NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
REKTOR VA SPORTCHILAR UCHRASHUVI BOʻLIB OʻTDI

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov bilan sportchi talabalar uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur uchrashuv avvalida “besh tashabbus olimpiadasi”, “talabalar ligasi” va boshqa sport musobaqalarida gʻolib boʻlgan talabalarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Shundan soʻng, 2-5-noyabr kunlari besh tashabbus olimpiadasining final bosqichiga yoʻllanma olgan sportchilar bilan suhbat qilindi. Ularga oldinda kuchli raqobat, masʼuliyat borligi va shu bilan birga institut shaʼnini munosib himoya qilishlari kerakligi toʻgʻrisida foydali tavsiyalar berib o‘tildi.

Bizni kuzating:
👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Profilaktik va targ’ibot tadbirlari Tibbiyot fakultetida bo‘lib o‘tdi

⚡️NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat“ tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi A.Tojiyev fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda Tibbiyot fakulteti 1-bosqich “Davolash ishi” va “Pediatriya ishi” yo’nalishlari talabalari bilan profilaktik uchrashuv o‘tkazdi.

Unda o‘quv jarayonlari, oraliq, yakuniy nazorat ishlarini topshirish bilan bog’liq ta’magirlik va poraxo’rlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yo‘l qo’ymaslik bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
BIZ ERTA TURMUSH VA ZOʻRAVONLIKKA QARSHIMIZ

⚡️Ayni shu mavzu boʻyicha kecha Tarix fakulteti talaba-qizlari ishtirokida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

Tadbirni NavDPI birinchi prorektor X.Qurbonov ochib, jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoʻravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash borasida fikrlarini aytib oʻtdi.

Institut profilaktika inspektori S.Xusenova, Navoiy viloyati Ona va bola Skrining markazi shifokori L.Rustamova, psixolog D.Abduraimova, fakultet xotin-qizlar maslahatchisi Sh.Xoliqulovalar talaba-qizlarning shaxsiy gigiyenasi, erta turmush, yaqin qarindoshlar oʻrtasidagi nikoh va oilaviy ajralishlarning salbiy oqibatlarini oldini olish va boshqa mavzularda batafsil gapirib, maʼlumot berdilar.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#Mobilografiya

📱“Talant shou” tanlovining saralash bosqichidan lavha

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Mobilografiya

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari “Zarafshon Golden Group” kompaniyasiga hamda “Ishonch” gilamlar fabrikasiga borib, korporatsiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy