NDU_NSU_NGU
387 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#LIVE
#Talabalar_haftaligi
#CyberGame

⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida Kibersport boʻyicha musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
#fotoreportaj

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Anjuman

“BOSHLANG’ICH TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VA NUTQIY KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHNING
ZAMONAVIY HOLATI VA ISTIQBOLLARI” MAVZUIDA ANJUMAN BO‘LIB O‘TDI

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-
yil 27-apreldagi 39-sonli bayoni hamda Oliy ta’lim, fan va
innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 2-maydagi “2023-yilda
o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 118-sonli
buyrug‘iga asosan, NavDPI Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetining respublika miqyosidagi navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi.

Anjumanda institut professor-o‘qituvchi olimlari, talabalari, magistrant va doktorantlar, shuningdek Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlari Oliy ta’lim muassasalarining ilm ahllari ishtirok etdi.

Anjuman “Boshlang‘ich ta’limda istiqbolli raqamli texnologiyalar”, “Boshlang‘ich ta’limda nutqiy kompetensiyalarni rivojlantirish masalalari” kabi yo‘nalishlarda olib borildi.

™️: @NavDPI_Rasmiy
#Talabalar_haftaligi
#teatr

“Talabalar teatr studiyasi” tanlovining institut bosqichi yakunlandi

🏛Navoiy davlat pedagogika institutida talabalarning boʼsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, qobiliyatlarini toʻla namoyon ettirish, ularni madaniy-maʼrifiy tadbirlarga jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan “Talabalar teatr studiyasi”ning 2-tur institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Tarix fakulteti jamoasining “Padarkush”, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti jamoasining “Ona va kechikkan farzand”, San’atshunoslik fakulteti jamoasining “Kelinlar qo‘zg’oloni”, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti jamoasining “Endi dadam bo‘ydoq” nomli spektakllari namoyish etildi.

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy
👍1
#Foto_kolleksiya

📸“Yilning eng yaxshi tyutori - 2023” tanlovidan #fotoreportaj

📲rasmiy kanalimizga obuna bo'ling va kunlik yangiliklardan xabardor bo'ling

👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy