NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
🔊Sovrin jamg'armasi 1 mln $ bo‘lgan “President Tech Award” bo‘yicha seminar

📆Navoiy davlat pedagogika instituti talabalariga "Inkubatsiya va Akseleratsiya" markazi menejeri tomonidan “President Tech Award” mavzusida seminar uchrashuvi o'tkazildi.

Hukumat qarori (66-son, 15.02.2023-y.) bilan Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yoʻnalishida eng yaxshi startap” (President Tech Award) tanlovini oʻtkazish to’g’risidagi qarori haqida talabalarga ma’lumotlar berildi. Tanlovda 5 ta asosiy va 1 ta maxsus yoʻnalishlar borligini aytib o’tishdi.

✅Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarining innovatsion startap g'oyalariga qanday yordam olishlari va ularni to'g'ri tadbiq etish yo'llarini bilib olishdi.

https://t.me/NavDPI_edu_uz
“ENG YAXSHI INNOVATSION LOYIHA” TANLOVIDA PROFESSOR-OʻQITUVCHILARIMIZ VA TALABALARIMIZ EʼTIROF ETILDI

⚡️"15-may Xalqaro oila kuni" munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovda NavDPIning maʼrifatparvar ayollaridan professor Shoira Nosirova, dotsent Gulxayo Sayfullayeva hamda talabalarimiz — Nodira Sulaymonova, Tursuntosh Neʼmatova, Goʻzal Yuriyeva, Maftuna Xayrullayeva, Aminabonu Xasanovalar oʻz kolleksiyalari bilan faol qatnashib, tashakkurnoma va sovgʻalar bilan taqdirlanishdi.

— — —
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
OLTIN MEROSNING YANGI OHANGLARI

⚡️Institut Xotin-qizlar kengashi raisi, folklorshunos N.Tursunova, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti xotin-qizlari, olima ayollari, tyutorlari boshchiligida «Qizlarjon» klubi aʼzolari ishtirokida «Milliy qadriyatlar amaliyotda» shiori ostida “Oltin merosning yangi ohanglari“ nomli televizion loyiha tashkil etildi.

Unda qadriyatlar talqinida mujassamlashgan folklorizmlar: qoʻshiqlar, yor-yorlar, laparlar, milliy raqslar, dono xalqning oʻgitlari, rivoyatlari oʻrin oliganligi bilan ahamiyatli. Barcha talaba-qizlar koʻtarinki kayfiyatda faol ishtirok etdilar.

🎬Tadbirda talabalar OAV oʻzlarining chiqishlarini namoyish etishdi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
21-may — Kutubxonachilar kuni

🏢Ushbu kun munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi. Unda institutning Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova ARM xodimlarini tabriklab, institutimiz rektorining tashakkurnomasini topshirdi.

💐Shu fursatdan foydalanib, NavDPI jamoasi Axborot-resurs markazi xodimlarini samimiy qutlaydi!

Bayram muborak boʻlsin, Aziz Kutubxonachilar!

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#ochiq_dars

🔰Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor-oʻqituvchilari Maktabgacha taʼlim, maktab menejmenti, matematika va biologiya yo‘nalishlaridan tashkil topgan jamoalar ishtirokida “Amaliy rus tili” fanidan viktorina o‘tkazdilar.

✔️Bu tadbirlarda rus xalqining tili, madaniyati va boy adabiyoti to'laqonli ravishda sahnaviy ko'rinishlar, jozibali raqslar va xalq qo'shiqlari ijrosi orqali ifoda etildi.

Tadbirni tayyorlashda Rus va qozoq filologiyasi fakulteti o'qituvchilari — Nigora Akramova, Orif Barnoyev, Xusan Nabiyev, Go‘zal Fefelova, Surayyo Olimova va kafedraning xizmatlari alohida e'tirof etildi.

Tadbir so'nggida faol talabalar munosib taqdirlandi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy