NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
Forwarded from "YUKSALIŞ" HARAKATI
“Юксалиш” умуммиллий ҳаракати мактабларда янги ўқув йили бошланишидан олдин ўқитувчиларнинг мажбурий меҳнатга жалб қилиниши, ўзларига алоқадор бўлмаган ишларга жалб этилиши ҳолатларини аноним сўров асосида ўрганди.

✍ Сўровномада бутун республика бўйлаб жами 5 745 нафар мактаб ўқитувчи ва мураббийлари иштирок этди.

Натижаларга кўра:
☑️ респондентларнинг 92,3 %и ёзги таътил даврида мактаб раҳбарияти томонидан ишга чақирилмаган
☑️ респондентларнинг 78 %и фаолиятида ўзларига юклатилган расмий мажбуриятидан ташқари вазифалар юклатилмаган.

👆Лекин "Ташаббусли бюджет" лойиҳаларига овоз йиғиш, маҳаллий ҳокимиятлар тадбирларига жалб қилиниш каби ҳолатлар бўлган.

Сўровнома натижалари бизнинг навбатдаги #инфографикамизда акс этган.

Батафсил: 👉 https://yumh.uz/uzc/news_detail/613

YUKSALISH HARAKATI
OʻZBEK AYOL-QIZLARIGA MILLIY LIBOS YARASHADI.

🔰Darhaqiqat, atlas, adras, banoras, beqasam va shoyi kabi milliy matolardan tikilgan liboslar xotin-qizlarimizning husniga husn, ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi. Qolaversa, bu liboslar xalqimiz, ayniqsa, qizlarimizda milliy qadriyatlarga, milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.

✅Shu maqsadda bugun Navoiy davlat pedagogika institutida “Xon atlas“ festivali o‘tkazildi. Festivalda institut rahbariyati, xotin-qizlar kengashi, talaba-yoshlar, viloyatning faol xotin-qizlari qatnashishdi.

Iqtidorli talabalarimizning badiiy chiqishlari, dizayner talabalarimizning milliy va zamonaviy uslubdagi liboslar taqdimoti, rassomchilik, toʻquvchilik, umuman, qoʻl mehnatidagi yaratuvchanlik tadbirga estetik zavq baxsh etdi.

Tadbirni tashkil etish va oʻtkazishda jonbozlik koʻrsatgan bir guruh xotin-qizlar viloyat hokimi o‘rinbosari Malika Mamadiyarova hamda institut rektori Bahodir Sobirovning tashakkurnoma va diplomlari bilan taqdirlandi.