NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
#QVZ

INSTITUTDA “QUVNOQLAR VA ZUKKOLAR” TANLOVINING 2024-YIL MAVSUM CHEMPIONLARI ANIQLANDI

Navoiy shahridagi “Farhod” madaniyat saroyida Navoiy davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida “Rektor kubogi” uchun “Quvnoqlar va Zukkolar“ tanlovining final o‘yini bahslari o‘tkazildi.

Finalda Rus va qozoq filologiyasi fakultetining “Federiko fellini”, Matematika-informatika fakultetining “Qalqon”, Jismoniy madaniyat fakultetining “Azia star”, O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar” jamoalari ishtirok etib, 3 ta shart boʻyicha bellashdilar.

Yakuniy natijalarga koʻra 3-o‘rinni Jismoniy madaniyat fakultetining “Azia star” jamoasi (4 mln. so‘m), 2-o‘rinni Matematika-informatika fakultetining “Qalqon” jamoasi (6 mln. so‘m) hamda 2024-yil mavsum chempioni — 1-o‘rinni O‘zbek tili va adabiyoti fakultetining “Filolog bojalar” jamoasi (8 mln. so‘m) qo‘lga kiritdi.

Tadbirda institut rahbariyati, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar va 600 ga yaqin talabalar ishtirok etdi.


🌐™️:@NavDPI_Rasmiy
Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari qo‘shni Qozog’iston Respublikasida malaka oshirishdi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son qarori 3.7-ILOVAsining ijrosi bo`yicha   Umumiy pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti Axatova Durdona Aktamovna va o`qituvchisi Mamirova Zulxumor Narbayevna 2024 yilning 13-maydan 13-iyunigacha 144 soatlik malaka oshirish kursiga qabul qilindi.

3-maydan-25-maygacha Muhtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog’iston universitetida malaka oshirib qaytishdi. 27-maydan-13-iyunga qadar darslar onlayn tarzda davom etmoqda
.

™️:@NavDPI_Rasmiy
#profilaktik_tadbir

Institutda faoliyat olib borayotgan xodimlarga xizmat vazifalari tushuntirildi

Navoiy davlat pedagogika institutida faoliyat olib borayotgan xo‘jalik bo‘limi bekalari, barcha binolardagi qorovullar va komendantlar bilan yig’ilish o‘tkazildi.

Unda rektor maslahatchisi B.Abdullayev, katta yuriskonsult B.Yaxyoyev, "Komplayens-nazorat" bo‘limi boshlig‘i A.Xalikov hamda bosh muhandis M.Rahimovlar tomonidan xodimlar yo‘l qo‘yayotgan xato va kamchiliklari va xizmat vazifalari ko‘rib chiqildi.


👉@NavDPI_Rasmiy
Professor-o‘qituvchilarning xorijiy oliy ta’lim muassasalariga malaka oshirish kurslari davom etmoqda

NavDPI va Nazarboyev universiteti o‘rtasida tuzilgan memorandum asosida Boshlang’ich ta’lim kafedrasi mudiri M.Ernazarova va bir nechta o‘qituvchilar Nazarboyev universitetida malaka oshirish kursida ishtirok etdilar.

Kurs davomida turli yo’nalishdagi mavzular bo’yicha dars mashg’ulotlari olib borilib, tinglovchilar ta’lim jarayonlariga doir masalalarda o’zaro fikr almashdilar va o’z tajribalari bilan o’rtoqlashdilar.

“Nazarbayev universitetida malaka oshirish jarayonida o’rgangan yangiliklar va o’quv jarayoniga aloqador metodikalarni o’z faoliyatim davomida o’quv jarayoniga tadbiq etishni maqsad qildim”, - deydi prof. M.Ernazarova.

Ma’lumot uchun, Nazarboyev universiteti (NU) — Qozogʻiston poytaxti Nur-Sultondagi avtonom tadqiqot universiteti. Qozogʻistonning birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning tashabbusi bilan 2010-yilda tashkil etilgan.

Bizni kuzatib boring:

@NavDPI_Rasmiy