Forwarded from NAVOIY.UZ | Navoiy viloyati hokimligi
Bitiruvchilarga diplomlar tantanali topshirildi
Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy davlat universitetini bakalavr va magistratura bitiruvchilariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi — “Bitiruvchi - 2026” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tantanali marosimni Navoiy davlat universiteti rektori, professor Muxiddin Kalonov ochib berib, bitiruvchilarni oliy ta’limni muvaffaqiyatli yakunlaganliklari bilan samimiy muborakbod etdi va ularga kelgusi mehnat faoliyatida ulkan yutuqlar, yuksak marralar, Vatan taraqqiyoti yo‘lida munosib xizmat qilishlarini tiladi.
Tadbir davomida o‘qish va jamoat ishlarida yuqori natijalarga erishgan iqtidorli bitiruvchilar munosib taqdirlandi hamda bakalavr va magistratura bitiruvchilariga oliy ma’lumot to‘g‘risidagi imtiyozli diplomlar tantanali ravishda topshirildi.
Joriy o‘quv yilida universitetni 35 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 4 662 nafar hamda 18 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 227 nafar, jami 4 889 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi.
Axborot xizmati
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Dustlik bayrogi.uz
🔰🔰Читайте очередной №35 газеты “Знамя дружбы” от 3 сентября 2026 года.
▶️ Подписывайтесь на канал:👇👇
https://t.me/dustlikznamya_uz
▶️ Подписывайтесь на канал:👇👇
https://t.me/dustlikznamya_uz
Diqqat, diqqat!
BEPUL turk tili kursiga marhamat!
Turk tilini o‘rganishni niyat qilgan-u, lekin qayerdan boshlashni bilmayotganlar uchun ajoyib imkoniyat!
Sizni yangi ochilgan "NAVOIY TURK TILI" guruhimizga taklif qilamiz!
Guruhimizda sizni nimalar kutmoqda:
* 📚 100% mutlaqo bepul turk tili darslari va qo‘llanmalari;
* 🗣 Har kuni qiziqarli onlayn muloqot va so‘zlashuv amaliyoti;
* 📝 Foydali kundalik lug‘atlar va so‘z boyligini oshirish uchun materiallar;
* 🎯 Boshlang‘ich bosqichdan boshlab mukammal o‘rganish imkoniyati.
Hech qanday to‘lovsiz, o‘z uyingizdan chiqmagan holda turk tilini mukammal o‘rganing!
👉 Vaqtni boy bermang, do‘stlaringizni ham taklif qiling va darhol darslarga qo‘shiling!
📌 Guruh havolasi:
https://t.me/navoiyturktili

👍2
Forwarded from Edu.uz
#Qonunçilik_yangiliklari
🔰Özbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisidagi Özbekiston Respublikasi Qonuniga özgartiriş kiritiş haqida”gi Qonuni (ÖRQ–1184-son, 21.10.2026-y.) qabul qilindi.
✅ Qonunga köra, Özbekiston Respublikasida lotin yozuviga asoslangan, 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat özbek alifbosi joriy etiladi.
🔎 Mazkur özgartirişga muvofiq, alifbo 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi örniga 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan taşkil topadi.
⤵️ Alifbo tarkibi:
A a, B b, D d, E e, F f, G g, Ğ ğ, H h, I i, J j, K k, L l, M m, N n, O o, Ö ö, P p, Q q, R r, S s, Ş ş, Ç ç, T t, U u, V v, X x, Y y, Z z va ’ (tutuq belgisi).
📜 Şuningdek, Qonunda quyidagilar belgilandi:
▪️ Qonun kuçga kirguniga qadar lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosida rasmiylaştirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qoğozlarda takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölişi ularning amal qilişiga va muomalada bölişiga monelik qilmaydi;
▪️ davlat organlari va taşkilotlarining takomillaştirilgan harflarning avvalgi şakli mavjud bölgan ramziy belgilari va boşqa atributlaridan, ularning binolarida aks ettirilgan davlat gerbining börtma tasviridan, geografik obyektlarning nomlari tuşirilgan peşlavha va körsatkiçlardan hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan boşqa aşyolar va manbalardan ular yaroqsiz holatga kelib qolguniga yoxud Qonun ijrosiga doir çora-tadbirlar dasturida belgilangan muddatga qadar foydalaniladi.
✳️ Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy ötgaç kuçga kiradi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
❗️ Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosi 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat böladi

👍1
#munosabat
O‘zbek alifbosini takomillashtirish — milliy o‘zlik va kelajak poydevori
Navoiy davlat universiteti Registrator ofisi direktori, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilorom Shamsiyeva
O‘zbek alifbosini takomillashtirish — milliy o‘zlik va kelajak poydevori
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi ayrim harflar shakliga tuzatish kiritish haqidagi qonunning imzolanishi mamlakatimiz ma’naviy va madaniy hayotida muhim voqea bo‘ldi.
Ushbu islohot davlat tilining mavqeyini mustahkamlash, rasmiy ish yuritish tizimini takomillashtirish va raqamlashtirish jarayonlarini soddalashtirishga xizmat qiladi. Unifikatsiya qilingan alifbo davlat organlarida hujjatlar aylanmasi va axborot tizimlari samadorligini sezilarli darajada oshiradi.
Men bu o‘zgarishlarni xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan amaliy qadam deb bilaman. Bu shunchaki texnik tuzatish emas, balki jamiyatimizda uzoq yillardan buyon muhokama qilib kelinayotgan taklif va tashabbuslarning qonuniy yechimidir.
Harflar shaklining takomillashtirilishi tilimizning fonetik xususiyatlarini to‘liq aks ettirishga, imlo qoidalarini soddalashtirishga va yozuvimizni xalqaro standartlarga moslashtirishga yordam beradi.
Til millatning ruhi va ma’naviy ustunidir. Alifboni takomillashtirish orqali biz kelajak avlod uchun yanada qulay, zamonaviy va mukammal yozuv tizimini meros qoldirmoqdamiz. Ushbu muhim qadam va tarixiy qaror yurtimiz va tilimiz ravnaqi uchun xayrli bo‘lsin!
Navoiy davlat universiteti Registrator ofisi direktori, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Dilorom Shamsiyeva
👍2
📢 ILMIY MAQOLALAR QABUL QILINMOQDA!!!
NAVOIY DAVLAT UNIVERSITETI AXBOROTNOMASI
Ilmiy-elektron jurnali
OLIY ATTESTATSIYA KOMISSIYASI (OAK) RÖYXATIGA KIRITILDI!
ÖzR OAK Rayosatining 2026-yil 24-sentabrdagi 390/3-son qaroriga muvofiq, “Navoiy davlat universiteti axborotnomasi” ilmiy-elektron jurnali filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) dissertatsiyalarining asosiy ilmiy natijalarini çop etiş tavsiya etilgan milliy-ilmiy naşrlar röyxatiga kiritildi.
📚 JURNAL QUYIDAGI YÖNALIŞLARDA MAQOLA QABUL QILADI:
1. IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR
Filologiya, tarix, falsafa, iqtisodiyot, huquqşunoslik, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, siyosatşunoslik, madaniyatşunoslik hamda boşqa ijtimoiy-gumanitar yönalişlarga oid ilmiy tadqiqotlar.
2. ANIQ VA TABIIY FANLAR
Matematika, fizika, kimyo, biologiya, geografiya, informatika, texnika fanlari, energetika va boşqa aniq hamda tabiiy fanlar sohasidagi ilmiy tadqiqotlar.
3. ILĞOR PEDAGOGIK VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
Taʼlim metodikasi, raqamli taʼlim, zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondaşuvlar va taʼlim samaradorligini oşirişga qaratilgan ilmiy işlanmalar.
📌 JURNAL HAQIDA
🌐 Naşr şakli: ilmiy-elektron jurnal
🌍 Maqolalar tili: özbek, rus va ingliz tillari.
Maqolalarni elektron tarzda yuboriş:
https://t.me/drano1979
https://t.me/JabborovaDilafruz
📍 Navoiy şahri, Ibn Sino köçasi, 45-uy.

🏅 OAK RÖYXATIGA KIRITILGAN FILOLOGIYA YÖNALIŞLARI
10.00.01 — Özbek tili
10.00.02 — Özbek adabiyoti
10.00.03 — Qoraqalpoq tili
10.00.04 — Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
10.00.05 — Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
10.00.06 — Qiyosiy adabiyotşunoslik, çoğiştirma tilşunoslik va tarjimaşunoslik
10.00.07 — Adabiyot nazariyasi
10.00.08 — Folklorşunoslik
10.00.09 — Jurnalistika
10.00.10 — Matnşunoslik va adabiy manbaşunoslik
10.00.11 — Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi
10.00.12 — Qoraqalpoq adabiyoti
📌 JURNAL HAQIDA
🌐 Naşr şakli: ilmiy-elektron jurnal
🌍 Maqolalar tili: özbek, rus va ingliz tillari.
Maqolalarni elektron tarzda yuboriş:
https://t.me/drano1979
https://t.me/JabborovaDilafruz
📍 Navoiy şahri, Ibn Sino köçasi, 45-uy.
👍1
Xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga maqsadli qabul kvotalari uchun imtihonlarga ruxsatnomalar e’lon qilindi
Xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 1 452 ta, şuningdek, qoraqalpoğistonlik yoşlarga xorijiy va nodavlat oliy taʼlim taşkilotlari hamda ularning filiallariga ajratilgan 200 ta maqsadli kvota uçun bölib ötadigan imtihonlarga ruxsatnomalar eʼlon qilindi.
Test sinovlari 2026-yil 28-oktabr (çorşanba) kuni bölib ötadi.
Test sinovida iştirok etuvçi talabgorlar test sinovlarida iştirok etiş uçun ruxsatnomani my.uzbmb.uz saytidagi şaxsiy kabinetlari orqali yuklab olişlari mumkin.
Ruxsatnomada test sinovi ötkaziladigan sana, manzil va vaqt körsatilgan bölib, talabgorlardan test sinovlariga ruxsatnomada körsatilgan vaqtdan keçikmagan holda kelişi söraladi.
Talabgorlar test sinovlari bölib ötadigan binoga şaxsini tasdiqlovçi hujjat (pasport yoki ID-karta) asosida kiritiladi.
Talabgorlardan imtihonga ortiqça buyumlar (elektron qurilmalar, sumka, kitob, daftar, yozuv qurollari, içimlik, ovqat, şaxsiy buyumlar va boşqalar) olib kelmaslik söraladi.
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍1
25-OKTABR – ICHKI ISHLAR ORGANLARI XODIMLARI KUNI
Hurmatli Ichki ishlar organlari xodimlari!
Sizlarni va xizmat burchini bajarish chog’ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni, shuningdek, Navoiy davlat universiteti profilaktika inspektorlarini kasb bayramlari bilan chin qalbdan samimiy tabrik izhor etamiz!
Vatanimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash, fuqarolarimizning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas’uliyatli, shu bilan birga sharafli xizmat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

🎉1