NDU_NSU_NGU
388 subscribers
19.4K photos
2.32K videos
387 files
5.04K links
Download Telegram
Forwarded from Navoiy mahallalari
Navoiy mahallalari
Photo
Sarbozorliklar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

Navoiy davlat pedagogika instituti tomonidan Navbahor tumani “Sarbozor” MFY aholisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri va konsert dasturi tashkil etildi.

Tabdirda Navbahor tumani hokimi A.Oʻroqov, Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi Gʻ.Aliyev, Navoiy davlat pedagogika instituti rektori M.Kalonov ishtirok etib, mahalla ahlini yaqinlashib kelayotgan mustaqilligimizning 33 yillik bayrami bilan muborakbod etishdi.

Tashkil qilingan bayram tadbiri doirasida mahalla yoshlari oʻrtasida sportining voleybol, shaxmat, kurash turlari boʻyicha “Rektor kubogi” bahslari oʻtkazildi. Shuningdek, sport turlari boʻyicha faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritgan mahalla aholisiga institutning qimmatbaho esdalik sovgʻalari tantanali topshirildi.

Konsert dasturida Navoiy viloyatining xushovoz sanʼatkorlari, Navoiy davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilarning diltortar taronalari, kuy-qoʻshiqlari tadbir ishtirokchilariga unutilmas lahzalarni bagʻsh etib, barchani raqslarga chorladi.

♦️https://t.me/navoiy_mahalla1boshqarma
👍3
👍 Sarbozorliklar uchun bayram tadbiri tashkil etildi

🔍Navoiy viloyati Navbahor tumani “Sarbozor” MFY aholisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami munosabati “Bir boʻlsak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!” shiori ostida bayram tadbiri va konsert dasturi tashkil etildi.

#Mahallalaruyushmasi #tadbir

✅ Facebook | ✅ Instagram | ✅ X |✅ Telegram | ✅ You tube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1