NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
“Momolarim kiygan liboslar” mavzuida davra suhbati boʻlib oʻtdi

2023-yil 4-aprel kuni Navoiy davlat pedagogika instituti tuzilmasidagi “Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi”da, Xotin-qizlar masalalari boʼyicha rektor maslahatchisi Nasiba Tursunova, O'zbek tili va adabiyoti fakulteti talabalari, professor-o'qituvchilari ishtirok etdi.

Unda fakultetning 1- va 2- bosqich talabalari tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi. Fakultet pedagoglari esa milliy liboslar, momolarimiz odatlari haqida fikrlar bildirishdi.

https://t.me/navdpi_xotinqizlari
An'anaviy STEM tanlovi

🇺🇿O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-martdagi PQ-5032-son qaroriga muvofiq, har bir viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida “STEM” fizika klublarini tashkil etish vazifasi belgilangan edi.

Shunga binoan, 2021-yil 1-noyabrdan boshlab Navoiy viloyati "Barkamol avlod" bolalar maktabida "STEM" klubi o’z faoliyatini boshladi. Klub rahbari etib Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sohibasi Gulhayo Sayfullayeva tayinlandi.

Bugungi kunda ushbu klub "Kichik tadqiqotchiman" an'anaviy tanlovini o’tkazib kelmoqda. Bugun tanlovning 3-bosqichi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Navoiy viloyati Yoshlar ishlari agentligi, Navoiy davlat pedagogika instituti va Navoiy viloyat Barkamol avlod bolalar maktabi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda jami 70 nafar ishtirokchi qatnashib, yakunda faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan kitob va diplomlar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.
#referendum

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti “Sanʼatshunoslik” fakultetida “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya oʻzimizniki” nomli targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi

Tadbirda Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Inna Korjikova, institut birichni prorektori Xurshid Qurbonov, Tarix fakulteti kafedra mudiri, dotsent Aziza Aminova, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi, shoir Jahongir Yorqin, fakultet rahbariyati va talabalari ishirok etib, Konstitutsiyaning hayotimizdagi oʻrni va ahamiyati, yangi bob va moddalarning mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtaldi. Yangilanayotgan konstitutsiya aholi, ayniqsa yoshlar ongu shuurida Vatanga sadoqat, qonunlarimizga hurmat tuygʻusini mustahkamlash maqsadida isloh qilinayotganligi taʼkidlandi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy