NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
“MILLIY KIYIMLAR — MILLAT KO’RKI” MILLIY KIYIMLAR NAMOYISHI HAMDA “OSH CHEMPIONATI” O‘TKAZILDI

⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq filologiyasi fakultetida milliy kiyimlar namoyishi tashkil etildi. Talabalar millatimizning, milliy qadriyatlarimizning namunasi bo‘lgan milliy liboslar kiyib, har bir libosning yaratilish tarixi haqida gapirib berishdi.

Shuningdek, fakultetning kechki ta’limdagi talabalari o‘rtasida “Osh chempionati” bo‘lib o‘tdi. Unda talabalar o‘z mahoratlarini ko’rsatib, milliy taomimiz — palovning turli ko‘rinishlarini tayyorlashdi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎞“Maxsus reportaj” | “Oʻzbekiston 2030” strategiyasida ilgari surilgan istiqbolli gʻoyalar haqida

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
Fakultet dekanlari bilan navbatdagi yigʻilish boʻlib oʻtdi

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov prorektorlar, fakultet dekanlari va ayrim boʻlim boshliqlari bilan tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda ijro-intizomi va ichki-tartib qoidalariga amal qilish, kuz-qish mavsumi hamda Hemis axborot tizimi boʻyicha olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. 

Shuningdek, talabalar turar joylarida oʻtkaziladigan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar rejasi hamda texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqish topshirigʻi berildi.

Shu bilan birga dekanlar va ularning oʻrinbosarlari, kafedra mudirlari va professor-oʻqituvchilar ham boʻsh vaqtlarida talabalar holidan xabardor boʻlish, gazeta va jurnallarda maqolalar chop ettirish va boshqa turli masalalar boʻyicha tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
#Diqqat #E’lon

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari o‘rtasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan “KORRUPSIYA – TARAQQIYOT KUSHANDASI” mavzusida insholar tanlovi o‘tkaziladi.

📝Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan talabalar fakultetning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qilishlari mumkin.

Faxriy 1-,2-,3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadi.

📨Qo‘shimcha savollar uchun: @akromjon_tojiyev

™️:@NavDPI_Rasmiy
Korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish borasida uchrashuv tashkil etildi

⚡️Unda NavDPI birinchi prorektori X.Qurbonov, oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Gʻ.Yodgorov, Navoiy shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari mayor A.Aripov, institutning profilaktika inspektori N.Hayitov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi bosh mutaxassisi A.Tojiyev, fakultet dekan oʻrinbosarlari, tyutorlar, boʻlim xodimlari ishtirok etdi.

Uchrashuvda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz holatlar va ularning profilaktikasi toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtildi. Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
#yashil_makon

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida Talabalar turar joyida 100 tup mevali daraxtlar ekildi

🌱Navoiy davlat pedagogika institutining 3-sonli talabalar yotoqxonasi yer maydonida “Yashil makon” loyihasi doirasida “Yaxshidan bog’ qoladi” shiori ostida Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari, ko‘ngilli talaba-yoshlar hamda bir guruh volontyorlar tomonidan mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

™️:@NavDPI_Rasmiy
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 10-noyabr kuni respublikamiz bo’ylab “Biz bir bo’lsak - yagona xalqmiz, birlashsak Vatanmiz” shiori ostida Ma’naviyat marafoni o’tkaziladi.

Yurt taqdiri, farzandlar tarbiyasi, jamiyat istiqboliga befarq bo’lmagan yurtdoshlarimizni marafonda kutib qolamiz.

Marafon davomida kitobxonlik tadbirlari, sport musobaqalari, badiiy kechalar va turli loyihalarda ishtirok etishingiz mumkin.

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
GIYOHVANDLIK, PSIXOTROP VA KUCHLI TA’SIR QILUVCHI DORI VOSITALARINING NOQONUNIY AYLANISHIGA QARSHI KURASHISH YUZASIDAN HUQUQIY-PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

🔰Ma’lumki, har yili mamlakatimizda noyabr-dekabr oylarida “Tarkibida giyohvandlik, psixotrop va kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan dori vositalarining noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” oyligi o’tkazilib kelinadi.

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida ham talabalarni ogohlikka chaqirish maqsadida xuddi shunday tadbir tashkil etildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi IIV Tezkor qidiruv departamenti Jinoyat qidiruv xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik A.Matlyubov, tezkor vakillar F.Azgarov, B.Savriyev, narkolog vrach K.Shaimova va Navoiy viloyat IIB vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir ochiq muloqot tarzida o‘tkazilib, unda mas’ullar mavzu yuzasidan tushunchalar berish qatorida talabalarning bir qator savollariga batafsil javoblar taqdim etishdi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy