NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
⚡️Rasman: Texnikumni tugatatganlar imtihonsiz 2-kursdan OTMlarga qabul qilinadi

➡️ Hozir ayni shu toifaga kiruvchi abituriyentlar uchun qabul davom etyapti. Bu toifadagi abituriyentlar hujjatlarini 5-iyuldan 25-iyulgacha my.edu.uz portali orqali topshirishi mumkin.

❓ Kimlar suhbat asosida o‘qishga kira oladi?
Texnikum bitiruvchisi bu imtiyozdan foydalanish uchun uning baholari "4", "5" bo‘lishi, kamida 50 foizi faqat "5" bo‘lishi lozim. Tibbiyot texnikumlarini tugatadiganlarning esa kamida 85 foiz bahosi "5" bo‘lishi kerak.

📄 5-avgustgacha talabgorlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib, ularga shaxsiy kabinetdan javob beriladi. 10-avgustdan 25-avgustgacha esa suhbat bo‘lib o‘tadi.

🧑‍🎓Suhbatdan o‘tganlar to‘lov-shartnoma asosida 2-kursdan boshlab o‘qishga qabul qilinadi.

MANBA

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#TABRIKLAYMIZ

Dilafro‘z Xamroyeva fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

#NavDPI Informatika kafedrasi katta o‘qituvchisi Xamroyeva Dilafro‘z Namozovna “Berilganlarning interval aniqmaslik shartida algebraik xos qiymat muammolarini yechish algoritmlari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishini Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli Ilmiy kengashida muvaffaqiyatli himoya qildi.

💐D. Xamroyevani ilmiy yutug’i bilan institut jamoasi samimiy tabriklaydi. Kelgusi ilmiy faoliyatingizda ham omad yor bo‘lsin!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍5
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

13-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga 484 ming 098 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan, 247 ming 852 nafari avvalgi yil bitiruvchilari, 236 ming 246 nafari joriy yilgi bitiruvchilardir (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz yoki my.gov.uz elektron platformalari orqali 20-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023
#infografika

13-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 4 ming 152 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida tavsiya etiladi.

❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari Qo‘qon shahrida “Turkiy tilli yoshlar” xalqaro festivalida ishtirok etmoqda.

Fargʻona viloyati Qoʻqon shaharida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro festivalda respublikamizning turli viloyatlaridan, shuningdek Turkiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Ozarbayjon davlatlaridan ham mehmonlar tashrif buyurdi.

🏓Festival doirasida talabalarimiz minifutbol, voleybol, badminton, stol tennisi, basketbol kabi sportning bir qancha turlari boʻyicha yakkalik va jamoaviy bahslarda faol bo‘lishmoqda.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
❓Nodavlat oliygohlarning diplomi o‘tadimi?

✅ JAVOB: Oʻzbekiston Respublikasi “Taʼlim toʻgʻrisida”gi qonunining 31-moddasiga muvofiq, Davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq taʼlim xizmatlarini koʻrsatuvchi nodavlat taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi taʼlim toʻgʻrisidagi hujjatlarni beradi.

☝️ Yaʼni, tegishli litsenziyaga ega nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari tomonidan berilgan diplomlar davlat oliy taʼlim muassasalari diplomlari bilan teng darajada qabul qilinadi.

Asos

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from Navoiy teleradiokanali
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
«Интервью+» | Аброр Давлатов – НДПИ тарих факультети тютери
@Navoiy_vtrk
#Xushxabar

NAVDPI TALABASI PARIJ-2024 PARALIMPIYA O‘YINLARIGA LITSENZIYANI QO‘LGA KIRITDI

Ayni kunlarda (8-17-iyul kunlari) Fransiyada para-yengil atletika bo‘yicha jahon chempionati bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

🏅Parij shahri mezbonlik qilayotgan nufuzli musobaqada 3 nafar hamyurtimiz sovrindorga aylandi. Quvonarlisi, F12 klassida yadro uloqtirish musobaqasida #Jismoniy_madaniyat fakulteti talabasi Elbek Sultonov 🥉bronza medalini qo‘lga kiritdi va “PARIS-2024“ Paralimpiya o‘yinlariga ishtirok etish uchun yo‘llanmani naqd qildi.

🖇Eslatib o‘tamiz, Elbek Sultonov “Jasorat“ medali hamda Tokioda bo‘lib o‘tgan XVI Paralimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi.

Sportchi talabamizni qo‘lga kiritgan yutug‘i bilan tabriklaymiz. Kelgusi nufuzli musobaqalarda ham oliy o‘rinlarni egallashida tilakdoshmiz!

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov boshchiligida yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda talabalar turar joylari va ijarada yashovchi talabalarning yashash sharoitlari, institutda faoliyat olib borayotgan toʻgaraklar holati va talabalarni toʻgaraklarga keng jalb qilish borasida bajarilgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarda boy madaniyatimizni keng targ‘ib qilish, iqtidorli talabalar bilan ishlash, talabalar bilan sayyor qabullarni jadallashtirish, o‘quv binolarini buyuk allomalarimizning tarbiyaviy ahamiyatga ega iqtiboslaridan keltirilgan namunalar bilan boyitish masalalari boʻyicha tegishli koʻrsatmalar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Rektor_va_yoshlar

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirovga Xatirchi va Qiziltepa tumanlari hamda Navoiy shahrida istiqomat qiluvchi jami 37 nafar vaqtincha ishsiz va nogironligi bo‘lgan yoshlar biriktirilgan. Ular bilan mas’ullar tomonidan aloqa o‘rnatilgan va muntazam ravishda xabar olib kelinmoqda.

Xususan, rektor B.Sobirov mahalladagi sog‘ligida muammosi bo‘lgan yoshlar bilan uchrashib, ularning holidan xabar oldi. Yoshlarning muammolaridan kelib chiqib tegishli yordam ko‘rsatilishi belgilandi.

Jumladan, Xatirchi tuman 73-maktab 11-sinf o‘quvchisi, “Xo‘jaqulobod“ mahallasida yashovchi 2005-yilda tug‘ilgan Xolboyeva Durdona Shuxrat qizining holidan xabar olinganda uning orttirilgan bosh kasalligidan aziyat chekishi ma’lum bo‘ldi. D.Xolboyevaning muammosi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan ijobiy hal qilinishi belgilandi.

👉BATAFSIL:HAVOLADA

Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
👍1