NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
San’atshunoslik fakultetida “Xalqaro defektolog: Logopedlar kuni” munosabati bilan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Har yili 14-noyabr butun Respublikamiz miqyosida “Logopedlar kuni” sifatida nishonlanib kelinadi. Ushbu soha vakillari nutqida nuqsoni bor bolalar bilan ishlash boʻyicha jonkuyarlik bilan faoliyat yuritib, soha rivojiga oʻz hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.

———
На факультете искусствоведения состоялось духовно-просветительское мероприятие, посвященное Международному дню дефектолога: логопеда.

Ежегодно 14 ноября отмечается по всей республике как «день логопеда». Представители данной сферы активно занимаются работой с детьми с нарушениями речи, вносят свой вклад в развитие отрасли.

™️: @NavDPI_Rasmiy
🎓17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni

Ushbu kun munosabati bilan barcha talaba-yoshlarni samimiy tabriklaymiz!

Kelajakda oʻz sohalarining ustasi boʻlib, mamlakatimiz taraqqiyoti uchun munosib hissalaringizni qoʻshishingizga omad hamda zafarlar tilab qolamiz.

Hamisha hozirgiday kuch-quvvatga toʻla, ser-gʻayrat boʻlib yuring!

NavDPI Matbuot xizmati

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Viloyat Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Rus va qozoq filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi oʻqituvchisi N.Ibragimova rahbarligida “Kreativ-innovatsiya-molodyoj” toʻgarak aʼzolari: 4-bosqich talabalarining “Stuudentʻs party” madaniy koʻngilochar tadbiri boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda NavDPI rahbariyati, fakultet professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.

Talabalar tomonidan turli xil sahna ko‘rinishlari namoyish etildi va tadbirda faol bo‘lgan talabalar taqdirlandi.

™️:@NavDPI_Rasmiy
BAYROGʻIMIZNI DOIMO YUKSAKLARGA KOʻTARAMIZ

🇺🇿18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan Fizika-texnologiya fakultetida bayram tadbiri tashkil etildi.

Davlat bayrogʻining qabul qilinish tarixi, uning hayotimizda tutgan oʻrni va ahamiyati haqida soʻz bordi. Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.

Barcha ishtirokchilarga bayroq ramzi aks ettirilgan lentalar taqildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
#Rektor_tabrigi

Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirovning 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Hurmatli talabalar, qadrli yoshlar!


Bugun yurtimizda katta shodiyona va xursandchilik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 32 yilligi hamda Siz yoshlarning bayramingiz – 17-noyabr “Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda.

Avvalambor, Sizlarni, sizlar orqali barcha talaba–yoshlarni ushbu bayram bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Batafsil:👉https://nspi.uz/?p=27399

Bizni kuzating:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥Tibbiyot fakultetiga 1-bosqichga qabul qilingan talaba-yoshlar, ularning ota-onalari va yaqinlari ishtirokida “Talabalar qasamyodi” boʻlib oʻtdi

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BORASIDAGI PROFILAKTIK UCHRASHUV TIBBIYOT FAKULTETIDA OLIB BORILDI

⚡️“Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish boʻlim boshligʻi A.Xalikov fakultet professor-oʻqituvchilari va tyutorlar bilan profilaktik va targ’ibot uchrashuvini o‘tkazdi.

✅Unda professor-oʻqituvchilar, ishchi-xodimlar va talaba-yoshlar orasida uchrashi mumkin bo‘lgan jinoyatlar hamda ularning profilaktikasi toʻgʻrisida kerakli tavsiyalar, maslahatlar berildi.

Shuningdek, oʻquv jarayonlari bilan bogʻliq taʼmagirlik va poraxoʻrlik kabi korrupsion huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv soʻnggida har bir ishtirokchidan kafolat xati olindi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy