NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#San'at_asari

🎨Sanʼatshunoslik fakultetining iqtidorli, isteʼdodli talabalari chizgan rasmlardan bahramand boʻling va baho bering

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch-qudratimiz — Vatan uchun!

🇺🇿 Navoiy viloyatidagi Oliy ta'lim muassasalari talabalari ishtirokida "Talabalar shou" konsert dasturi bo'lib o'tdi.

📋Tadbir davomida "Munozara" intellektual o‘yini viloyat bosqichida 1-o‘rinni egallab, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Navoiy davlat pedagogika institutining "Edison" jamoasi va murabbiy Nodirbek Umarovlar 1-darajali DIPLOM, esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

💳Shuningdek, muddatli harbiy xizmatni o‘tab harbiy qism qo‘mondonining tavsiyanomasi bilan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga qabul qilingan institutimiz talabalariga shartnoma so‘mmasining 35 % qismini O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to‘lab berilganligi to‘g'risida 47 mln 893 ming so‘mlik SERTIFIKAT topshirildi.

💥 Tadbir yuqori atmosfera ostida tashkil etildi. Unda San'atshunoslik fakulteti talabalari barcha qatnashchilarga bayramona kayfiyat ulashdi.

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥“Tashabbusimiz, iqtidorimiz, kuch qudratimiz - Vatan uchun!” shiori ostida oʻtkazilgan “Talabalar shou“ konsert dasturidan videolavha

Tadbirda San'atshunoslik fakulteti talabalari ijro etgan kuy va qo‘shiqlari, harbiy orkestr jamoasining chiqishlari yig‘ilgan yoshlarga o‘zgacha zavq bag‘ishladi.

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
#Sport

NavDPI parasportchi talabalari — Oʻzbekiston chempionlari!

🏃‍♂️Shu yilning 19-22-may kunlari Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida respublikamizning 500 nafar parasporchilari ishtirok etdi.

🏅Quvonarli tomoni, Jismoniy madaniyat fakulteti talabalari — Jamoliddin Akobirov 1 ta oltin, 2 ta kumush, Bektemir Xasanov, Suxrob Karimov, Shahboz Rajabov va Mashrab Roʻziyevlar har biri 1 tadan oltin medal olishdi. Jami hisobda sportchi talabalarimiz 5 ta oltin, 2 ta kumush medallarini qo‘lga kiritishdi va “O‘zbekiston chempionlari“ degan nomga sazovor bo‘ldilar.

🎗Shuningdek, Shahboz Rajabov “Xalqaro toifadagi sport ustasi“ boʻldi.

Sportchilarning ota-onalariga Navoiy davlat pedagogika instituti rektori B.Sobirovning Tashakkurnomalari yuborildi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohi

⚡️Navoiy davlat pedagogika institutida “Rektor kubogi” uchun oʻtkazilgan futbol musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

🎞Tafsilotlar “Diyor 24“ axborot dasturida

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube