NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Xotira_muqaddas

Ustozlar yodi barhayot

✍️Koʻp yillar oʻzining fidokorona mehnati bilan talabalarga bilim berib, “Ustoz“ degan sharafli nomga sazovor boʻlgan mohir pedagog, filologiya fanlari nomzodi, Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti, adabiyotshunos olima Zayniddinova Adolat Qodirovnaning xotirasiga bagʻishlangan “Ustoz yodi barhayot“ mavzusida adabiy-badiiy kecha oʻtkazildi.

Unda Adolat Qodirovnaning hayoti va faoliyati yodga olinib, xayrli ishlari xususida hamkasblari, shogirdlari soʻz yuritdi. Talabalar tomonidan ustoz xotirasi uchun she’rlar va sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Yig’ilish

Rektorat xodimlariga odob-axloq kodeksida keltirilgan ayrim bandlar bo‘yicha tushuntirish berildi

Yigʻilishda odob-axloq qoidalari, ijro intizomi va mehnat kodeksi talablariga rioya etish, maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash kabi muhim masalalar haqida soʻz bordi.

Shuningdek, yangi qabul qilinayotgan “Sharaf kodeksi“ boʻyicha ham fikrlar-mulohazalar tinglandi. Yigʻilishda koʻtarilgan masalalar boʻyicha soha prorektorlari, boʻlim boshliqlari oʻz fikrlarini bildirishdi.

————————-
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
В предыдущих видео мы рассказывали о Целях в области устойчивого развития. Сегодня продолжим вас знакомить с ними. Поговорим о шестой цели.

Шестая цель охватывает вопросы санитарии и обеспечения всех чистой водой, ее рационального использования. Почему это важно?

Подробнее об этом 👉в нашем очередном видео

YUKSALISH HARAKATI
Bugun, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni

Bolalik — hayot ummonining musaffo sarchashmasi. Boisi, u har bir murg‘ak qalb uchun tashvishlardan yiroq, ezgulikka to‘la lahzalardir. Go‘daklarning bahor tongi misol beg‘ubor qalbi faqat yaxshiliklarga yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Shu sabab, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni eng quvonchli bayram sifatida butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi.

Sana munosabati bilan O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dotsenti B. Ashurov boshchiligida “Bolalar adabiyoti va folklori“ fanidan “Bolalik mo‘jizalari“ nomli adabiy-badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Uning ishtirokchilari — fakultetning 201-guruh talabalari fan bo‘yicha olgan bilim va ko‘nikmalarini teatrlashtirilgan holda mahorat bilan targʻib eta oldilar. Ushbu dars ekspertlar tomonidan har tomonlama mukammal chiqqan noan’anaviy mashgʻulot sifatida e’tirof etildi.

📲NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling👇

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from Edu.uz
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yurtimizdagi barcha bolajonlarni tabriklaydi!

Farzand – umrning mazmuni, koʻzlar quvonchi va kelajak egasidir. Ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol inson qilib voyaga yetkazish va munosib taʼlim berish har birimizning sharafli va muqaddas burchimiz.

Kelajagimiz bunyodkorlari boʻlgan Siz jajji kichkintoylarni bugungi bayramingiz bilan muborakbod etamiz!

➖➖➖

Министерство высшего образования, науки и инноваций поздравляет детей нашей страны с 1 июня – Международным днем защиты детей!

Дети – это смысл жизни, наше будущее. Почетный долг каждого из нас - заботиться о детях, дать им достойное образование.

Поздравляем вас, дети, творцы нашего будущего, с сегодняшним праздником!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soʻnggi yillarda biz Barqaror rivojlanish maqsadlari degan jumlani koʻp eshitmoqdamiz.

Xoʻsh, bu qanday maqsadlar va ular nima uchun kerak?

Barqaror rivojlanish maqsadlari — bu BMT tomonidan 2015-yilda tasdiqlangan global dastur. Mazkur dasturni 193 ta mamlakat qabul qilgan va oʻz ichiga jami 17 ta maqsadni qamraydi.

Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish sayyoramiz va uning barcha aholisi kelajagi uchun katta ahamiyatga ega. Tabiatni kelajak avlodlar uchun saqlab qolishga, yanada adolatli va farovon jamiyat yaratishga yordam beradi.

YUKSALISH HARAKATI