NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Nodirbek UMAROV (NavDPI)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EVRILISH
#NODIRBEK_UMAROV
#1_son

Inson har sohada kuchli bo‘ldi, faqat o‘ziga kelganda oqsamoqda.

Evrilish loyihasining ilk sonida biz Daniel Kizning "Eljernonga atalgan gullar" asarini tahlil qildik. Jinnilikdan daxolik sari, daxolikdan jinnilik sari.

Telbalarning o‘zga dunyosi yo‘q, ular biz yashayotgan dunyoning yolg‘on aralashmagan, haqiqat deb nomlangan qismida yashashadi.

@oddiylikdan_qochamiz
ILMIY-AMALIY SEMINAR

Farg’ona davlat universitetida “Oiladagi muammolar va ularning psixologik oqibatlari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Oliy ta’lim muassasalari psixologlari ishtirok etgan seminarda Navoiy davlat pedagogika instituti psixologi Dilfuza Abduraimova mavzuga oid o‘zining mulohazalari bilan faol qatnashdi.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official
👍2
#Yutuq

Akademik litsey o‘quvchisi 300 ming dollarlik grant sohibi bo‘ldi


#NavDPI akademik litseyining iqtisod yo‘nalishi o‘quvchisi Adhambek Yashnarbekov IELTS dan 7.0 va SAT dan 1270 ball olib muddatidan oldin talaba bo‘ldi.

Quvonarli tomoni shundaki, u 11 ta xorijiy universitetlardan oʻqishga taklif oldi. Xususan, jami 300 ming AQSh dollarlik grantni tashkil etgan Penn State, Missouri, Roanoke, Arizona, Georgia State, Minnesota, Colorado State va Londondagi Greenwich universitetlaridan birida o‘qishi mumkin.

Ushbu muvaffaqiyat bilan Adhambek Yashnarbekovni va unga ta’lim-tarbiya bergan ustozlarini samimiy tabriklaymiz!


™️:
@NavDPI_Rasmiy
#LIVE

⏳Ayni paytda Navoiy davlat pedagogika institutining navbatdagi Kengash yig’ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig’ilishni Kengash raisi, institut rektori, professor Bahodir Sobirov olib bormoda.

👀Bizni kuzatishda davom eting:


@NavSPI_official
#Sport

🏃Jismoniy tayyorgarlik sinovlari davom etmoqda

Navoiy davlat pedagogika institutida yoshlarni ommaviy sport tadbirlariga jalb qilish maqsadida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Jumladan Tarix, Tabiiy fanlar, Tibbiyot, Rus va qozoq filologiyasi, San’atshunoslik fakultetlari talabalari belgilangan normativlarni topshirishdi.

Ma’lumot uchun, sport sinovlari yakunida yosh toifasiga qarab belgilangan talablar bo‘yicha natijalarga ko‘ra ishtirokchilar I, II hamda III darajaga ega bo‘lishadi. 10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.

Bizni kuzatib boring:

@NavSPI_official
#Tadbir

Tarix fakultetida “Jadidlar yodi soʻnmagay” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda talabalar tomonidan jadid bobolarimizning hayoti va ijodi boʻyicha sahna koʻrinishlari va ijodidan maʼlumotlar berib oʻtildi.

Tadbirda Xotin-qizlar boʻyicha rektor maslahatchisi N.Tursunova, institut psixologi D.Abduraimova, fakultet professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etdi.

@NavDPI_Rasmiy