NDU_NSU_NGU
385 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.05K links
Download Telegram
#Jarayon

TANLOV G‘OLIBLARI ANIQLANDI


⚡️⚡️Xabar berganimizdek, Navoiy davlat pedagogika institutida “Nafosat malikalari” nomli qizlar bellashuvi o‘tkazildi.

Tanlov 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni hamda shoira Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligi munosabati bilan tashkil etildi.


Unda 11 nafar ishtirokchi 3 ta shart bo‘yicha bellashishdi.

Hakamlar hay’ati yakuniy xulosalariga ko‘ra, 🥇1-o‘ringa O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti talabasi Xulkar Jo‘raqulova, 🥈2-o‘ringa Matematika-informatika fakulteti talabasi Irodabegim Abduqirova va Tibbiyot fakulteti talabasi Farangiz Sadriyevalar, 3-o‘ringa Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi Rayxon Isakulova hamda Tarix fakulteti talabasi Shaxzoda Keldiyorovalar ega bo‘lishdi.

Ishtirokchilar institut rektorining diplom, tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

✍️NAVDPI MATBUOT XIZMATI

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Intellektual_bahs

Rus va qozoq filologiyasi fakultetida o‘tkazilayotgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarining qishki mavsumi yakunlandi

⚡️⚡️Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va ularning intellektual fikrlash salohiyatini yanada oshirish maqsadida Rus va qozoq filologiyasi fakultetida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinlarida 50 dan ortiq talaba-yoshlar ishirok etib kelmoqda.

7 ta jamoa ishtirokidagi mavsum natijalariga ko‘ra:

🥇1-o‘rinni – “Intellekt” jamoasi;
🥈2-o‘rinni – “Liderado” jamoasi;
🥉3-o‘rinni – “Zukkolar” jamoasi egalladi.

Sovrindor jamoalar va barcha ishtirokchi talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.


Bizni kuzatib boring
™️:
@NavDPI_Rasmiy
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Onlayn_olimpiada

❗️“15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “MOLIYAVIY SAVODXON YOSH ISTE’MOLCHI” onlayn olimpiadasi o‘tkazilmoqda.

🌀 Tanlov ikki bosqichda bo‘lib o‘tadi:

1️⃣-bosqich 2024-yil 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining olimpiada.edu.uz elektron tizimida ro‘yxatdan o‘tgan talabalar o‘rtasida test savollari;

2️⃣-bosqich 2024-yil 12-mart kuni test natijalaridan saralab olingan 16 nafar talabalar bilan onlayn savol-javob tarzida amalga oshiriladi.

🏆 G‘oliblarni qimmatbaho sovg‘alar kutmoqda

👉Batafsil ma’lumot:
https://raqobat.gov.uz/moliyaviy-savodxon-yosh-istemolchi/

™️:@NavDPI_Rasmiy
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA

“Nafosat malikalari” qizlar bellashuvi “Diyor 24” axborot dasturida

—————

“Нафосат маликалари” қизлар беллашуви “Диёр 24” ахборот дастурида

Bizni kuzating

Telegram | Web🌎 | Facebook | Instagram | You tube
#Xushxabar #E’tirof

Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga Navoiy davlat pedagogika instituti “Boshlang’ich ta’lim” kafedrasi o‘qituvchisi Omonboyeva Meruyert Erkin qizi sazovor boʻldi.

Ushbu yuksak Davlat mukofoti bilan Meruyert Omonboyevani, unga ta’lim-tarbiya bergan ota-onasi va ustozlarini samimiy muborakbod etamiz!


Navoiy davlat pedagogika institutining rasmiy sahifalari:
Telegram|nspi.uz |Facebook |Instagram
DEKAN VA DEKAN O‘RINBOSARLARI BILAN NAVBATDAGI YIG’ILISH

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov prorektorlar, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari va o‘quv ishlari hamda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari bilan navbatdagi yig’ilish oʻtkazdi.

Yig’ilish kun tartibiga ko‘ra, NavDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limining 2023-yildagi faoliyati, Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar, o‘quv jarayonini samarali tashkil etish holatlari tahlil qilindi.

Shu bilan bir qatorda, yotoqxona va ijarada turadigan talabalar holidan muntazam xabar olish, talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, OAVlariga chiqish qilish, gazetalarga maqolalar chop ettirish va boshqa bir qator masalalarga alohida to‘xtaldi.

Ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli topshiriqlar, ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy