NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Rektor va talabalar uchrashuvi boʻlib oʻtdi

⚡️Kecha xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida talaba-yoshlar bilan sayyor qabul uchrashuvlari boshlangan edi.

✔️Bugun, 4-fevral kuni ana shunday uchrashuvlar Sanʼatshunoslik, Tarix, Fizika-texnologiyalar, Jismoniy madaniyat, Oʻzbek tili va adabiyoti hamda Ingliz tili va adabiyoti fakultetlari talaba-yoshlari bilan oʻtkazildi.

Unda barcha sohalar kabi oliy taʼlim tizimidagi tub oʻzgarishlar, talabalar uchun berilayotgan imtiyozlar, grandlar haqida soʻz bordi. Shuningdek, talabalar tomonidan ham bir qator takliflar ilgari surilib, aksariyat takliflar to'liq qo'llab-quvvatlandi. Ba'zi takliflar esa o'rganilib, nazoratga olinishi ta'kidlab o'tildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Taklif

➖"Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatlarining boshqa institutlari bilan memorandum imzolash va bu orqali institut talabalarini grand loyihalarga keng jalb qilish", - Tarix fakulteti talabasi Ilhomjon Toshpo'latov

#Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
#Taklif

➖“Institutimizda rektor stipendiyasini joriy qilish", - Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Umeda Raxmonova

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Taklif

➖"Taklifim shundan iboratki, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Ajiniyaz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutlarida "Ibrayim Yusupov", "Berdaq" hamda "Ajinyaz" nomidagi davlat stipendiyalari mavjud. Agar, adashmasam bu stipendiyalar faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududidagi oliy ta'lim talabalari uchun belgilangan. Qoraqalpog‘istondagi ushbu oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda shu stipendiyalarni bizni institutimizdagi Qoraqalpoq tili va adabiyot va Boshlang‘ich ta'lim qoraqalpoq guruhlarida ta'lim oluvchi talabalar uchun ham joriy qilinsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi", - Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Shaxsanem Orazbayeva

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Taklif

➖"Debatning turli formatlarda va chet tillarida turnirlar tashkil etish", Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Jalolova Lobarxon

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Taklif

➖"Yil tarbiyachisi 2019" kasbiy ko'rik tanlovi respublika bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritib, imtiyoz asosida, grant asosida Maktabgacha ta'lim yo'nalishi sirtqi shakliga talabalikka qabul qilinganman. O'qishimni kunduzgi ta'lim shakliga o'zgartirganimda grantdan to'lov kontraktga o'zgardi. Taklifim shundan iboratki, imtiyoz asosida o'qishga qabul qilinganlarning imtiyozi saqlanib qolinsa..", Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi Oygul Hodiyeva

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Taklif

➖“Oʻzbek milliy maqom sanʼatiga boʻlgan talabni talaba-yoshlar oʻrtasida oshirish va yanada rivojlantirish maqsadida institutimizda maqom toʻgaragi va mashgʻulot xonasi tashkil qilish”, San'atshunoslik fakulteti talabasi Nazokat Abdiyeva

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Инфографика — ҳар куни!

Миллиардерлар энг кўп қаерда яшайди❓
Қаерларда гўшт кўп ейилади❓
Қанча одам ўзини демократик давлатда яшайман, деб ҳисоблайди❓
Қайси давлатларда неча дақиқада бир финжон қаҳва пулини ишлаб топиш мумкин❓

Бу каби саволларга жавобларни ушбу 👉каналдан топасиз.

Муҳим мавзулар, қизиқарли фактлар бари — инфографика шаклида.

Уланинг! Ҳар куни
— Инфографика!
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Nodirbek UMAROV (NavDPI))
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ibratli hikoya...

@NavDPI_YI
🔰Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari oʻrtasida “Maʼrifat maydoni” koʻrik-tanlovning viloyat bosqichi boʻlib oʻtdi

✔️Jamoalar 3 ta shart: “Adib hayoti”, “Tezkor savol-javob”, “Adiblar hayoti va ijodidan teatrlashtirilgan kompozitsiya” deb nomlangan shartlar bo‘yicha o'zaro bellashdilar.

➡️Yakuniy natijalarga ko'ra NavDKTU jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi va tanlovning keyingi bosqichiga yo'l oldi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy