NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Salom, yoshlar!

🎓 Navoiy davlat pedagogika instituti 1-bosqich talaba-yoshlarning tezroq oʻquv jarayoniga moslashishiga koʻmak berish, talabalarni Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar tomonidan yoshlar uchun tashkil etilgan loyihalar va tanlovlar, yaratilgan imtiyozlar bilan tanishtirish maqsadida 5-9-sentabr kunlari "Tanishtiruv haftaligi" boʻlib oʻtadi!

📌"Tanishtiruv haftaligi" doirasida siz nafaqat Navoiy davlat pedagogika instituti bilan yaqindan tanishasiz, balki, talabalik davrining ilk kunlaridan bu davrni mazmunli oʻtkazish uchun aniq va maqsadli reja tuzib olasiz.

📊 Yuqoridagi infografika orqali "Tanishtiruv haftaligi" haqida batafsil maʼlumotga ega boʻlishingiz mumkin!
#Jarayon

4-sentyabr kunidan boshlab, barcha oliy taʼlim muassasalari va umumta’lim maktablarida 2023/2024-o‘quv yili boshlandi

Navoiy davlat pedagogika institutida ham yangi oʻquv yilining boshlanishi bayramona kayfiyatda tashkil etildi.

Erta tongdan institut rahbariyati, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar birgalikda talabalar va ularning yaqinlarini milliy kuy-qo‘shiq ohanglari ostida samimiy kutib olishdi.

Xususan, Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetida tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Institut rahbariyati ishtirok etgan tadbirda X.Qurbonov so‘zga chiqib, mamlakatimiz taʼlim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar to‘g’risida ma’lumot berdi hamda institutimiz rektori B.Sobirovning yangi o‘quv yili munosabati bilan bildirgan bayram tabrigini yetkazdi.

Ma’lumot o‘rnida, 1-kurs talabalariga bir hafta davomida tanishtiruv hamda Mustaqillik darslari oʻtiladi. Qolgan barcha kurs talabalariga esa darslar oʻquv reja asosida olib boriladi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍2
NavDPI rektori “birinchi qoʻngʻiroq“ tadbirida ishtirok etdi

✅Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Mustaqilligining 32 yilligi hamda Bilimlar kuni munosabati bilan “Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun!”, “Sifatli taʼlim – kuchli jamiyat” shiorlari ostida Navbahor tumanidagi 15-umumtaʼlim maktabida boʻlib oʻtgan tadbirda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Sobirov ishtirok etib, birinchi sinfga qabul qilingan 141 nafar oʻquvchilarga Prezidentimizning maxsus sovgʻalarini hamda institut tomonidan maktab kutubxonasi uchun kitoblar jamlanmasi va qimmatbaho esdalik sovgʻalarni topshirdilar.

Shuningdek, Navoiy davlat pedagogika institutining professor-oʻqituvchilari tomonidan maktab oʻqituvchilarining ilmiy salohiyatini oshirish, dars jarayonlarida yangi pedagogik texnologiyalarni qoʻllash, hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib borish, darslik, oʻquv qoʻllanma, monografiyalar yaratish bo‘yicha kelishuv amalga oshirildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Web | Facebook | Instagram | You tube
❤1