Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
#Sport
⚡️Bugun Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “5 tashabbus olimpiadasi” musobaqasining respublika final o‘yinlari boshlandi
Bellashuvlar 3-5-noyabr kunlari Buxoro davlat universitetida sportning voleybol, mini-futbol, yengil atletika, stritbol va stol tennisi turlari bo‘yicha bo‘lib o‘tadi.
🏆Navoiy davlat pedagogika instituti sportchi talabalari ham institut rahbariyati boshchiligida Buxoro shahrida bo‘lib, dastlabki o‘yinlarda ishtirok etmoqda.
Jamoamizga omad yor bo‘lsin!
™️:@NavDPI_Rasmiy

PARA OSIYO O‘YINLARI ISHTIROKCHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat fakultetida Para Osiyo o‘yinlari ishtirokchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Fakultet rahbariyati, o‘qituvchi va tyutorlar tomonidan tashkil etilgan mazkur uchrashuvda para yengil atletika bo‘yicha bir necha karra O‘zbekiston chempionlari, Tunis gran-pri musobaqasi sovrindorlari, shuningdek, Xitoyning Xandjou shahrida bo‘lib o‘tgan para osiyo o‘yinlarida munosib ishtirok etgan Jamol Akobirov hamda Shahboz Rajabovlar talabalarga o‘z tajribalarini ulashdi.
Bizni kuzating:
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy

⚡️Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi A.Xalikov, Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi E.Musayevlar Ingliz tili va adabiyot fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan yigʻilish oʻtkazdilar.
Yigʻilishda institutda amalgan oshirilayotgan ishlar, yutuqlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan profilaktik suhbatlar va boshqa turli mavzular bo‘yicha axborot berildi.
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
Yigʻilishda institutda amalgan oshirilayotgan ishlar, yutuqlar hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan profilaktik suhbatlar va boshqa turli mavzular bo‘yicha axborot berildi.
Telegram | nspi.uz | Facebook | Instagram | You tube
Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
Yo‘l qoidasi — umr foydasi
🏛NavDPI faollar zalida O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich talabalari uchun ushbu mavzuda davra suhbati tashkil etildi.
Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimi Fayoz Qosimov tomonidan piyodalar va transport egalarining yo‘l qoidalariga amal qilishi kerak bo‘lgan jihatlari, baxtsiz hodisalarning oldini olish choralari, transport boshqarish tartib-qoidalari va boshqalar xususida alohida to‘xtalib o‘tildi. Mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi.