NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Tabriknoma

Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti dekani, tarix fanlari nomzodi, dotsent Qarshiyev Rustam Mardonovichni tavallud ayyomi.

Rustam Qarshiyev 1961-yil 5-fevralda Samarqand viloyati Kattaqo‘rg’on tumanida tug’ilgan. Ma’lumoti oliy. Samarqand davlat universitetini tamomlagan. Ko‘p yillar fan-taʼlim rivoji uchun oʻzining beqiyos hissasini qoʻshgan pedagog-ustozdir.

Tugʻilgan kun munosabati bilan institut rahbariyati Rustam Mardonovichni samimiy muborakbod etadi. Mashaqqatli va sharafli faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✅Navoiy davlat pedagogika instituti Tibbiyot fakulteti talabalari tibbiyot muassasalarida bilimlarini mustahkamlaydi.

🎞NavDPI va RShTYoIM Navoiy filiali oʻrtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi “Diyor 24” axborot dasturida

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
OTM matbuot kotiblari yigʻilishi oʻtkazildi

Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari N. Abduqunduzova raisligida oliy taʼlim muassasalari matbuot kotiblari uchun onlayn yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda “Oʻzbekiston–2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisidagi Prezident farmoni loyihasini keng jamoatchilik orasida targʻibot qilish borasida OTM matbuot kotiblariga Taraqqiyot strategiyasi markazi mutaxassisi Avazbek Xolbekov tomonidan muhim maʼlumotlar va konsultatsiyaviy tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, oliy taʼlim muassasasida Axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, axborot berishda tezkorlik va xolislik mezonlari toʻgʻrisida soʻz yuritildi. OTMlarning veb-saytlari monitoringi oʻtkazilganligi xabar qilinib, ayrim OTM veb-saytlari qoniqarsiz ekanligi tanqid qilindi.

Yigʻilish soʻngida matbuot kotiblarining fikr-mulohazalari hamda takliflari tinglandi.

™️: @NavDPI_Rasmiy
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sizda iqtidor bor-u, uni ommaga taqdim eta olmayapsizmi❓

❓Yoki siz oʻz yutuqlaringiz bilan doʻstlaringizga o'rnak bo'lishni xohlaysizmi?

📢 Unda biz sizni Navoiy davlat pedagogika instituti Matbuot xizmati, Inkubatsiya va akseleratsiya markazi hamda Yoshlar Ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Talaba mikrofoni" loyihasiga taklif etamiz .

🎙"Talaba mikrofoni" loyihasining ilk ishtirokchisi - Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti 2-bosqich magistranti, fakultet koordinatori Qurbonov Davronbek.

A.Navoiy tavalludining 583 yilligiga bagʻishlanadi.

Ⓜ️urojaat uchun: @oybek_abduraimov

™️: @NavDPI_Rasmiy
NDU - Navoiy davlat universiteti
Photo
YIG’ILISHDA MAS’UL XODIMLAR OGOHLANTIRILDI

🏛Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov tanqidiy-tahliliy yigʻilish oʻtkazdi.

✅Yigʻilishda ijro intizomi, ichki tartib-qoidalari va odob-axloq qodeksiga amal qilish, axborot va murabbiylik soatlarini sifatli olib borilishini ta’minlash kabi masalalar tahlil qilindi.

O‘z ishiga mas’uliyatsiz munosabatda bo‘lgan va talabalar bilan ishlashda sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar, tarbiyatchi pedagoglar qattiq ogohlantirildi.

Shuningdek, yig’ilishda talabalar turar joylaridagi talabalarning yashash sharoitlarini muntazam o‘rganish, muammo va kamchiliklarini bartaraf etib, ularga yordamchi bo‘lish kerakligi hamda boshqa turli masalalar boʻyicha tegishli topshiqlar, ko‘rsatmalar berildi.

Jarayon so‘nggida profilaktika inspektorining hisoboti eshitildi.

Yig’ilishda rektor maslahatchisi, prorektorlar, bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari, ularning o‘rinbosarlari, tyutorlar, profilaktika inspektorlari, yoshlar yetakchisi va tarbiyachi pedagoglar ishtirok etdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2👏1
Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti va “Alisher Navoiy nodir merosini targ’ibot markazi” jamoat birlashmasi hamkorlikda Mir Alisher Navoiy tavaluddining 583-yilligi munosabati bilan “Mir Alisher Navoiy xalqparvar va mehr-saxovat sohibi” nomli ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.

Unda Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyat boʻlimi raisi Faxriddin Soliyevlar ishtirok etib, Navoiyning mexr-saxovat borasidagi faoliyati haqida tushunchalar berildi. Shuningdek, Navoiyshunos olimlar va talabalarning ma’ruzalari tinglandi.

Аnjumanda 50ga yaqin ilmiy maqolalar talabalar tomonidan taqdim etilgan bo‘lib, eng yaxshi yozilgan tadqiqot mualliflari munosib taqdirlandi.

Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy