NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Камол Мухаммадиёрович)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 9-avgustdagi №351-sonli buyrug‘ining 6.4 bandiga asosan Yoshlar akademiyasining oliy ta’lim muassasalaridagi liderlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Navoiy viloyati hududiy hamda Navoiy davlat pedagogika institut Yoshlar akademiyasi lideri Xushanov Alisher Oydinovich fakultet liderlari bilan uchrashib, o‘zaro taklif va mulohazalar bo'yicha ochiq muloqat o'tkazdi.

📗Bunda Akademiya tarkibidagi lider talabalarning vazifalari tushuntirildi va kelgusida qilinadigan rejalar yuzasidan takliflar berildi.

Yoshlar akademiyasi liderlari sizni bir qadam oldinga chorlaydi

Bizni kuzatishda davom eting 👇

@NavDPI_YI
Buxoroyi sharif bo‘ylab talabalar sayohati

⚡️Talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni buyuk ajdodlarimiz voyaga yetgan qadimiy manzillar, buyuk qadamjolar bilan yaqindan tanishtirish, qalbida yurtga sadoqat va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada oshirish maqsadida 3-dekabr kuni Navoiy davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining bir guruh talabalari Buxoro viloyatida joylashgan Xo‘ja Bahouddin Naqshband ziyoratgohi, Sitorai Mohi Xosa va boshqa tarixiy majmualarga sayohat qilishdi.

Ular mazkur kompleksda joylashgan maqbara va obidalar tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishishdi. Shu bilan birga, “Ajdodlar xotirasi yodimizda” ruknidagi ushbu sayohat davomida mamlakatimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, yoshlar orasida keng targʻib etish, ularda milliy gʻurur va iftixor tuygʻusini mustahkamlashdek oliy maqsadga to‘liq erishildi.

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy
Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi

📌9-dekabr — “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetida “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Unda Navoiy shahar prokurori o’rinbosari Sh.Mirzabekov, institut Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i A.Xalikov, fakultet professor-o’qituvchilari va talabalar ishtirok etdi.

Suhbatda mas’ul xodimlar tomonidan korrupsion holatlar, uning oqibatlari va korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar to’g’risida gapirildi.

Shuningdek, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida chellenj o‘tkazildi.

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy
#Talabalar_haftaligi

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida “Talabalar haftaligi - 2023” loyihasiga start berildi.

🎨Belgilangan reja-grafikka muvofiq bugun Sanʼatshunoslik fakulteti talabalarining rasmlar koʻrgazmasi Ingliz tili va adabiyoti hamda Rus va qozoq filologiyasi fakultetida namoyish etildi.

Haftalik doirasida tanlov, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar va koʻngilochar konsert dasturlari oʻtkaziladi.

Bizni kuzating
™️:
NavDPI_Rasmiy