomalar berish jarayoni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshirilishi belgilangan:

mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat staji bor, ammo oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar (qo‘shimcha to‘lov-kontrakt asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun).

➖ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar (qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun).

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi
ma'lum qilishicha hozirgi vaqtda mazkur xizmatlarni tizimda to‘liq va sifatli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha texnik sozlash hamda amaliyotga joriy etish ishlari yakunlanmoqda.

@NUU_students
❗️Talabalar endi stipendiya ma’lumotlarini onlayn ko‘rishlari mumkin!

HEMIS
tizimiga talabalarga stipendiya to‘langanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Billing tizimidan olib ko‘rsatish funksiyasi qo‘shildi. Endilikda har bir talaba o‘ziga to‘langan mablag‘larni o‘quv yillari kesimida mustaqil kuzatib borishi mumkin.

❓Ma’lumotlarni qanday ko‘rish mumkin?

1️⃣ Talaba profilida:

• Moliyaviy to‘lov/stipendiya hisobi sahifasiga o‘tiladi;
• Bu yerda har bir talaba o‘ziga haqiqatda to‘langan stipendiyalar ro‘yxatini ko‘radi;
• O‘quv yili filtri yordamida o‘tgan yillardagi ma’lumotlarni ham saralash mumkin.

2️⃣ Mas’ul xodim profilida:

• Tashqi xizmatlar/stipendiya hisobi sahifasida barcha talabalar ro‘yxati bilan tanishish mumkin;
• Sinx tugmasi orqali ma’lumotlarni Billing tizimi bilan yangilash imkoniyati mavjud.

‼️ MUHIM: Ushbu ma’lumotlar ham my.hemis.uz platformasida, ham HEMIS mobil ilovasida aks ettiriladi.

@NUU_students
😁2💯1
❗️O'qishni ko'chirishda kerakli hujjatlar

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish uchun:
➖ Pasport
➖ Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
➖ Ayrim hollarda akkreditatsiya yoki litsenziya

Davlat OTMlari ichida o'qishini ko'chirish uchun:
➖ Pasport
➖ Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)

Uzrli sababga ko'ra,

1) Nikoh guvohnomasi, turmush o'rtog'ingiz pasporti
2) Ota-onangiz ish joyidan maʼlumotnoma

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga


@NUU_students
👍1
❗️Super-kontrakt miqdorini rektor belgilaydi

🇺🇿 Hukumat qaroriga asosan endi super-kontrakt miqdori oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadi. Avval bu vakolat Davlat qabul komissiyasida edi.

Oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriatiga oʻqishga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 74-bandiga koʻra: Kirish imtihonlari (test sinovlari, kasbiy (ijodiy) imtihon)da toʻplagan ballari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadigan minimal balldan kam boʻlmagan, belgilangan qabul parametrlari doirasida hamda qoʻshimcha qabul asosida qabul qilinmagan va oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarga birinchi oʻquv yilida amalda oʻrnatilgan toʻlov-kontrakt miqdoriga nisbatan oliy taʼlim tashkiloti rektori (direktori) tomonidan belgilanadigan super-kontrakt miqdorida toʻlovni amalga oshirish sharti bilan oʻqishga kirish huquqi beriladi.

Bunda qabul chegaralariga 4,05 balldan ortiq ball yetmagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari oliy taʼlim muassasalari rektorlari (direktorlari) tomonidan bazaviy toʻlov-kontraktning 3,0 barobaridan kam boʻlmagan miqdorda belgilandi.

@NUU_students
❤2👍2😁1🏆1
❗️Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?

✅Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.

Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.

Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.  

Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.


❓Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.
❤7😁4🔥2👏1
❗️Kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun 2025–2026-o‘quv yilining bahorgi semestr yakuniy nazoratlari 12-may sanasidan boshlanadi.

- Yakuniy nazoratga barcha talabalar pasport yoki ID karta bilan kelishlari shart.
- Yakuniy nazoratga kech kelgan talabalar auditoriyaga kiritilmaydi.
- Jadvalda ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 30 daqiqa oldin kelishingiz so‘raladi.

@NUU_students
😁14❤9
❗️Ijarada turuvchi talabalar soni 100 mingdan oshdi

Soliq qo'mitasining "E-ijara" tizimi ma'lumotlariga ko'ra, bugungi kunda talabalar bilan jami 77 883 ta rasmiy ijara shartnomasi imzolangan. Ushbu shartnomalar asosida jami 108 741 nafar talaba turar joy bilan ta'minlangan bo'lib, bu bitta shartnoma o'rtacha bir nechta talaba uchun xizmat qilayotganini ko'rsatadi.

Statistikaga ko‘ra, ijara shartnomalarining eng katta qismi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keladi. Hozirgi kunda barcha rasmiy ijara shartnomalarining 36,4 foizi aynan poytaxtda tuzilgan. Bu esa Toshkentda talabalar soni ko‘pligi sababli ijara uylariga talab yuqori ekanini ko‘rsatadi.

Shuningdek, 2026-yilning dastlabki uch oyida talabalarga uy-joy ijaraga bergan fuqarolar 28,3 mlrd so‘mlik soliq imtiyozidan foydalangan.

@NUU_students
❤6
❗️Bugundan sessiyalar boshlandi. Hammaga omad!

@NUU_students
❤38🏆15🤔8👍4🔥3👎2
Forwarded from Boqiy.uz RASMIY (Sherzodjon Sodikov)
💥💥💥 BILIM ULASHING, BEPUL SOVG`ALAR EGASI BO`LING.

Sovg`alar BEPUL!
Yetkazib berish BEPUL!
Foydalanish BEPUL!


✨Ta’limga asoslangan ijtimoiy tarmoq — biz hech kimni o‘qitmaymiz va o`rgatmaymiz, faqat bilim ulashishni rag‘batlantiramiz.


Boshlash juda oddiy:
➡️ Bilimingizni post qiling
➡️Sovg‘alarni qo‘lga kiriting

🌐 www.Boqiy.uz

✉️ @Sodikov_Sherzod
📞 33-770-9095

💱 Bilim — boqiy boylik!

🔁 Do‘stlaringiz bilan ulashing!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1👏1💯1
❗️O'qishni ko'chirishda kerakli hujjatlar

Xorijiy va nodavlat oliygohlardan o'qishni ko'chirish uchun:
➖ Pasport
➖ Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
➖ Ayrim hollarda akkreditatsiya yoki litsenziya


Davlat OTMlari ichida o'qishini ko'chirish uchun:
➖ Pasport
➖ Transkript yoki zachotka (pdf yoki rasm holatda sifatli)
Uzrli sababga ko'ra

,
1) Nikoh guvohnomasi, turmush o'rtog'ingiz pasporti
2) Ota-onangiz ish joyidan maʼlumotnoma


Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:
👉 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.
❗️B1 darajadagi sertifikatlar chet tili ikkinchi fan bo'lsa ham imtiyoz beradi

Chet tilidan B1 sertifikatiga ham bo‘lganlarga ham imtiyoz berilishi bo‘yicha yangilikdan keyin ko‘pchilik abituriyentlar Telegram botimiz (@uztdibot)ga yozib "B1 sertifikati faqat chet tili birinchi bo‘lsa ham amal qilar ekanku?" deb so'rashmoqda. Shuningdek, lex.uz dagi 578-son qarorda hali o‘zgarish ko‘rinmayotganini yozishmoqda.

Yuqorida qarordan o‘sha joyini belgilab ko‘rsatilgan.

Hukumatning 2026-yil 28-yanvardagi 32-sonli qarori bilan 2025-yil 13-sentyabrdagi Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qarori bilan nizomga o‘zgartirish kirildi.

Qarorning to‘liq matni bilan quyida tanishish mumkin: 👉 https://t.me/uztdi/10621

@NUU_students
❤1👍1🔥1👏1💯1