NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
🟦🟦🟩🟩

🏛Respublikamizning barcha Oliy ta’lim muassasalarida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yoşlar.edu.uz
#dayjest

✅9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan o'tkazilgan tadbirlar:

🗣O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi tashabbusi bilan qator urush va mehnat fronti faxriylari, nuroniylar, xolidan xabar olindi.

🗣Denov tadbirkorlik va pedagogika institutida “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

🗣Urganch davlat pedagogika institutida “Ajdodlarni xotirlash – muqaddas qadriyat” mavzusida adabiy kecha bo‘lib o‘tdi hamda talabalar “Xotira maydoni”ga tashrif buyurdilar.

🗣Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish institutida “Xotira muqaddas – xotira sharaf” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

🗣Andijon davlat universitetida “Sharaf lentasi” targ‘ibot aksiyasi tashkil etildi va “Inson aziz – xotira muqaddas” mavzusida rasmlar tanlovi o‘tkazildi.

🗣Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali talaba-yoshlari Urganch shahridagi Motamsora ona yodgorligi majmuasiga bordilar.

🗣Toshkent davlat agrar universitetida “Uch avlod uchrashuvi” hamda “Oltin meros fondi” o‘tkazilib, ushbu munosabat bilan sharaf lentalari taqildi.

🗣Navoiy davlat pedagogika institutida ”Barhayot xotiralar” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir munosabati bilan “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.

🗣Andijon davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti a’zolari institut bo‘ylab sharaf lentalari tarqatishdi.

🗣Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali jamoasi muassasaga yaqin hududlarda yashovchi mehnat faxriylari va nuroniylar holidan xabar oldi.

🗣Qo‘qon davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan “Turon” madaniyat markazida bayram munosabati bilan adabiy-badiiy tadbir tashkil etilib insholar tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

🗣Buxoro davlat pedagogika institutida “Inson qadri – oliy qadriyat” darajasida nomli tadbir o‘tkazildi va hududda istiqomat qilayotgan faxriylar xonadonlarida bo‘lishdi.

🗣Shahrisabz davlat pedagogika institutida “Xotira abadiy – qadr muqaddas” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🗣Farg‘ona politexnika instituti jamoasi ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar olishdi.

🗣Toshkent moliya institutida “Xotira muqaddas – inson qadri aziz” nomli tadbir tashkil etildi.

🗣Jizzax politexnika institutida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida “Ikkinchi jahon urushi xotiralarda” mavzusida ijodiy ishlar tanlovi tanlov o‘tkazildi.

🗣Urganch davlat universitetida ham bayram munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

🗣Toshkent davlat pedagogika universitetida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
Ⓜ️unozara bellashuvlari saralash o‘yinlari yakunlandi.

🇺🇿Tanlov Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston yoshlar ittifoqining “Oliy ta’lim muassasalarida tahsil oluvchi talaba-yoshlar o‘rtasida “Munozara” respublika turnirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori ijrosini ta'minlash maqsadida tashkil etilmoqda.

✔️Saralash o‘yinlaridan so‘ng quyidagi 5 ta jamoa keying bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

1. Do‘ppi,
2. Edison,
3. Respekt,
4. Kreativ pedagoglar,
5.Iq'ro.

@NavDPI_YI
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
NavDPI talabalari munozara o‘yinlarida ishtirok etishmoqda.

Munozaralar zamonaviy hayotga oid eng dolzarb masalalar ustida bahs olib borib, oʻzgalarning fikriga nisbatan hurmat bilan munosabatda boʻlishga, insonning tahliliy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishga, shuningdek,  notiqlik mahorati va dunyoqarashini kengaytirishga hissa qoʻshadi. Munozara davomida xar ikki jamoaning ishtirokchilari vazifalariga koʻra (tasdiqlovchi, inkor etuvchi) fikrni toʻliq ifoda etish, ularni isbotlar, misollar keltirish va oʻz raqiblariga savollar berish imkoniyatiga ega boʻladilar. Bellashuv yakunida hakamlar munozalarni konstruktiv baxolashadi. Notiqning kuchli va zaif tomonlarini, jamoada ishlashini, muloqot davomida ishlatgan dalil va tegishli misollar keltirish qobiliyatiga umumiy baho berishadi.

@NavDPI_YI