NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#Jarayon

MAKTABLARGA METODIK YORDAM KO‘RSATILDI


⚡️Navoiy davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti o‘qituvchilari S.Salimov va F.Junayevlar viloyatning olis cho‘l hududida joylashgan, oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi bo‘yicha qizil toifadagi Konimex tumani “Qaraq-Ata” ovulidagi 20-umumta‘lim maktabi va “Orazjan” ovulidagi 13-umumta‘lim maktabida bo‘lishdi.

Mazkur maktablarning “Abiturient shtabi” bilan tanishib, o‘quvchilar bilan “Men tanlagan universitet” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Hamda tarix faniga oid qiziqarli savol-javoblar olib borildi.

Faol qatnashgan o‘quvchilar tarix faniga oid kitoblar bilan taqdirlandi.

Bizni kuzating
™️:
@NavDPI_Rasmiy
KENGASH YIGʻILISHIDA MUHIM MASALALAR KOʻRIB CHIQILDI

Navoiy davlat pedagogika instituti kengashining navbatdagi, 9-sonli yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kengashni institut rektori, professor Bahodir Sobirov olib bordi. Kun tartibiga ko‘ra, ijro intizomi, tyutorlar faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish, professor-o‘qituvchilarni ilmiy unvonlarga tavsiya etish, raqamlashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi, mas’ullarning hisobotlari tinglandi.

Kun tartibidan oʻrin olgan masalalar yuzasidan muhim qarorlar qabul qilindi.

Shuningdek, yigʻilish davomida ijtimoiy tarmoqlarda chiqqan xabar boʻyicha kengash aʼzolarining fikrlari eshitildi.

Bizni kuzatishda davom eting:

Telegram |Nspi.uz| Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Navoiy davlat pedagogika instituti TOP-1000 reytingiga kirgan Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik qiladi

🏛Kuni kecha Navoiy davlat pedagogika instituti rektori, professor Bahodir Sobirov hamda mazkur universitet vakili Gunesh Nurayxonim o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, ilmiy hamkorlik yuzasidan fikrlar almashindi.

Uchrashvda ta’kidlanganidek, talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish, oliygohlar o‘rtasida o‘zbek va turk tili o‘qitish markazlarini tashkil etish, O‘zbek tili adabiyoti fakulteti talabalari bilan 12 soatlik dars mashg’ulotlarini o‘tish yuzasidan manfaatli kelishuvlarga erishildi.

©️Ma’lumot uchun, Marmara universiteti 1883-yilda tashkil topgan. Mazkur dargohda qariyb 3300 nafar ilmiy-akademik xodimi va 80 ming dan ortiq talaba tahsil oladi. Universitet tarkibida 18 ta fakultet, 13 ta institut, 4 ta kollej, 4 ta kasb-hunar kolleji, 3 ta ta’lim markazlari mavjud.

Bizni kuzating:
@NavDPI_Rasmiy
👍1
TALABAMIZ "ARTIST" LOYIHASIDA

🎼 🎼 🎼 🎼 🎼 🎼 🎼 🎼 🎼 🎼 🎼

✅Mamlakatimizda iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlagan holda musiqa san’atimizda sog‘lom raqobatga erishish, yosh iste’dodlarni izlab topish va rag’batlantirish maqsadida  Madaniyat vazirligi tashabbusi bilan «Sevimli» telekanali hamkorligida boshlangan «Artist» loyihasining keying bosqichiga start berildi.

🎹 🎹 🎹 🎹 🎹 🎹 🎹 🎹 🎹 🎹 🎹
🎤Biz uchun eng quvonarlisi, ushbu loyihada NavDPI San’atshunoslik fakulteti Vokal san’ati yo’nalishi 3-kurs talabasi, “Gitara star” to’garagi a’zosi NARZULLAYEV SANJAR ham ishtirok etmoqda.

🎸🎸🎸🎸🎸🎸🎸🎸🎸🎸🎸🎸🎸
Talabamiz o’zining diltortar taronalari bilan xalqimizning sevimli san’atkorlari O’LMAS OLLOBERGANOV, GULBAHOR ERQULOVA, SAMANDAR HAMRAQULOV va boshqa hakamlar hay’ati a’zolarining e’tirofiga sazovor bo’lib, keying bosqichga yo’llanmani qo’lga kiritdi.

🙌Talabamizga keying bosqichda omadlar yor bo’lishini tilab qolamiz!

https://www.instagram.com/reel/C5CdidMIanp/?igsh=czBvM2

™️:@NavDPI_Rasmiy
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#xavfsiz_yo‘l #xavfsiz_piyoda

🚦“Xavfsiz yo‘l-xavfsiz piyoda” konsepsiyasi doirasida Navoiy davlat pedagogika instituti Rus va qozoq filologiyasi fakultetida yo‘l-transport hodisalarining olidini olish maqsadida uchrashuv o‘tkazildi.

#navdpi #yhxb #rus_qozoq_filologiyasi #targ’ibot #tadbir

Bizni kuzatib boring

™️:@NavDPI_Rasmiy
#Haftalik_dayjest

Haftaning muhim xabarlari qisqa satrlarda (25.03 — 31.03.2024)


⚡️Yoshlar ittifoqi kengashi koordinatorlari “Insonga eʼtibor” loyihasi doirasida oilalarga quvonch ulashdilar.

🌍Institutda “Yer vaqti (kuni)” aksiyasi o‘tkazildi.

🗞“Doʻstlik bayrogʻi” gazetasining №12-sonida professor-o‘qituvchilarning maqolalari chop etildi.

🏛NavDKTUning yangi talabalar turar joyi foydalanishga topshirildi.

✍️Jamoa shartnomasining 2023-yildagi ijrosi muhokama qilindi.

🎬Talabalar “Ayol qismati” filmini tomosha qildi.

🕌Tarixiy obidalar haqida ma’lumotlar berildi.

🔰Viloyat OTFIV boshqarmasi ishtirokida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

🔗Akademik litseyda “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

📹Rus va qozoq filologiyasi fakultetida Navroʻz ayyomi munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

🔗Viloyat sport boshqarmasi mas’ullari ishtirokida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

⚡️Mobil metodik guruhlar faoliyati tahlil qilindi.

🏦Markaziy bank Navoiy viloyati Bosh boshqarmasi xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil qilindi.

📌Korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish borasida profilaktik suhbatlar davom etmoqda: 1, 2.

⚽️Fakultetda “Rektor kubogi” bahslari yakunlandi.

🔗“Islohotlarga daxldorman” loyihasi yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

🤝Hamkorlik memorandumi imzolandi.

🧶Ingliz tili va adabiyoti fakultetida “Hunarmand talabalar yarmarkasi” bo‘lib o‘tdi.

🔗Madaniyat boshqarmasi rahbar xodimlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

🏛Institut kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

🔗Maktablarga metodik yordam ko‘rsatildi.

📹“Intellektual haftalik” doirasida “Zakovat” intellektual o‘yinining 1-tur bahslari bo‘lib o‘tdi.

🔗Turkiyaning Marmara universiteti bilan hamkorlik qilinadi.

🎸San’atshunoslik fakulteti talabasi “Artist” loyihasining keyingi bosqichiga yo‘llanma oldi.

✍️NavDPI Matbuot xizmati

Bizni kuzatishda davom eting:

™️:@NavDPI_Rasmiy
TURKIYALIK OLIMA QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASI MUZEYI BO‘YLAB SAYOHAT QILDI

⚡️Xabaringiz bor, yaqinda Turkiya Respublikasining Marmara universiteti o‘qituvchisi Gunesh Nurayxonim Navoiy davlat pedagogika institutiga tashrif buyurib, institut rektori Bahodir Sobirov bilan hamkorlik masalalari yuzasidan uchrashuv o‘tkazgan edi.

Shu kuni mehmon NavDPI tuzilmasidagi Qatag’on qurbonlari xotirasi muzeyi bo‘ylab sayohat qildi: muzeydagi eksponatlar, jadid bobolarimiz qoldirgan boy ma’naviy meros, tarixiy ashyolar, topilmalar, qatag’on qurbonlari haqida ma’lumotlar bilan tanishdi.

@NavDPI_official