NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_olimpiada

♻️ “15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida

🔰 “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

➡️ Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:

1️⃣-bosqich 2023-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida test savollari;

2️⃣-bosqich 2023-yil 10-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 30 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.

💻 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda.

Batafsil ma’lumot:
🌐 antimon.gov.uz rasmiy sayti
📞 (71) 207-47-00 (321)

website | facebook | telegram | youtube | instagram |Twitter
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik harakatlarini sodir etganlarga qo‘llaniladigan jazo choralarini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

“Yuksalish” umummilliy harakati ijrochi direktori Askar Mamatxanov qonun loyihasi haqida batafsil gapirib berdi.

Siz ham 👉Yuksalish tarafdorlariga qo‘shiling!

@uzbyuksalish
#Xushxabar

⚡️2023-yil 2-mart kuni #NavDPI Rus va qozoq filologiyasi fakulteti dotsenti Raxmanova Albina Xodjayevna "Коранические мотивы в русской литературе как явление межкультурной коммуникации (А.С.Пушкин, М.Ю.Лермонтов, И.А.бунин)" - (“Rus adabiyotidagi qur’oniy motivlar madaniyatlararo kommunikatsiya hodisasi sifatida") mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda 💯% ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

👏💐Institut rahbariyati va jamoasi nomidan Albina Rahmanovani samimiy tabriklaymiz. Keyingi faoliyatlarida ham yuksak natijalar tilaymiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#teatr

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi.

Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti jamoalari o‘rtasida bo'lib o'tgan hududiy bosqichda Navoiy davlat pedagogika instituti jamoasi “Teskari dunyo” spektakli bilan faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritdi.

👏Jamoamizning ushbu yutug‘i bilan tabriklaymiz. Tanlovning mintaqaviy bosqichida ham omad tilaymiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Yubiley

Adabiyotshunos olim Abdulhamid Xolmurodov - 70 yoshda!

🔰Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti professori, adabiyotshunos olim Abdulhamid Oripovich Xolmurodov tavalludining 70 yilligiga bagʻishlangan “Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari: tadqiq, tahlil va yangicha yondashuv” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.

Ushbu anjumanni NavDPI rektori, professor Bahodir Sobirov ochiq deb eʼlon qilib, ustoz A.Xolmurodovning hayot va ijodiy faoliyati toʻgʻrisida samimiy fikrlarini izhor etdi. Shu bilan birga ustozga oʻzining yubiley sovgʻasini inʼom etdi.

Shuningdek, respublikamizning turli oliy taʼlim muassasalaridan tashrif buyurgan va onlayn tarzda ishtirok etgan bir guruh mehmonlar oʻzlarining iliq fikrlari bilan oʻrtoqlashib, A.Xolmurodovni 70 yoshli yubileyi bilan muborakbod etishdi.

Hamkasblari, shogirdlari va oila aʼzolarining samimiy tilaklari ushbu tadbirga yanada fayz kiritdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy