NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#sport

“KASABA UYUSHMASI KUBOGI” G’OLIBLARI ANIQLANDI

🏐Xabar qilganimizdek, “11-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari kuni” munosabati bilan Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat koʻrsatayotgan professor-oʻqituvchi va ishchi xodimlar oʻrtasida voleybol boʻyicha “Kasaba uyushmasi kubogi” bahslari o‘tkazildi.

Unda professor-oʻqituvchilar va ishchi xodimlardan tarkib topgan 11 ta jamoa musobaqa kubogini qoʻlga kiritish uchun o‘zaro bellashdilar.

🏆Musobaqa yakunida Jismoniy madaniyat fakulteti 1-o‘rinni,Tabiiy fanlar fakulteti 2-o‘rinni, Matematika-informatika fakulteti 3-o‘rinni egalladi.

G‘olib jamoalar institut kasaba uyushmasi tomonidan ko‘chma kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETIDA SPORT BO‘YICHA JAHON VITSE CHEMPIONI BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI.

⚡️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining №351-sonli buyrug‘i asosida Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti hamda Jismoniy madaniyat fakultetlari hamkorligida sportchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fakultetlar rahbariyati va tyutorlari tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda Dzyudo va Sambo bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasi, Jahon va Osiyo chempioni Gulina Oblaqulova hamda sportning Strett workout turi bo‘yicha Universiada o‘yinlari va Besh tashabbus Respublika turniri sovrindori Umid Ochilovlar ishtirok etib, talabalarga o‘z tajribalarini ulashdi va barcha talabalarni sport bilan shug‘ullanishga chorladi.

@NavDPI_YI
👍1
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDA PROFILAKTIK UCHRASHUVLAR DAVOM ETMOQDA

⚡️“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov Fizika-texnologiya, Maktabgacha va boshlang’ich, Matematika-informatika fakultetlari professor-oʻqituvchilari va tyutorlari ishtirokida profilaktik va targ’ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

✅Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi

Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir ishtirokchidan kafolat xati olindi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy