NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
#Diqqat_trening
#Nodirbek_Umarov

Inson hech qachon bitta nuqtada muqim turmaydi. O‘z ustizda ishlamayapsizmi demak orqaga ketyapsiz, shaxsiy rivojlanish yo‘lidamisiz unda oldinga harakatdasiz.

2023-yil 28-mart kuni 16:30 da Navoiy shahridagi "Yoshlar markazi" binosida Nodirbek Umarovning "Taym menejment yohud hamma narsaga ulgurish san'ati" mavzusidagi seminar-treningga taklif etamiz.

Shoshiling, treningda ishtirok etish bepul.

@Nodirbek_Umarov
#yangilanayotgan_konstitutsiya

BOSH QOMUSIMIZ – TINCHLIGIMIZ VA FAROVON TURMUSHIMIZ ASOSI

Navoiy viloyati soliq boshqarmasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga oid tadbir tashkil etildi.

Ushbu targ'ibot tadbirida Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti Murod Rahmatov “Yangi O‘zbekistonda yangilanayotgan konstitutsiya” mavzusida taqdimot o‘tkazib, Konstitutsiyaga kiritilayotgan yangiliklar, yangi moddalarning kiritilayotgani bu asosiy qonunimizning yanada mukammal va xalqchil qomusga aylanayotganini anglatishini ta’kidladi.

Shuningdek Murod Rahmatov Markaziy bank Navoiy viloyati boshqarmasi, Navoiy shahar va Karmana tumani tijorat banklari xodimlariga konstitutsiyaviy islohotlar mazmun-mohiyati va 30-aprelda bo'lib o'tadigan Referendum bo'yicha ma'ruza qilib, tushuntirishlar berdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#TAYINLOV

Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrugʻi bilan Norbekov Azamat Ostanqulovich Matematika-informatika fakulteti dekani vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

A.Norbekov 1979-yil 27-iyunda Samarqand viloyati Qo'shrabot tumanida tugʻilgan. 2004-yilda Navoiy davlat pedagogika institutini bakalavr, 2010-yil magistratura bosqichlarini tamomlagan. Pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD).

Mazkur tayinlovga qadar Azamat Norbekov informatika kafedrasi katta oʻqituvchisi lavozimida faoliyat olib borgan.

Institut jamoasi nomidan Azamat Ostanqulovichga kuch-quvvat, ilm yoʻlida muvaffaqiyat tilaymiz.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#TAYINLOV

Navoiy davlat pedagogika instituti rektorining tegishli buyrugʻi bilan Qurbonov O'ktam Davronovich Bosh hisobchi lavozimiga tayinlandi.

Oʻ.Qurbonov 1969-yil Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida tavallud topgan. Maʼlumoti boʻyicha mutaxassisligi: iqtisodchi. 2005-yilda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Oʻktam Qurbonov Karmana tumani qishloq xoʻjaligi kasb-hunar kollejida bosh hisobchi, oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlim boshqarmasida bosh hisobchi, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vazirligida hisobchi, Oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim markazi metrologiya nazorat xizmati bosh mutaxassisi, Navoiy viloyati jamoat salomatligi texnikumida moliya-iqtisod ishlari boʻyicha direktor oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Referendum — deputat — talabalar

🔰Navoiy davlat pedagogika institutida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o'zgartirish va qo'shimchalar muhokamasiga bag'ishlangan targ'ibot tadbiri o'tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi deputati Bahodir Sobirov va Respublika “Maʼnaviyat targ'ibotchilari jamiyati” aʼzosi X.Qurbonov tomonidan Konstitutsiyaga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar, yangi qonun moddalarining mazmun va mohiyati toʻgʻrisida tushuntirishlar berildi. Talabalarning ijodiy faoliyatlaridan sherlar oʻqilib, tadbirga ko'taringilik ulashildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Befarq_emasman
#o'zmaqsadlaringnibil

📹Navoiy davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti fakultetida "Referendum—2023: Kelajaging uchun ovoz ber!" shiori ostida "Referendum va yoshlar" forumi bo'lib o'tdi

NAVDPI MATBUOT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy