NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
NavDPIda “Ota-onalar kongressi“ o‘tkazildi

⚡️Tarix hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlarida bo‘lib o‘tgan “Ota-onalar kongressi”da birinchi prorektor X.Qurbonov, rektor maslahatchisi B.Abdullayev, institut profilaktika inspektori N.Hayitov, Komplayens nazorat bo‘limi boshlig’i A.Xalikov, Navoiy shahar 3-sonli IIB tayanch punkti boshlig’I M.Usmonov hamda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar qatnashishdi.

Uchrashuvda oliy ta’limdagi islohotlar, erishilgan yutuqlar, talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishda olib borilayotgan ishlar, institut ichki-tartib qoidalari, “Odob-axloq kodeksi”, kredit-modul tizimi, talabaning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir qiluvchi huquqbuzarlik, korrupsiya, firibgarlik, giyohvandlik, diniy ekstremizm va terrorizm, kiberxavfsizlik, xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish, bukmekerlik o’yinlar kabi dolzarb masalalar bo‘yicha foydali ma’lumotlar berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Profilaktik va targ’ibot tadbirlari davom etmoqda

⚡️NavDPI #Jismoniy_madaniyat hamda #Tabiiy_fanlar fakultetida “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi xodimi A.Tojiyev fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, tyutorlari bilan hamkorlikda talabalarga profilaktik uchrashuv o‘tkazdi.

✅Unda korrupsion holatlar va huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik va boshqa shu kabi masalalar yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilib, talabalardan anonim so‘rovnomalar olindi.

Uchrashuvda talabalarga bo‘lim tuzilmasi va faoliyati yaqindan tanishtirildi. Amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida umumiy ma’lumot berildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
⚡️Navoiy viloyatida joriy yilning sentyabr oyida o‘tkazilgan “Xorijiy tillar oyligi“ doirasida tashkil etilgan loyiha va  taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔰13-oktyabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talaba-yoshlari sentabr oyida viloyat miqyosida o‘tkazilgan “Xorijiy tillar oyligi“ning yakuniy hisoboti va taqdirlash marosimi ishtirok etib, ingliz tilida til bilish darajasini badiy chiqishlar orqali ko‘rsatishdi  

“Ibrat“ filmidan sahna ko‘rinishlari hamda ajoyib kuy va millatlar raqslari tomoshabinlar tomonidan olqishlarga sabab bo‘ldi.

Bundan tashqari iqtidorli talaba-yoshlar turli nominatsiyalar bo‘yicha diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

📲
rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_NIGOHI

🎞Tabiiy fanlar fakultetida FVV Navoiy viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazilgan o‘quv-amaliy seminar Navoiy viloyati TRKsi nigohida

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
MBT fakultetida “Ota-onalar kongressi“ boʻlib oʻtdi

⚡️Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti birinchi kurs talabalarining ota-onalari bilan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchi va tyutorlari taʼlim dargohidagi oʻzgarishlar, talaba-yoshlarga berilgan keng imkoniyatlar, imtiyozlar to‘g’risida fakultet misolida faktlar bilan asoslab berishdi. Shuningdek, talabalarning dars mashgʻulotlarida ishtiroki, odob-axloq kodeksi, institut ichki tartib qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar yuzasidan maʼlumotlar berildi.

➡️Shundan so‘ng ota-onalar Maktabgacha ta’lim kafedrasi o’qituvchilari tomonidan tashkil etilgan “Farzandim taqdiriga befarq emasman” nomli psixologik seminar-treningda qatnashishdi. Unda har bir ota-ona bilan individual muloqot olib borilib, o‘quv auditoriyalar holati, yotoqxona sharoitlari bilan ham tanishtirildi.

Kongress yakunida iqtidorli va faol talabalarning ota-onalariga tashakkurnomalar taqdim etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy