NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#СМИ_о_нас

Трамплин для будущих достижений

🗞В новом 47-м номере газеты «Правда Востока» была опубликована статья под названием «Трамплин для будущих достижений».

В нем приведены факты о преподавателе Навоийского государственного педагогического института Меруерт Омонбоевой, недавно удостоенной Государственной премии имени Зульфии, о ее участии в конкурсах и олимпиадах, ее работе до получения Государственной премии.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
#Xalqaro_hamkorlik

Pokiston Quaid-i-Azam universiteti professori talabalarga dars o‘tmoqda

Pokiston Quaid-i-Azam universiteti professori Muhammad Zafar 6-7 mart kunlari NavDPI Tabiiy fanlar fakulteti talabalariga “Botanika” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarni olib boradi.

Xorijlik olim bilan Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilib, talabalar va magistrantlarga dars mashg’ulotlarini olib bordi.

Shuningdek bugun professor Muhammad Zafar Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor B.Sobirov bilan uchrashuv o‘tkazishi va OTMlari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi imzolanishi rejalashtirilgan.


Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
#8_mart_bayram_muborak

Nafosat malikalariga ehtirom

🏛Bugun Navoiy davlat pedagogika institutida 8-mart — “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

Yuqori kayfiyat ila tashkil etilgan bayram va konsert dasturida dastlab institut rektori B. Sobirov soʻzga chiqib, bayram munosabati bilan yig’ilganlarni qutladi.

Shundan soʻng oʻzining mehnatsevarligi, fan-taʼlim rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh professor-o‘qituvchilarga, tyutorlarga va ishchi xodimlarga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari ulashildi.

San’atshunoslik fakulteti jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar bayram kayfiyatini taqdim etib, tadbirga fayz bagʻishladi, barchani raqslarga chorladi.

Bizni kuzating

™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
#Jarayon #Xalqaro_hamkorlik

HAMKORLIK ALOQALARI O‘RNATILDI


Navoiy davlat pedagogika instituti va Pokiston Quaid-i-Azam universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

NavDPI rektori, professor Bahodir Sobirov bilan o‘tkazilgan uchrashuvda dastlab talabalar kontingenti, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyati, olib borilayotgan amaliy ishlar to‘g’risida ma’lumotlar berildi. Shuningdek, ikkala oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, birgalikda turli ilmiy loyiha va konferensiyalar tashkil etish yuzasidan fikrlar almashildi.

Uchrashuv davomida Navoiy davlat pedagogika instituti va Pokiston Quaid-i-Azam universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi.

Bizni kuzatib boring

™️:
@NavDPI_Rasmiy
👍2