NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Собиров Баходир Бойпулатович
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NavDPI
#Navoiyga_ehtirom
#ishtirokchi_11

Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti talabasi Sabina Asadovaning Alisher Navoiy tavalludining 583 yiligiga baģishlab tayyorlagan videoroligi.

Bizni kuzatishda davom eting

@NavDPI_YI
👍2
#Jarayon

Baynalminal jangchilar qo‘mitasi a’zolari Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi boʻylab sayohat qildilar

Mehmonlar muzeydagi tarixiy ashyolar, ekspozitsiyalar, qoʻlyozmalar, nohaq tuhmat va ayblovlar bilan qatagʻon qilingan, surgun qilingan ajdodlarimiz haqida batafsil maʼlumotga ega bo‘ldilar.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:
@NavDPI_Rasmiy
Forwarded from 🇺🇿 NavDU_YI 🇺🇿 (Камол Мухаммадиёрович)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#NavDPI
#Navoiyga_ehtirom


Navoiy davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Bozorova Dilmehraning Alisher Navoiy tavalludining 583 yiligiga bagʻishlab tayyorlagan videoroligi.

OʻzTA NavDPI | Rasmiy
NAVDPI REKTORI BAHODIR SOBIROV VA BIRINCHI PROREKTOR XURSHID QURBONOVLAR XALQARO HAMJAMIYAT E’TIROFIGA SAZOVOR BO‘LISHDI

Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Hukumatlari rahbarlari kengashi huzuridagi Askarlar-internatsionalistlar ishlari bo'yicha qo‘mita raisi N.Shuba “Faxriylar va nogiron jangchilarning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan gumanitar va ijtimoiy ahamiyatga ega dasturlarda faol ishtiroki uchun” Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Sobirov Bahodir Boypo‘latovichni Tashakkurnoma bilan taqdirladi.

Shuningdek, “Xalqaro faxriylar harakatini rivojlantirish, o‘smir avlodni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi xalqlari o‘rtasida tinchlik va do‘stlikni mustahkamlashdagi xizmatlari uchun” Qurbonov Xurshid Raupovich qo‘mita raisining Faxriy yorlig’i bilan taqdirlandi.

Ushbu minnatdorlik xatlarini bugun qo‘mita raisining maxsus vakili M.Xodjayev institutga tashrifi chog’ida prorektor X.Qurbonovga topshirdi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Jarayon

Profilaktik tadbir Jismoniy madaniyat fakultetida davom etdi

⚡️Joriy yilning 10-fevral kuni NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi xodimlari Jismoniy ma'daniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari bilan talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan anonim so‘rovnomalar tahlili muhokama qilindi.

Tadbirda institutning Odob-axloq kodeksi, Pedagogning maqomi to‘g‘risidagi qonun hamda korrupsiyaviy holatlarning oldini olish, unga qarshi kurashish, institutda olib borilayotgan ishlar haqida ma'lumotlar berildi.

Professor-oʻqituvchilar tomonidan berilgan takliflar qabul qilinib, ularni qiziqtirgan savollariga batafsil javob qaytarildi.

™️:
@NavDPI_Rasmiy
OGOHLIK — DAVR TALABI

“Yoshlar orasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar tarqalishining oldini olish oyligi” doirasida bugun Navoiy davlat pedagogika institutida profilaktik uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida giyohvand moddalar savdosi bilan bog’liq yuzaga kelayotgan holatlar tahlil qilnib, giyohvandlik tushunchasi, ushbu ofatga qarshi kurashish chora-tadbirlari xususida ma’lumotlar berildi. Muloqot jarayonida mas’ullar tadbir ishtirokchilarining bir qator savollariga batafsil javoblar berishdi.

Ushbu jarayonda O’zbekiston Respublikasi IIV Tezkor-qidiruv departamenti vakillari ishtirok etdi.

📲Ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizga obuna boʻling va yaqinlaringizga ham ulashing👇

™️:
@NavDPI_Rasmiy