NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Mobilografiya

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari “Zarafshon Golden Group” kompaniyasiga hamda “Ishonch” gilamlar fabrikasiga borib, korporatsiyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

©️NAVDPI AXBOROT XIZMATI

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sport

♟Shaxmat bo‘yicha “Talabalar ligasi” viloyat bosqichi o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

📱Mobilograf — Bahodir Mavlonov

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#seminar

“TALABA-QIZLARNI MILLIY QADRIYATLAR RUHIDA TARBIYALASH” MAVZUSIDA RESPUBLIKA SEMINARI BO‘LIB O‘TDI

⚡️Oliy talim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Termiz davlat universitetida tashkil etilgan seminar yuqoridagi mavzu bo‘yicha olib borildi.

Seminarda talaba-qizlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, milliy liboslarning ahamiyati, xotin-qizlar uchun psixologik va huquqiy maslahatlar berishga doir ishlarni jadallashatirish, “Qizlarjon” klubi faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar muhokama qilinib, fikr-mulohazalar yuritildi.

Ushbu seminarda NavDPI Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nasiba Tursunova ham ishtirok etdi.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
XOTIN-QIZLARNI TAZYIQ, ZOʻRAVONLIK VA ODAM SAVDOSIDAN ASRASH MUHIM VAZIFADIR

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida Navoiy shahar Jinoiy ishlar boʻyicha sudi sudyasi D.Pardayeva, viloyat IIB JQB katta tezkor vakili leytenant B.Xoliqova va boshqa masʼullar ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.

Boʻlib oʻtgan suhbatda birinchi prorektor X.Qurbonov oliy taʼlim muassasasida xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan asrashning amaldagi ijrosi toʻgʻrisida gapirib oʻtdi.

Shu bilan birga “Tazyiq va zoʻravonlikning jamiyatdagi koʻrinishlari”, “Odam savdosi — asr vabosi” va shu kabi boshqa mavzularda foydali maʼlumotlar berildi.

Tadbirda profilaktika inspektori, kapitan S.Xusanova, fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
#yashil_makon

INSTITUTDA “TYUTORLAR BOGʻI” BARPO ETILDI


🌲Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rahbariyati boshchiligida tyutorlar, shuningdek, “Qalqon” jamoasi va koʻngilli talabalar tomonidan Tabiiy fanlar hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari joylashgan bino atrofi yer-maydonida 500 dona archa koʻchatlari ekildi. Ushbu bogʻga “Tyutorlar bogʻi” deb nom berildi.

Bungacha institutda “Professor-oʻqituvchilar bogʻi” va “Talaba-yoshlar bogʻi” tashkil etilgan edi. Endi bu bogʻlarning soni yana bittaga koʻpaydi.

Ishonamizki, ekilgan ushbu daraxtlar kelajakda ekologiyaga oʻz taʼsirini koʻrsatib, havo tozaligiga xizmat qiladi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉
https://t.me/NavDPI_Rasmiy