NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔰Navoiy davlat pedagogika institutida Innovatsion rivojlanish agentligining 2023-yil 8-sentabrdagi “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida tahsil olayotgan izlanuvchilar faoliyati samaradorligi monitoringini tashkil etish to‘g‘rsida”gi 168-sonli buyrug‘i asosida tuzilgan ishchi guruh a’zolari, Navoiy viloyati Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi mas’ullari, NavDPI rahbariyati tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar bilan uchrashuv o’tkazildi.

✔️Uchrashuv davomida o‘qish davrida va himoya jarayonlari bo‘yicha muammo va savollarga joyida asosli javoblar, yechimlar ko‘rsatildi. Tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilarining xorijda malaka oshirish hamda tajriba almashinuvlari bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, grantlar haqida ma’lumotlar berildi. Dissertatsiya ishining mavzulari, himoyaga tayyorlik darajalari haqida suhbat tashkil etilib, tegishli takliflar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Respublika ishchi guruhi institutda boʻldi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burxanov NavDPIga tashrif buyurdi.

Tashrif avvalida institutda korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar hamda talaba-yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, moddiy ragʻbatlantirishlarga oid maxsus videorolik namoyish qilindi. Institut rektori Bahodir Sobirov professor-oʻqituvchilarning ilmiy salohiyati, yangi kampus qurilish jarayonlariga batafsil toʻxtaldi. Akmal Burxanov tomonidan aholi, ayniqsa, talaba-yoshlar orasida korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan targʻibotlarni koʻpaytirish, koʻp yillar institutda faoliyat olib borgan faxriy pedagoglar haqida koʻrsatuvlar tayyorlash kerakligi xususida takliflar berildi.

Shuningdek, yoshlar bilan ishlash sohasida taqdimot qilindi.

Shundan soʻng institut tuzilmasidagi Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyidagi tarixiy hujjatlar, eksponatlar, qatagʻonga uchragan ajdodlarimiz haqida maʼlumot berildi

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
“Юксалиш” умуммиллий ҳаракати мактабларда янги ўқув йили бошланишидан олдин ўқитувчиларнинг мажбурий меҳнатга жалб қилиниши, ўзларига алоқадор бўлмаган ишларга жалб этилиши ҳолатларини аноним сўров асосида ўрганди.

✍ Сўровномада бутун республика бўйлаб жами 5 745 нафар мактаб ўқитувчи ва мураббийлари иштирок этди.

Натижаларга кўра:
☑️ респондентларнинг 92,3 %и ёзги таътил даврида мактаб раҳбарияти томонидан ишга чақирилмаган
☑️ респондентларнинг 78 %и фаолиятида ўзларига юклатилган расмий мажбуриятидан ташқари вазифалар юклатилмаган.

👆Лекин "Ташаббусли бюджет" лойиҳаларига овоз йиғиш, маҳаллий ҳокимиятлар тадбирларига жалб қилиниш каби ҳолатлар бўлган.

Сўровнома натижалари бизнинг навбатдаги #инфографикамизда акс этган.

Батафсил: 👉 https://yumh.uz/uzc/news_detail/613

YUKSALISH HARAKATI