Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
#Talabalar_haftaligi
#Munozara
🏛Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari oʻrtasida “Munozara” respublika tanlovining institut bosqichi yakunlandi
1-o‘rin - "Edison" jamoasi (Tarix fakulteti);
2-o‘rin - "Iqro" jamoasi (O‘zbek tili va adabiyoti);
3-o‘rin - "To‘maris" jamoasi (Maktabgacha va boshlang‘ich ta'lim).
Tanlovdan maqsad shuki, mustaqil fikrlaydigan, qatʼiy hayotiy pozitsiyaga ega boʻlgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirishdir.
👉https://t.me/NavDPI_Rasmiy

#Raddiya
RASMIY XABAR
“Effect.uz” sahifasida Navoiy davlat pedagogika instituti haqida bo‘hton va noholis xabar qoldirildi.
O‘zini tadbirkor deya tanishtirgan Hurmat Toʻrayeva moddiy va shaxsiy manfaatini ko‘zlagan holda bundan ilgari ham turli tashkilotlar hamda ijtimoiy tarmoqlarga murojaat qilib, go‘yoki institutda qarindosh-urug’chilik, tanish-bilish yoki korrupsiya orqali ishga qabul qilish avj olganligini iddao qilgan. Bu galgi murojaatida ham oliygohda yosh kadrlarga o‘rin berilmayotganligi, ularning o‘rniga ichki ishlar organlaridan nafaqaga chiqqanlarning faoliyat olib borayotganligi, rahbar va xodimlarga ustama haqlari hech qanday asossiz belgilanganligi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatlari past darajada ekanligi, qurilish-ta’mirlash ishlari bir MCHJ tomonidan amalga oshirilganligi keltirib o‘tilgan.
H.To‘rayeva keltirib o‘tgan vajlar tegishli tashkilotlar, jumladan, Viloyat prokuraturasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ishchi guruhi tomonidan kelib o‘rganilganda hech qanday qonunbuzarliklar aniqlanmagan. Yuqorida keltirgan faktlarimiz murojaatchi aytgan ishlarining mavjud emasligini, bo‘lgan taqdirda ham yuqori turuvchi tashkilotlar chora ko‘rishligini eslatib o‘tmoqchimiz.
Qariyb 40 yillik tarixga ega oliy ta’lim muassasasi yuksak saviyali, salohiyatli va yetuk mutaxassislarni yetishtirish borasida nafaqat viloyat, balki respublikada, shu bilan birga jahon miqyosida ham o‘z o‘rniga ega. Bugunga qadar, ushbu institut bitiruvchilari turli rahbarlik lavozimlarida mehnat qilib kelmoqda.
Turli bo‘hton va yolg’on xabarlar bilan bilim maskanining nomini jamiyatda qoralab, xalq orasida ishonchsizlikni keltirib chiqarish ma’naviyatimizga, mentalitetimizga, qolaversa insoniy fazilatlarga xos emas.
Xabaringiz bo‘lganidek, bundan bir necha oy muqaddam niyati xolis hamda farzandlarining korrupsiya, urug’-aymoqchilik, tanish-bilishchilikdan xoli bo‘lishini istagan H.To‘rayeva birovning ishonchiga kirib, yaqin tanishlari orqali ishga kiritishni va’da qilib, pul undirayotgan vaqtida Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Ushbu shaxsga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg’atilgan.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, Navoiy davlat pedagogika instituti Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari, jurnalist va blogerlar bilan ochiq faoliyat olib boradi.
📲
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram

NavDPI rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling va yangiliklardan xabardor bo‘ling:Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
Forwarded from NDU - Navoiy davlat universiteti
#LIVE
⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutida “Talabalar haftaligi - 2023” loyihasining yakuniy taqdirlash marosimi boʻlib oʻtmoqda.
Haftalik doirasida 20 dan ortiq maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar, koʻngilochar dasturlar oʻtkazildi.
Bizni kuzating
™️: @NavDPI_Rasmiy

⚡️Tadbir avvalida “Yil talabasi-2023” koʻrik tanlovining institut bosqichi g’oliblari taqdirlandi.
Talabalarning o‘qish jarayonida olgan bilim va erishgan yutuqlarini sarhisob qilish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, talabalik nufuzini oshirishga qaratilgan mazkur tanlovda “Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi”, “Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi”, “Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi”, “Yilning eng faol sportchi talabasi”, “Yilning eng faol iqtidorli talabasi”, “Yilning eng faol ijodkor talabasi”, “Yilning eng faol tadbirkor talabasi” nominatsiyalarida faxrli 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan talabalar diplom hamda BHMning 4,6,8 barobari miqdorida taqdirlandi.